Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Milliy standarti, 14.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 474
Кучга кириш санаси
14.08.1998
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.01.2025 sanasi holatiga | Joriy versiya |
“TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari E.F. GADOYEV 26.07.1998-y. 17-17/86-son | “TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari E.F. GADOYEV 26.07.1998-y. 17-17/86-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 1-sonli BHMS | Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 1-sonli BHMS |
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot | Hisob siyosati va moliyaviy hisobot |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan] |
Umumiy qoidalar | Umumiy qoidalar |
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi. Mazkur standart boshqa BHMSlar bilan birgalikda qoʻllaniladi. | 1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi. Mazkur standart boshqa BHMSlar bilan birgalikda qoʻllaniladi. |
Standartning maqsadi | Standartning maqsadi |
2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi. | 2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi. |
Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos boʻladigan konsepsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni koʻzda tutadi. | Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos boʻladigan konsepsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni koʻzda tutadi. |
Ayrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, oʻlchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi. | Ayrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, oʻlchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi. |
Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga qoʻshimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin. | Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga qoʻshimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin. |
3. Mazkur standartda hisob siyosati deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qoʻllaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi. | 3. Mazkur standartda hisob siyosati deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qoʻllaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi. |
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xoʻjalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini toʻlash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi. | Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xoʻjalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini toʻlash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi. |
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy koʻrsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan boʻlishi uchun shakllantiriladi. | 4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy koʻrsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan boʻlishi uchun shakllantiriladi. |
5. Moliyaviy hisobot xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektligi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qatʼi nazar shu xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼlum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. | 5. Moliyaviy hisobot xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektligi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qatʼi nazar shu xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼlum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. |
6. Moliyaviy hisobotlar maqsadi boʻlib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, uning faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisida va pul mablagʻlarining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi. | 6. Moliyaviy hisobotlar maqsadi boʻlib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, uning faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisida va pul mablagʻlarining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi. |
Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham koʻrsatadi. | Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham koʻrsatadi. |
7. Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablagʻlari harakati prognoz qilish, xususan pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni oʻzida mujassam etishi kerak: | 7. Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablagʻlari harakati prognoz qilish, xususan pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni oʻzida mujassam etishi kerak: |
7.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorati ostidagi aktivlar toʻgʻrisida (naqd pul mablagʻi tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai boʻlgan aktivlar toʻgʻrisida); | 7.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorati ostidagi aktivlar toʻgʻrisida (naqd pul mablagʻi tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai boʻlgan aktivlar toʻgʻrisida); |
7.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiyatlari toʻgʻrisida (pul mablagʻlarining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari boʻlgan); | 7.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiyatlari toʻgʻrisida (pul mablagʻlarining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari boʻlgan); |
7.3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning taqsimlanmagan foydasi toʻgʻrisida (xoʻjalik yurituvchi subyektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga oʻzgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga toʻlovlar mustasno); | 7.3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning taqsimlanmagan foydasi toʻgʻrisida (xoʻjalik yurituvchi subyektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga oʻzgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga toʻlovlar mustasno); |
7.4. Pul mablagʻining harakati toʻgʻrisida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati koʻrsatkichi sifatida). | 7.4. Pul mablagʻining harakati toʻgʻrisida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati koʻrsatkichi sifatida). |
Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning dividendlar va foizlarni toʻlash, shuningdek majburiyatlar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur. | Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning dividendlar va foizlarni toʻlash, shuningdek majburiyatlar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur. |
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir. | 8. Xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir. |
Amal qilish sohasi | Amal qilish sohasi |
9. Mazkur BHMS roʻyxati mazkur standartning 12-bandida keltirilgan umumiy maqsadlarga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllaniladi. Ushbu standartdan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlashda ham, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda ham qoʻllash zarur. | 9. Mazkur BHMS roʻyxati mazkur standartning 12-bandida keltirilgan umumiy maqsadlarga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllaniladi. Ushbu standartdan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlashda ham, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda ham qoʻllash zarur. |
10. Mazkur BHMS quyidagilarga qoʻllaniladi: | 10. Mazkur BHMS quyidagilarga qoʻllaniladi: |
10.1. Hisob siyosatini shakllantirish bobida — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga; | 10.1. Hisob siyosatini shakllantirish bobida — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga; |
10.2. Hisob siyosatini yoritib berish bobida — qonunchilik hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki oʻz tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini eʼlon qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga. | 10.2. Hisob siyosatini yoritib berish bobida — qonunchilik hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki oʻz tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini eʼlon qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga. |
11. Mazkur BHMS banklar, budjet va sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan qoʻllanilmaydi. | 11. Mazkur BHMS banklar, budjet va sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan qoʻllanilmaydi. |
Moliyaviy hisobot tarkibi | Moliyaviy hisobot tarkibi |
12. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat boʻladi: | 12. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat boʻladi: |
12.1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl; | 12.1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl; |
12.2. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shakl; | 12.2. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shakl; |
12.4. Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl; | 12.4. Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl; |
12.5. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-shakl; | 12.5. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-shakl; |
12.6. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. | 12.6. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. |
13. Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin. | 13. Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin. |
Qoʻshimcha axborotlar (izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar) | Qoʻshimcha axborotlar (izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar) |
14. Turli xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining koʻp qirraliligi hisobga olganda, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan barcha axborot bilan taʼminlay olmaydi. Shuning uchun yillik moliyaviy hisobotlarga qoʻshimcha ravishda maʼmuriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritilib, unda xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. | 14. Turli xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining koʻp qirraliligi hisobga olganda, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan barcha axborot bilan taʼminlay olmaydi. Shuning uchun yillik moliyaviy hisobotlarga qoʻshimcha ravishda maʼmuriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritilib, unda xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. |
Bu sharhda xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda va kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar yoritib beriladi, xususan: | Bu sharhda xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda va kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar yoritib beriladi, xususan: |
14.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektni moliyalashtirish manbalari va risklarni boshqarish; | 14.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektni moliyalashtirish manbalari va risklarni boshqarish; |
14.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ishlab turgan tashqi muhitdagi oʻzgarishlar va bu oʻzgarishlarga uning munosabati hamda ularning subyekt faoliyatiga taʼsiri; | 14.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ishlab turgan tashqi muhitdagi oʻzgarishlar va bu oʻzgarishlarga uning munosabati hamda ularning subyekt faoliyatiga taʼsiri; |
14.3. Foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar. | 14.3. Foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar. |
15. Qoʻshimcha axborotni taqdim etish. Tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. | 15. Qoʻshimcha axborotni taqdim etish. Tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. |
Asosiy prinsiplar | Asosiy prinsiplar |
Hisoblash prinsipi | Hisoblash prinsipi |
16. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi. | 16. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi. |
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xoʻjalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular boʻyicha pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari olingan yoki toʻlangan paytda emas, balki ular sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi. | Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xoʻjalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular boʻyicha pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari olingan yoki toʻlangan paytda emas, balki ular sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi. |
Hisoblash prinsipi asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga oʻtmishda pul toʻlab yoki pul mablagʻlarini olib amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari toʻgʻrisidagina emas, shuningdek kelgusida pul toʻlanadigan majburiyatlar toʻgʻrisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda juda zarur hisoblanadi. | Hisoblash prinsipi asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga oʻtmishda pul toʻlab yoki pul mablagʻlarini olib amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari toʻgʻrisidagina emas, shuningdek kelgusida pul toʻlanadigan majburiyatlar toʻgʻrisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda juda zarur hisoblanadi. |
Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish | Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish |
17. Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida roʻyxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya boʻyicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi. | 17. Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida roʻyxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya boʻyicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi. |
Uzluksizlik | Uzluksizlik |
18. Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xoʻjalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va aniq boʻlmagan uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzini tugatishiga yoki oʻz faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yoʻqligini bildiradi. | 18. Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xoʻjalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va aniq boʻlmagan uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzini tugatishiga yoki oʻz faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yoʻqligini bildiradi. |
Agar rahbar xoʻjalik yurituvchi subyektni tugatish yoki uning faoliyati koʻlamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb oʻylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini yoritib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos boʻlgan jihatlarni, uzluksizlik prinsipidan chekinish sabablarini koʻrsatishi zarur. | Agar rahbar xoʻjalik yurituvchi subyektni tugatish yoki uning faoliyati koʻlamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb oʻylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini yoritib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos boʻlgan jihatlarni, uzluksizlik prinsipidan chekinish sabablarini koʻrsatishi zarur. |
Uzluksizlik prinsipi yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat koʻrsatgan muddatga mos boʻlishi kerak, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi subyekt tugatilgan yoki u bankrot deb eʼlon qilingan paytgacha yuritilishi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritishni ham toʻxtatadi. | Uzluksizlik prinsipi yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat koʻrsatgan muddatga mos boʻlishi kerak, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi subyekt tugatilgan yoki u bankrot deb eʼlon qilingan paytgacha yuritilishi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritishni ham toʻxtatadi. |
Xoʻjalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash | Xoʻjalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash |
19. Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi kerak. | 19. Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasida pul birligi — soʻm, uning boʻlaklari — tiyinlardir. | Oʻzbekiston Respublikasida pul birligi — soʻm, uning boʻlaklari — tiyinlardir. |
Ishonchlilik | Ishonchlilik |
20. Axborotda muhim xato yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, ishonchli hisoblanadi. | 20. Axborotda muhim xato yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, ishonchli hisoblanadi. |
Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlangʻich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. | Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlangʻich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. |
Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) | Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) |
21.Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutadi. | 21.Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutadi. |
Bu prinsipning qoʻllanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki taʼminotni oshirib koʻrsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib koʻrsatishga huquq bermaydi. | Bu prinsipning qoʻllanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki taʼminotni oshirib koʻrsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib koʻrsatishga huquq bermaydi. |
Mazmunning shakldan ustunligi | Mazmunning shakldan ustunligi |
22. Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini toʻgʻri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va koʻrsatilishi lozim. | 22. Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini toʻgʻri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va koʻrsatilishi lozim. |
Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi | Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi |
23. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan boʻlishi kerak. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak. | 23. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan boʻlishi kerak. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak. |
24. Moliyaviy hisobotda oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni yoritib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur boʻlsa, yangilanishi kerak. | 24. Moliyaviy hisobotda oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni yoritib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur boʻlsa, yangilanishi kerak. |
25. Moliyaviy hisobotning koʻrsatkichlarini tuzatish yoki moddalarini tasnif etishda joriy bilan qiyosiylikni taʼminlash uchun qiyoslama summalar qaytadan tasnif etilishi va bir vaqtni oʻzida bunday qaytadan tasnif etishning tavsifi, summasi, sababi yoritib berilishi kerak. Agar buning imkoniyati boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tasnif etish sababini va agar summalar qaytadan tasnif etilgan boʻlsa kiritilgan oʻzgartishlarning xarakterini yoritib berishi kerak. | 25. Moliyaviy hisobotning koʻrsatkichlarini tuzatish yoki moddalarini tasnif etishda joriy bilan qiyosiylikni taʼminlash uchun qiyoslama summalar qaytadan tasnif etilishi va bir vaqtni oʻzida bunday qaytadan tasnif etishning tavsifi, summasi, sababi yoritib berilishi kerak. Agar buning imkoniyati boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tasnif etish sababini va agar summalar qaytadan tasnif etilgan boʻlsa kiritilgan oʻzgartishlarning xarakterini yoritib berishi kerak. |
26. Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan, maʼlum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi. | 26. Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan, maʼlum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi. |
Yangi standartlarni ishlab chiqish va mavjud standartlarni oʻzgartirish natijasida qiyoslanadigan axborot taqdim etishga talablar doirasi kamaytirilishi mumkin. Yangi va qayta koʻrib chiqilgan standartlardagi oʻtish qoidalari standartdan birinchi marta foydalanilayotganda qiyoslanadigan axborot taqdim etishni talab qilmasligi ham mumkin. | Yangi standartlarni ishlab chiqish va mavjud standartlarni oʻzgartirish natijasida qiyoslanadigan axborot taqdim etishga talablar doirasi kamaytirilishi mumkin. Yangi va qayta koʻrib chiqilgan standartlardagi oʻtish qoidalari standartdan birinchi marta foydalanilayotganda qiyoslanadigan axborot taqdim etishni talab qilmasligi ham mumkin. |
27. Shunday holatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydi. Masalan, oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydigan tarzda toʻplangan boʻlishi mumkin, bu esa axborotni oʻzgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday holatlarda qiyoslanadigan summalarga kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlarning tavsifi yoritib berilishi lozim. | 27. Shunday holatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydi. Masalan, oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydigan tarzda toʻplangan boʻlishi mumkin, bu esa axborotni oʻzgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday holatlarda qiyoslanadigan summalarga kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlarning tavsifi yoritib berilishi lozim. |
28. Qiyosiylik prinsipiga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak: | 28. Qiyosiylik prinsipiga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak: |
28.1. Barcha miqdoriy axborotlarga nisbatan talablar; | 28.1. Barcha miqdoriy axborotlarga nisbatan talablar; |
28.2. Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv oʻzgarganda oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi kerak. | 28.2. Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv oʻzgarganda oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi kerak. |
28.3. Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa, qayta tasnif etish amalga oshirilgan holda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning sabablari va tavsifi yoritib berilishi kerak. | 28.3. Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa, qayta tasnif etish amalga oshirilgan holda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning sabablari va tavsifi yoritib berilishi kerak. |
Moliyaviy hisobotning betarafligi | Moliyaviy hisobotning betarafligi |
29. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini taʼminlash uchun u gʻarazlilikdan xoli boʻlishi kerak. | 29. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini taʼminlash uchun u gʻarazlilikdan xoli boʻlishi kerak. |
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash | Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash |
30. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos boʻlishini nazarda tutadi. | 30. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos boʻlishini nazarda tutadi. |
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin. | Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin. |
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi | Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi |
31. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos boʻlgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aniqlash qiyin boʻlsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir. | 31. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos boʻlgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aniqlash qiyin boʻlsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir. |
Tushunarlilik | Tushunarlilik |
32. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli boʻlishi kerak. | 32. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli boʻlishi kerak. |
Ahamiyatlilik | Ahamiyatlilik |
33. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xoʻjalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga taʼsir qilishi mumkin. | 33. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xoʻjalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga taʼsir qilishi mumkin. |
Muhimlilik | Muhimlilik |
34. Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki notoʻgʻri koʻrsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. | 34. Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki notoʻgʻri koʻrsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. |
35. Moliyaviy hisobotlarda bir moddada tavsifi va vazifalari jihatidan oʻxshashlari bilan umumlashtirilishi kerak boʻlgan yoki alohida koʻrsatilmasligi kerak boʻlgan summalar aks ettiriladi. | 35. Moliyaviy hisobotlarda bir moddada tavsifi va vazifalari jihatidan oʻxshashlari bilan umumlashtirilishi kerak boʻlgan yoki alohida koʻrsatilmasligi kerak boʻlgan summalar aks ettiriladi. |
Biroq, yakka tartibda ham, birgalikda ham muhim hisoblangan axborot boshqa axborot bilan toʻligʻicha umumlashtirilmasligi kerak. Shu munosabat bilan, agar axborotning yoritib berilmasligi foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. | Biroq, yakka tartibda ham, birgalikda ham muhim hisoblangan axborot boshqa axborot bilan toʻligʻicha umumlashtirilmasligi kerak. Shu munosabat bilan, agar axborotning yoritib berilmasligi foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. |
Muhimlilik uni oʻtkazadigan alohida aniq holatlarda koʻrib chiqiladigan moddaning hajmiga bogʻliq boʻladi. | Muhimlilik uni oʻtkazadigan alohida aniq holatlarda koʻrib chiqiladigan moddaning hajmiga bogʻliq boʻladi. |
36. Moliyaviy hisobot tavsifi va vazifalari boʻyicha guruhlarga tarkibiy birlashtirilgan xoʻjalik operatsiyalarini qayta ishlash natijasidir. Mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi boʻlib moliyaviy hisobotlarda yoki modda koʻrinishida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, qisqa koʻrinishda tasnif etilgan axborot taqdim etish hisoblanadi. | 36. Moliyaviy hisobot tavsifi va vazifalari boʻyicha guruhlarga tarkibiy birlashtirilgan xoʻjalik operatsiyalarini qayta ishlash natijasidir. Mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi boʻlib moliyaviy hisobotlarda yoki modda koʻrinishida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, qisqa koʻrinishda tasnif etilgan axborot taqdim etish hisoblanadi. |
Moliyaviy hisobotda ayrim koʻrsatkichlarni ajratib koʻrsatish yoki ularni boshqa koʻrsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu uchun, agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim boʻlmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining tavsifi va hajmi bir vaqtning oʻzida baholanadi. Holatga qarab moddaning tavsifi yoki hajmi belgilovchi omil boʻlib xizmat qiladi. | Moliyaviy hisobotda ayrim koʻrsatkichlarni ajratib koʻrsatish yoki ularni boshqa koʻrsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu uchun, agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim boʻlmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining tavsifi va hajmi bir vaqtning oʻzida baholanadi. Holatga qarab moddaning tavsifi yoki hajmi belgilovchi omil boʻlib xizmat qiladi. |
37. Agar dastlabki axborot muhim boʻlmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni yoritib koʻrsatish talablarini bajarishga hojat boʻlmaydi. Biroq, agar umumiy foydalanishga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan boʻlsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni yoritib berish zarur. | 37. Agar dastlabki axborot muhim boʻlmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni yoritib koʻrsatish talablarini bajarishga hojat boʻlmaydi. Biroq, agar umumiy foydalanishga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan boʻlsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni yoritib berish zarur. |
38. Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bogʻliq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chogʻida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. | 38. Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bogʻliq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chogʻida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. |
Haqqoniy va begʻaraz tasavvur etish | Haqqoniy va begʻaraz tasavvur etish |
39. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda subyektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida haqqoniy va begʻaraz tasavvur hosil qilishi kerak. | 39. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda subyektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida haqqoniy va begʻaraz tasavvur hosil qilishi kerak. |
Tugallanganlik | Tugallanganlik |
40. Ishonchlilikni taʼminlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot toʻliq boʻlishi kerak. | 40. Ishonchlilikni taʼminlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot toʻliq boʻlishi kerak. |
Izchillik | Izchillik |
41. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatidagi oʻzgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak. | 41. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatidagi oʻzgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak. |
42. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsiyalari tavsifida muhim oʻzgarishlar yoki hisobotni taqdim etish shaklini tahlil qilish hisobotni taqdim etish shaklini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan dalolat bermasa, moliyaviy hisobot moddalarini taqdim qilish va tasnif etish saqlanib qolinishi kerak. | 42. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsiyalari tavsifida muhim oʻzgarishlar yoki hisobotni taqdim etish shaklini tahlil qilish hisobotni taqdim etish shaklini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan dalolat bermasa, moliyaviy hisobot moddalarini taqdim qilish va tasnif etish saqlanib qolinishi kerak. |
43. Vaqti-vaqti bilan katta miqdordagi xarid qilish yoki chiqib ketish yoki subyektni operatsion faoliyatining tavsifida ayrim boshqa muhim oʻzgarishlar yoki moliyaviy hisobotning sharhi moliyaviy hisobotlarni boshqacha taqdim etish maqsadga muvofiqligiga olib keladi. Bunday hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik va qiyosiylik prinsiplariga rioya qilish oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlashi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta koʻrib chiqilgan tuzilish uzoq davr davomida saqlansa yoki muqobil taqdim etishning afzalligi ravshan boʻlsa, faqat shunday hollardagina moliyaviy hisobot taqdim etishni oʻzgartirishi mumkin. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladi. | 43. Vaqti-vaqti bilan katta miqdordagi xarid qilish yoki chiqib ketish yoki subyektni operatsion faoliyatining tavsifida ayrim boshqa muhim oʻzgarishlar yoki moliyaviy hisobotning sharhi moliyaviy hisobotlarni boshqacha taqdim etish maqsadga muvofiqligiga olib keladi. Bunday hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik va qiyosiylik prinsiplariga rioya qilish oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlashi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta koʻrib chiqilgan tuzilish uzoq davr davomida saqlansa yoki muqobil taqdim etishning afzalligi ravshan boʻlsa, faqat shunday hollardagina moliyaviy hisobot taqdim etishni oʻzgartirishi mumkin. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladi. |
Oʻz vaqtidalik | Oʻz vaqtidalik |
44. Agar axborot oʻz vaqtida taqdim etilsa, u foydali hisoblanadi. Agar moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilar tasarrufiga tuzilgan vaqtdan keyin oqilona vaqt ichida taqdim etilmasa, ular oʻzining foydaliligini yoʻqotadi. Hisobot axborotlari asossiz ravishda ushlab qolinsa, u oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur BHMSning 62 — 65-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarda moliyaviy hisobotni tuzishga qodir boʻlishi kerak. Hech qanday omillar, hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsiyalari murakkabligi ham hisobotni vaqtida taqdim etishga qodir emasligi sababi sifatida foydalanilmaslik kerak. | 44. Agar axborot oʻz vaqtida taqdim etilsa, u foydali hisoblanadi. Agar moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilar tasarrufiga tuzilgan vaqtdan keyin oqilona vaqt ichida taqdim etilmasa, ular oʻzining foydaliligini yoʻqotadi. Hisobot axborotlari asossiz ravishda ushlab qolinsa, u oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur BHMSning 62 — 65-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarda moliyaviy hisobotni tuzishga qodir boʻlishi kerak. Hech qanday omillar, hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsiyalari murakkabligi ham hisobotni vaqtida taqdim etishga qodir emasligi sababi sifatida foydalanilmaslik kerak. |
Moliyaviy hisobot eʼlon qilish “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi kerak. | Moliyaviy hisobot eʼlon qilish “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi kerak. |
45. Agar hisobotni tuzish va taqdim etish uning hamma jihatlari maʼlum boʻlgan paytgacha kechiktiriladigan boʻlsa, eng ishonchli axborot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldinroq qaror qabul qilishga majbur boʻladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik oʻrtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning talablarini qanday qilib yaxshiroq qanoatlantirishni hal etish kerak. | 45. Agar hisobotni tuzish va taqdim etish uning hamma jihatlari maʼlum boʻlgan paytgacha kechiktiriladigan boʻlsa, eng ishonchli axborot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldinroq qaror qabul qilishga majbur boʻladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik oʻrtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning talablarini qanday qilib yaxshiroq qanoatlantirishni hal etish kerak. |
Offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi) | Offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi) |
46. Aktivlar va passivlar oʻrtasida oʻzaro hisobga olinishi boʻlmasligi kerak, boshqa BHMSlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno. | 46. Aktivlar va passivlar oʻrtasida oʻzaro hisobga olinishi boʻlmasligi kerak, boshqa BHMSlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno. |
47. Daromadlar va xarajatlar moddalari oʻzaro hisobga olinishi mumkin emas, faqat quyidagi hollar bundan mustasno: | 47. Daromadlar va xarajatlar moddalari oʻzaro hisobga olinishi mumkin emas, faqat quyidagi hollar bundan mustasno: |
47.1. BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi; | 47.1. BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi; |
47.2. Foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar va hodisalar bilan bogʻliq xarajatlar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyalarning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday summalar umumlashtirilishi va netto-asosda taqdim etilishi kerak. | 47.2. Foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar va hodisalar bilan bogʻliq xarajatlar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyalarning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday summalar umumlashtirilishi va netto-asosda taqdim etilishi kerak. |
48. Agar daromadlar va xarajatlar oʻzaro hisobga olingan boʻlsa, shunga qaramay xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik prinsipiga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni ochib koʻrsatish ehtiyojini qarab chiqishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini “Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasida tashkil etilgan zaxiralarni dargumon qarzlardan chiqarib tashlab aks ettirish koʻzda tutilgan boʻlsa. Lekin tushuntirish xatida debitorlik qarzi summasi ham, dargumon qarzlar boʻyicha tashkil etilgan zaxiralar summasi ham alohida koʻrsatiladi. | 48. Agar daromadlar va xarajatlar oʻzaro hisobga olingan boʻlsa, shunga qaramay xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik prinsipiga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni ochib koʻrsatish ehtiyojini qarab chiqishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini “Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasida tashkil etilgan zaxiralarni dargumon qarzlardan chiqarib tashlab aks ettirish koʻzda tutilgan boʻlsa. Lekin tushuntirish xatida debitorlik qarzi summasi ham, dargumon qarzlar boʻyicha tashkil etilgan zaxiralar summasi ham alohida koʻrsatiladi. |
Xolislik | Xolislik |
49. Moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy holatini, faoliyatining moliyaviy natijalarini va pul mablagʻlarining harakatini xolisona koʻrsatishi kerak. | 49. Moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy holatini, faoliyatining moliyaviy natijalarini va pul mablagʻlarining harakatini xolisona koʻrsatishi kerak. |
Xolislik prinsipiga erishish uchun har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishda BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy prinsiplarini qoʻllashga majbur. | Xolislik prinsipiga erishish uchun har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishda BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy prinsiplarini qoʻllashga majbur. |
50. Faoliyatning xilma-xil turlari boʻyicha yangiliklarni joriy etishning tezligi hali bu boʻyicha BHMS ishlab chiqilmagan operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan mazkur standartga muvofiq mustaqil ishlab chiqilishi kerak boʻlgan hisob siyosatini tanlash va qoʻllanish yoʻli bilan erishiladi. | 50. Faoliyatning xilma-xil turlari boʻyicha yangiliklarni joriy etishning tezligi hali bu boʻyicha BHMS ishlab chiqilmagan operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan mazkur standartga muvofiq mustaqil ishlab chiqilishi kerak boʻlgan hisob siyosatini tanlash va qoʻllanish yoʻli bilan erishiladi. |
Hisob siyosati | Hisob siyosati |
51. Subyektning hisob siyosati mazkur standartning 16 — 50-bandlarida keltirilgan prinsiplar asosida belgilanishi kerak. | 51. Subyektning hisob siyosati mazkur standartning 16 — 50-bandlarida keltirilgan prinsiplar asosida belgilanishi kerak. |
Hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzish uchun foydalanadigan maxsus prinsiplarni, konvensiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi. | Hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzish uchun foydalanadigan maxsus prinsiplarni, konvensiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi. |
52. Hisob siyosati moliyaviy hisobot barcha maqbul BHMSlarni qoʻllanish asosida tuziladigan tarzda tashkil etilishi kerak. Maxsus talablar boʻlmagan taqdirda moliyaviy hisobot quyidagicha boʻlishi kerak: | 52. Hisob siyosati moliyaviy hisobot barcha maqbul BHMSlarni qoʻllanish asosida tuziladigan tarzda tashkil etilishi kerak. Maxsus talablar boʻlmagan taqdirda moliyaviy hisobot quyidagicha boʻlishi kerak: |
52.1. Foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli; | 52.1. Foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli; |
52.2. Shu jihatdan ishonchli boʻlishi kerak: | 52.2. Shu jihatdan ishonchli boʻlishi kerak: |
52.2.1. Subyekt faoliyati va moliyaviy holatining barcha natijalarini xolisona koʻrsatishi; | 52.2.1. Subyekt faoliyati va moliyaviy holatining barcha natijalarini xolisona koʻrsatishi; |
52.2.2. Faqat yuridik shakldan iborat boʻlmay, hodisa va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi; | 52.2.2. Faqat yuridik shakldan iborat boʻlmay, hodisa va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi; |
52.2.3. Betaraf (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi; | 52.2.3. Betaraf (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi; |
52.2.4. Betaraflikka zarar yetkazmagan holda ehtiyotkor boʻlishi; | 52.2.4. Betaraflikka zarar yetkazmagan holda ehtiyotkor boʻlishi; |
52.2.5. Barcha muhim jihatlari toʻla (tugallangan) boʻlishi, yaʼni subyekt xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim; | 52.2.5. Barcha muhim jihatlari toʻla (tugallangan) boʻlishi, yaʼni subyekt xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim; |
52.3. Faoliyati oʻxshash boshqa subyektlar moliyaviy hisoboti bilan taqqoslanadigan; | 52.3. Faoliyati oʻxshash boshqa subyektlar moliyaviy hisoboti bilan taqqoslanadigan; |
52.4. Tushunarli. | 52.4. Tushunarli. |
53. Subyektning hisob siyosatini aniq bir yoʻnalish (masala) boʻyicha shakllantirishda, buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga amal qilish kerak. | 53. Subyektning hisob siyosatini aniq bir yoʻnalish (masala) boʻyicha shakllantirishda, buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga amal qilish kerak. |
54. Maxsus ixtisoslashgan BHMSlar mavjud boʻlmaganda subyekt rahbari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga eng foydali axborot beradigan hisob siyosatini ishlab chiqishda oʻz qarorlaridan foydalanishga haqlidir. | 54. Maxsus ixtisoslashgan BHMSlar mavjud boʻlmaganda subyekt rahbari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga eng foydali axborot beradigan hisob siyosatini ishlab chiqishda oʻz qarorlaridan foydalanishga haqlidir. |
Oʻz qarorlaridan foydalanish jarayonida rahbar quyidagilarni koʻrib chiqadi: | Oʻz qarorlaridan foydalanish jarayonida rahbar quyidagilarni koʻrib chiqadi: |
54.1. Bunday masalalar xususida BHMSning talablari va qoʻllanmalarini; | 54.1. Bunday masalalar xususida BHMSning talablari va qoʻllanmalarini; |
54.2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan har qanday boshqa axborotni; | 54.2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan har qanday boshqa axborotni; |
54.3. Aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun aks ettirish va oʻlchashning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan mezonlarini; | 54.3. Aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun aks ettirish va oʻlchashning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan mezonlarini; |
54.4. Kapitallarning asosiy jahon moliya bozorlari qabul qilgan tarmoq ish tajribasini. | 54.4. Kapitallarning asosiy jahon moliya bozorlari qabul qilgan tarmoq ish tajribasini. |
55. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan rasmiylashtirilishi kerak. | 55. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan rasmiylashtirilishi kerak. |
Hisob siyosatini shakllantirishda subyekt tanlab olgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati chiqarilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qoʻllaniladi, hisobot yili davomida yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasnodir. | Hisob siyosatini shakllantirishda subyekt tanlab olgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati chiqarilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qoʻllaniladi, hisobot yili davomida yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasnodir. |
Bunda ular xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy boʻlinmalarida (jumladan, alohida balansga ajratilgan boʻlinmalarida) ularning qayerda joylashganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. | Bunda ular xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy boʻlinmalarida (jumladan, alohida balansga ajratilgan boʻlinmalarida) ularning qayerda joylashganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. |
Yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tanlab olgan hisob siyosatini mazkur bandga muvofiq moliyaviy hisobot birinchi marta eʼlon qilingunga qadar, lekin davlat roʻyxatidan oʻtib yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 90 kundan kechiktirmay rasmiylashtiradi. Subyekt tanlab olgan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat roʻyxatidan oʻtgan) kundan boshlab qoʻllanish mumkin deb hisoblanadi. | Yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tanlab olgan hisob siyosatini mazkur bandga muvofiq moliyaviy hisobot birinchi marta eʼlon qilingunga qadar, lekin davlat roʻyxatidan oʻtib yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 90 kundan kechiktirmay rasmiylashtiradi. Subyekt tanlab olgan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat roʻyxatidan oʻtgan) kundan boshlab qoʻllanish mumkin deb hisoblanadi. |
56. Hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi. | 56. Hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi: | Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi: |
56.1. Subyekt qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, boʻlinganda, qoʻshib olinganda); | 56.1. Subyekt qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, boʻlinganda, qoʻshib olinganda); |
56.2. Mulk egalari almashganda; | 56.2. Mulk egalari almashganda; |
56.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meʼyoriy tizimda oʻzgarishlar boʻlganda; | 56.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meʼyoriy tizimda oʻzgarishlar boʻlganda; |
56.4. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda. | 56.4. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda. |
Hisob siyosatining oʻzgartirilishi asoslab berilishi va mazkur standartning 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak. | Hisob siyosatining oʻzgartirilishi asoslab berilishi va mazkur standartning 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak. |
Hisob siyosatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzgarishlarning oqibatlari subyektning buxgalteriya hisobini yuritishning oʻzgartirilgan usullari qoʻllanila boshlagan vaqtdagi (oyning birinchi kunida) tekshirilgan maʼlumotlar asosida qiymat jihatidan baholanishi kerak. | Hisob siyosatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzgarishlarning oqibatlari subyektning buxgalteriya hisobini yuritishning oʻzgartirilgan usullari qoʻllanila boshlagan vaqtdagi (oyning birinchi kunida) tekshirilgan maʼlumotlar asosida qiymat jihatidan baholanishi kerak. |
Moliyaviy hisobotlarning asosiy identifikatsiyalangan rekvizitlari | Moliyaviy hisobotlarning asosiy identifikatsiyalangan rekvizitlari |
57. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotlarning bir xil turdagi shakllarida aniq identifikatsiyalangan boʻlishi kerak. | 57. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotlarning bir xil turdagi shakllarida aniq identifikatsiyalangan boʻlishi kerak. |
58. Quyidagi axborotlar moliyaviy hisobotlarning har bir sahifasida iloji boricha toʻliq aks ettirilishi kerak: | 58. Quyidagi axborotlar moliyaviy hisobotlarning har bir sahifasida iloji boricha toʻliq aks ettirilishi kerak: |
58.1. Subyektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, boʻysunishi, identifikatsiya raqami va subyektni aniqlash uchun boshqa rekvizitlar; | 58.1. Subyektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, boʻysunishi, identifikatsiya raqami va subyektni aniqlash uchun boshqa rekvizitlar; |
58.2. Moliyaviy hisobotlar yakka korxonalarni yoki korxonalar guruhini oʻz ichiga oladimi; | 58.2. Moliyaviy hisobotlar yakka korxonalarni yoki korxonalar guruhini oʻz ichiga oladimi; |
58.3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar bilan qamrab olingan davr. | 58.3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar bilan qamrab olingan davr. |
59. Taqdim etilgan hisobot axborotini toʻgʻri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar ham yoritib berilishi va zarur boʻlganda takrorlanishi kerak: | 59. Taqdim etilgan hisobot axborotini toʻgʻri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar ham yoritib berilishi va zarur boʻlganda takrorlanishi kerak: |
59.1. Moliyaviy hisobotlar oʻlchangan valyuta va agar bir necha valyutadan foydalanilgan boʻlsa, ular ifodalangan valyutalar; | 59.1. Moliyaviy hisobotlar oʻlchangan valyuta va agar bir necha valyutadan foydalanilgan boʻlsa, ular ifodalangan valyutalar; |
59.2. Moliyaviy hisobotlarda raqamlarni koʻrsatish uchun foydalanilgan aniqlik darajasi, masalan, raqamlar minglar hisobida koʻrsatilganmi yoki millionlar hisobidami va hokazo. | 59.2. Moliyaviy hisobotlarda raqamlarni koʻrsatish uchun foydalanilgan aniqlik darajasi, masalan, raqamlar minglar hisobida koʻrsatilganmi yoki millionlar hisobidami va hokazo. |
Hisobot davri va hisobot sanasi | Hisobot davri va hisobot sanasi |
60. 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. | 60. 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. |
Moliyaviy hisobot kalendar yildan farqli davr uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oy yoki chorak uchun tuzilishi mumkin. | Moliyaviy hisobot kalendar yildan farqli davr uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oy yoki chorak uchun tuzilishi mumkin. |
61. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisobot davrining soʻnggi kalendar kuni hisoblanadi. Chunonchi subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31-dekabr hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi yillik hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan davr hisobot davri hisoblanadi. | 61. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisobot davrining soʻnggi kalendar kuni hisoblanadi. Chunonchi subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31-dekabr hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi yillik hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan davr hisobot davri hisoblanadi. |
Moliyaviy hisobotni taqdim etish | Moliyaviy hisobotni taqdim etish |
62. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: | 62. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: |
62.1. Subyektning mulk egalariga (davlat mulkini boshqarishga vakolatli organlarga, ishtirokchilarga, taʼsischilarga) — taʼsis hujjatlariga muvofiq; | 62.1. Subyektning mulk egalariga (davlat mulkini boshqarishga vakolatli organlarga, ishtirokchilarga, taʼsischilarga) — taʼsis hujjatlariga muvofiq; |
62.2. Davlat soliq xizmati organlariga — subyekt roʻyxatga olingan joyi boʻyicha; | 62.2. Davlat soliq xizmati organlariga — subyekt roʻyxatga olingan joyi boʻyicha; |
62.3. Davlat statistika organlariga; | 62.3. Davlat statistika organlariga; |
62.4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq — boshqa organlarga. | 62.4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq — boshqa organlarga. |
63. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15-fevraldan kechiktirmay topshiradi. | 63. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15-fevraldan kechiktirmay topshiradi. |
64. Vazirliklar, idoralar, boshqa boshqaruv organlari va ayrim subyektlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi. | 64. Vazirliklar, idoralar, boshqa boshqaruv organlari va ayrim subyektlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi. |
65. Subyekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida koʻrsatilgan sana uni joʻnatish kuni hisoblanadi. | 65. Subyekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida koʻrsatilgan sana uni joʻnatish kuni hisoblanadi. |
Hisobotni taqdim etish sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga oʻtkaziladi. | Hisobotni taqdim etish sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga oʻtkaziladi. |
Buxgalteriya balansi | Buxgalteriya balansi |
Buxgalteriya balansining maqsadi | Buxgalteriya balansining maqsadi |
66. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini tushunib yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy holatini aks ettirishi kerak. | 66. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini tushunib yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy holatini aks ettirishi kerak. |
Aylanma (joriy) va uzoq muddatli aktivlar oʻrtasidagi tafovut | Aylanma (joriy) va uzoq muddatli aktivlar oʻrtasidagi tafovut |
67. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida koʻrsatishni (yoki koʻrsatmaslikni) belgilab olishi kerak. Mazkur standartning 69 — 71-bandlari ana shunday cheklash amalga oshirilganda qoʻllaniladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni toʻlash muddatlari boʻyicha axborotlar baribir yoritib berilishi kerak. | 67. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida koʻrsatishni (yoki koʻrsatmaslikni) belgilab olishi kerak. Mazkur standartning 69 — 71-bandlari ana shunday cheklash amalga oshirilganda qoʻllaniladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni toʻlash muddatlari boʻyicha axborotlar baribir yoritib berilishi kerak. |
68. Xoʻjalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsion siklidan foydalanib tovarlar va xizmatlarni yetkazib berganda, balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablagʻ sifatida doimo murojaat qilinadigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar oʻrtasidagi tafovutni farqlash yoʻli bilan juda foydali axborot boʻladi. Shuningdek u joriy operatsion sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida toʻlanishi lozim boʻlgan majburiyatlarni ham taʼkidlab koʻrsatadi. Subyekt joriy va uzoq muddatli aktivlari hamda majburiyatlarini alohida-alohida koʻrsatsa, bunday hollarda ular 69 — 76-bandlarga muvofiq tasnif etiladi. | 68. Xoʻjalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsion siklidan foydalanib tovarlar va xizmatlarni yetkazib berganda, balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablagʻ sifatida doimo murojaat qilinadigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar oʻrtasidagi tafovutni farqlash yoʻli bilan juda foydali axborot boʻladi. Shuningdek u joriy operatsion sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida toʻlanishi lozim boʻlgan majburiyatlarni ham taʼkidlab koʻrsatadi. Subyekt joriy va uzoq muddatli aktivlari hamda majburiyatlarini alohida-alohida koʻrsatsa, bunday hollarda ular 69 — 76-bandlarga muvofiq tasnif etiladi. |
Aylanma (joriy) aktivlar | Aylanma (joriy) aktivlar |
69. Aktivlar quyidagi hollarda joriy aktiv sifatida tasnif etilishi kerak, agar: | 69. Aktivlar quyidagi hollarda joriy aktiv sifatida tasnif etilishi kerak, agar: |
69.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi boʻlsa va subyektning bir normal oʻtayotgan operatsion siklida uni olish yoki isteʼmol qilish kutilayotgan boʻlsa; | 69.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi boʻlsa va subyektning bir normal oʻtayotgan operatsion siklida uni olish yoki isteʼmol qilish kutilayotgan boʻlsa; |
69.2. Asosan qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda saqlab turilgan boʻlsa va undan hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan boʻlsa. Boshqa barcha aktivlar joriy boʻlmagan aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tasnif etilishi kerak. | 69.2. Asosan qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda saqlab turilgan boʻlsa va undan hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan boʻlsa. Boshqa barcha aktivlar joriy boʻlmagan aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tasnif etilishi kerak. |
70. Joriy aktivlarning ikki turi mavjud. Birinchi turi xoʻjalik yurituvchi subyekt aylanma kapitalining bir qismi sifatida namoyon boʻlib, xoʻjalik yurituvchi subyektning normal operatsion sikli davomida olingan yoki isteʼmol qilingan boʻladi. Ikkinchi turi operatsion aktivlar hisoblanmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida sotish kutilayotgan joriy aktivlar sifatida namoyon boʻladi. Joriy aktivlarga hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida olinadigan yoki isteʼmol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari kiritiladi. | 70. Joriy aktivlarning ikki turi mavjud. Birinchi turi xoʻjalik yurituvchi subyekt aylanma kapitalining bir qismi sifatida namoyon boʻlib, xoʻjalik yurituvchi subyektning normal operatsion sikli davomida olingan yoki isteʼmol qilingan boʻladi. Ikkinchi turi operatsion aktivlar hisoblanmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida sotish kutilayotgan joriy aktivlar sifatida namoyon boʻladi. Joriy aktivlarga hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida olinadigan yoki isteʼmol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari kiritiladi. |
71. Xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsion sikli — bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlikcha pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlar hisobiga sotish oʻrtasidagi oʻrtacha vaqtdir. Operatsion aktivlarni uzoq muddatli va joriy operatsion sikl oʻrtasida tasnif etish maqsadida bir yil hisoblanadi, agar faqat shu tarmoq yoki faoliyat turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa. | 71. Xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsion sikli — bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlikcha pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlar hisobiga sotish oʻrtasidagi oʻrtacha vaqtdir. Operatsion aktivlarni uzoq muddatli va joriy operatsion sikl oʻrtasida tasnif etish maqsadida bir yil hisoblanadi, agar faqat shu tarmoq yoki faoliyat turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa. |
Uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) aktivlar | Uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) aktivlar |
72. 67-bandda talab qilingan tasniflash usuliga asoslanib, subyektning joriy boʻlmagan aktivlari quyidagi aktivlardan iborat boʻladi: | 72. 67-bandda talab qilingan tasniflash usuliga asoslanib, subyektning joriy boʻlmagan aktivlari quyidagi aktivlardan iborat boʻladi: |
72.1. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, nomoddiy aktivlari, taraqqiyot xarajatlari va gudvill; | 72.1. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, nomoddiy aktivlari, taraqqiyot xarajatlari va gudvill; |
72.2. Investitsiya maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin boʻlmagan aktivlar. | 72.2. Investitsiya maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin boʻlmagan aktivlar. |
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar | Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar |
73. Quyidagilar joriy majburiyat hisoblanadi, agar: | 73. Quyidagilar joriy majburiyat hisoblanadi, agar: |
73.1. Hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida ular boʻyicha hisob-kitob qilinsa; | 73.1. Hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida ular boʻyicha hisob-kitob qilinsa; |
73.2. Majburiyatlarning qolgan moddalari joriy emas. | 73.2. Majburiyatlarning qolgan moddalari joriy emas. |
74. Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga oʻxshash. Kreditorlik qarzi, ish haqi, soliqlar va boshqa operatsion xarajatlar boʻyicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsion siklida foydalaniladigan aylanma kapitalni tashkil etuvchi moddalar boʻyicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsion moddalar hatto hisobot sanasidan boshlab 12 oydan ortiq davr mobaynida hisob-kitob qilinishi kerak boʻlsada, joriy majburiyatlar koʻrinishida tasnif qilinadi. | 74. Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga oʻxshash. Kreditorlik qarzi, ish haqi, soliqlar va boshqa operatsion xarajatlar boʻyicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsion siklida foydalaniladigan aylanma kapitalni tashkil etuvchi moddalar boʻyicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsion moddalar hatto hisobot sanasidan boshlab 12 oydan ortiq davr mobaynida hisob-kitob qilinishi kerak boʻlsada, joriy majburiyatlar koʻrinishida tasnif qilinadi. |
75. Joriy majburiyatlarga hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida hisob-kitobni talab etsada, operatsion sikli nuqtai nazaridan ularni joriy hisoblanishini aniqlash qiyin boʻlgan quyidagilar ham kiradi: bank overdraftlari, toʻlanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa kreditorlik qarzlari, foizlarni toʻlashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi. | 75. Joriy majburiyatlarga hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida hisob-kitobni talab etsada, operatsion sikli nuqtai nazaridan ularni joriy hisoblanishini aniqlash qiyin boʻlgan quyidagilar ham kiradi: bank overdraftlari, toʻlanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa kreditorlik qarzlari, foizlarni toʻlashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi. |
Uzoq muddatli asosda aylanma kapitalni pul bilan taʼminlanadigan, foizni toʻlashni talab qiluvchi va 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) majburiyatlar hisoblanadi. | Uzoq muddatli asosda aylanma kapitalni pul bilan taʼminlanadigan, foizni toʻlashni talab qiluvchi va 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) majburiyatlar hisoblanadi. |
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalashtirish | Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalashtirish |
76. Hisobot sanasidan keyin 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinishi lozim boʻlgan majburiyatlar faqat quyidagi shartlarda joriy boʻlmagan majburiyatlar sifatida tasnif etilishi kerak: | 76. Hisobot sanasidan keyin 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinishi lozim boʻlgan majburiyatlar faqat quyidagi shartlarda joriy boʻlmagan majburiyatlar sifatida tasnif etilishi kerak: |
76.1. Dastlabki muddat 12 oydan uzoqroq boʻlsa; | 76.1. Dastlabki muddat 12 oydan uzoqroq boʻlsa; |
76.2. Subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashtirishni rejalashtirayotgan boʻlsa; | 76.2. Subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashtirishni rejalashtirayotgan boʻlsa; |
76.3. Bu niyat moliyaviy hisobot maʼqullangunga qadar toʻldiriladigan qayta moliyalashtirishga yoki toʻlovlar tarkibiy jihatdan oʻzgartirishga qaratilgan bitim bilan qoʻllab-quvvatlansa,. | 76.3. Bu niyat moliyaviy hisobot maʼqullangunga qadar toʻldiriladigan qayta moliyalashtirishga yoki toʻlovlar tarkibiy jihatdan oʻzgartirishga qaratilgan bitim bilan qoʻllab-quvvatlansa,. |
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qoʻllab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda yoritib berilishi kerak. | Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qoʻllab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda yoritib berilishi kerak. |
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim boʻlgan axborotlar | Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim boʻlgan axborotlar |
77. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning turli jihat rekvizitlarini aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi kerak. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari hisoblanadi: | 77. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning turli jihat rekvizitlarini aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi kerak. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari hisoblanadi: |
77.1. Moddiy aktivlar; | 77.1. Moddiy aktivlar; |
77.2. Nomoddiy aktivlar; | 77.2. Nomoddiy aktivlar; |
77.3. Moliyaviy aktivlar; | 77.3. Moliyaviy aktivlar; |
77.4. Zaxiralar; | 77.4. Zaxiralar; |
77.5. Debitorlik qarzi; | 77.5. Debitorlik qarzi; |
77.6. Pul mablagʻi va pul ekvivalentlari; | 77.6. Pul mablagʻi va pul ekvivalentlari; |
77.7. Kreditorlik qarzi; | 77.7. Kreditorlik qarzi; |
77.8. Ajratmalar; | 77.8. Ajratmalar; |
77.9. Foiz toʻlashni talab qiluvchi majburiyatlar; | 77.9. Foiz toʻlashni talab qiluvchi majburiyatlar; |
77.10. Xususiy kapital va zaxiralar. | 77.10. Xususiy kapital va zaxiralar. |
78. Mazkur standartda buxgalteriya balansini taqdim etish zarur boʻlgan tartib yoki shakl koʻrsatilmaydi. Buxgalteriya balansining shakli alohida BHMS “Buxgalteriya balansi”da keltirilgan. | 78. Mazkur standartda buxgalteriya balansini taqdim etish zarur boʻlgan tartib yoki shakl koʻrsatilmaydi. Buxgalteriya balansining shakli alohida BHMS “Buxgalteriya balansi”da keltirilgan. |
79. 77-banddagi majburiy talablar zaxiralarni aks ettirish uchun alohida satrlarni oʻz ichiga oladi. | 79. 77-banddagi majburiy talablar zaxiralarni aks ettirish uchun alohida satrlarni oʻz ichiga oladi. |
Taxminiy baholashdan koʻproq darajada foydalanish orqali baholanishi mumkin boʻlgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qoʻshimcha muhofaza qilishni taʼminlash uchun qonunchilik hujjatlari yoki ustavda zaxiralarni tashkil etish koʻzda tutiladi. | Taxminiy baholashdan koʻproq darajada foydalanish orqali baholanishi mumkin boʻlgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qoʻshimcha muhofaza qilishni taʼminlash uchun qonunchilik hujjatlari yoki ustavda zaxiralarni tashkil etish koʻzda tutiladi. |
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar | Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar |
80. Subyekt tushuntirishlarda quyidagilarni yoritib berishga majbur: | 80. Subyekt tushuntirishlarda quyidagilarni yoritib berishga majbur: |
80.1. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasi boʻyicha: | 80.1. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasi boʻyicha: |
80.1.1. Eʼlon qilingan aksiyalar soni; | 80.1.1. Eʼlon qilingan aksiyalar soni; |
80.1.2. Chiqarilgan, haqi toʻla toʻlangan, chiqarilgan, lekin haqi toʻla toʻlanmagan aksiyalar soni; | 80.1.2. Chiqarilgan, haqi toʻla toʻlangan, chiqarilgan, lekin haqi toʻla toʻlanmagan aksiyalar soni; |
80.1.3. Aksiyalarning nominal qiymati; | 80.1.3. Aksiyalarning nominal qiymati; |
80.1.4. Yilning boshida va oxirida haqi toʻlanmagan aksiyalar sonining kamayishi; | 80.1.4. Yilning boshida va oxirida haqi toʻlanmagan aksiyalar sonining kamayishi; |
80.1.5. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qoplashga doir cheklash; | 80.1.5. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qoplashga doir cheklash; |
80.1.6. Jamiyatning oʻziga, xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli shuʼba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar; | 80.1.6. Jamiyatning oʻziga, xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli shuʼba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar; |
80.1.7. Opsion va savdo kontrakti boʻyicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari. | 80.1.7. Opsion va savdo kontrakti boʻyicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari. |
80.2. Xususiy kapitaldagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni. | 80.2. Xususiy kapitaldagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni. |
80.3. Majburiyatlarda aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) yigʻilishida rasman maʼqullanmagan dividendlarni (daromad) toʻlash uchun summalarning mavjudligi. | 80.3. Majburiyatlarda aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) yigʻilishida rasman maʼqullanmagan dividendlarni (daromad) toʻlash uchun summalarning mavjudligi. |
81. Subyekt xususiy kapitaldagi oʻzgarishlarni aks ettirishi lozim va bunda quyidagilarni alohida koʻrsatishi zarur: | 81. Subyekt xususiy kapitaldagi oʻzgarishlarni aks ettirishi lozim va bunda quyidagilarni alohida koʻrsatishi zarur: |
81.1. Davr boshida va hisobot sanasida jamgʻarilgan foyda yoki zararlarning qoldigʻi hamda shu davrda yuz bergan muhim oʻzgarishlar, jumladan davr uchun sof foyda va aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) har bir toifasiga taqsimlanashi; | 81.1. Davr boshida va hisobot sanasida jamgʻarilgan foyda yoki zararlarning qoldigʻi hamda shu davrda yuz bergan muhim oʻzgarishlar, jumladan davr uchun sof foyda va aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) har bir toifasiga taqsimlanashi; |
81.2. Xususiy kapital va rezervlarni har bir toifasining joriy summasini davrning boshi va oxirida oʻzgarishlarning miqdori. | 81.2. Xususiy kapital va rezervlarni har bir toifasining joriy summasini davrning boshi va oxirida oʻzgarishlarning miqdori. |
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot | Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot |
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning maqsadi | Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning maqsadi |
82. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini tavsiflaydi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usul bilan koʻrsatadi. | 82. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini tavsiflaydi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usul bilan koʻrsatadi. |
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlar | Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlar |
83. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi majburiy elementlar boʻlishi lozim: | 83. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi majburiy elementlar boʻlishi lozim: |
83.1. Tushum; | 83.1. Tushum; |
83.2. Operatsion faoliyatining natijalari; | 83.2. Operatsion faoliyatining natijalari; |
83.3. Moliyaviy faoliyat natijalari; | 83.3. Moliyaviy faoliyat natijalari; |
83.4. Favqulodda foydalar va zararlar; | 83.4. Favqulodda foydalar va zararlar; |
83.5. Davrdagi sof foyda yoki zarar. Qoʻshimcha satrlar, sarlavhalar va yakunlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning yuz tomonida BHMSga muvofiq koʻrsatiladi. | 83.5. Davrdagi sof foyda yoki zarar. Qoʻshimcha satrlar, sarlavhalar va yakunlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning yuz tomonida BHMSga muvofiq koʻrsatiladi. |
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar | Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar |
84. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari boʻyicha tasniflash yoʻli bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak. | 84. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari boʻyicha tasniflash yoʻli bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak. |
85. Xarajatlarni faoliyat turlari boʻyicha tasniflaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarning turlari boʻyicha qoʻshimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni, xom ashyo va xalq isteʼmoli tovarlaridan foydalanish xarajatlari boʻyicha qoʻshimcha axborotlarni yoritib berishga majbur. | 85. Xarajatlarni faoliyat turlari boʻyicha tasniflaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarning turlari boʻyicha qoʻshimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni, xom ashyo va xalq isteʼmoli tovarlaridan foydalanish xarajatlari boʻyicha qoʻshimcha axborotlarni yoritib berishga majbur. |
Pul oqimlari haqidagi hisobot | Pul oqimlari haqidagi hisobot |
87. Xoʻjalik yurituvchi subyekt pul oqimlari haqidagi hisobotni BHMS “Pul oqimlari haqidagi hisobot” ga muvofiq taqdim etishga majbur. | 87. Xoʻjalik yurituvchi subyekt pul oqimlari haqidagi hisobotni BHMS “Pul oqimlari haqidagi hisobot” ga muvofiq taqdim etishga majbur. |
88. BHMS “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” pul oqimlari haqidagi hisobotni taqdim etish va unga tegishli tushuntirishlarni taqdim etish boʻyicha talablarni belgilaydi. Mavjud oqim haqidagi axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻini va pul ekvivalentlarini xoʻjalik subyektining ehtiyojlariga yoʻllash qobiliyatini baholash imkoniyatini taqdim etishda foydalidir. | 88. BHMS “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” pul oqimlari haqidagi hisobotni taqdim etish va unga tegishli tushuntirishlarni taqdim etish boʻyicha talablarni belgilaydi. Mavjud oqim haqidagi axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻini va pul ekvivalentlarini xoʻjalik subyektining ehtiyojlariga yoʻllash qobiliyatini baholash imkoniyatini taqdim etishda foydalidir. |
Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot | Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot |
89. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotda xususiy kapitalning harakati, rezervlarni shakllantirish, toʻlash uchun hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi. | 89. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotda xususiy kapitalning harakati, rezervlarni shakllantirish, toʻlash uchun hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi. |
Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar | Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar |
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad | Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad |
90. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda quyidagilarni amalga oshirishi kerak: | 90. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda quyidagilarni amalga oshirishi kerak: |
90.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzishda va hisob siyosatida tanlab olingan va qoʻllanilayotgan asos toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishi; | 90.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzishda va hisob siyosatida tanlab olingan va qoʻllanilayotgan asos toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishi; |
90.2. BHMS talab qiluvchi, moliyaviy hisobotning hech bir joyida koʻrsatilmagan axborotni yoritib berishi; | 90.2. BHMS talab qiluvchi, moliyaviy hisobotning hech bir joyida koʻrsatilmagan axborotni yoritib berishi; |
90.3. Moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va haqqoniy tasavvur etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tahliliy axborotni taqdim etishi. | 90.3. Moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va haqqoniy tasavvur etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tahliliy axborotni taqdim etishi. |
Tushuntirishlar tarkibi | Tushuntirishlar tarkibi |
91. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar tizimli ravishda tushuntirish xati koʻrinishida taqdim boʻlishi kerak. | 91. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar tizimli ravishda tushuntirish xati koʻrinishida taqdim boʻlishi kerak. |
Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga havola etilgan holda taqdim etilishi lozim. | Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga havola etilgan holda taqdim etilishi lozim. |
92. Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq tushunishga va ularni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi: | 92. Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq tushunishga va ularni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi: |
92.1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot; | 92.1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot; |
92.2. Oʻlchov asosi va buxgalteriya hisobida qoʻllanilayotgan siyosat toʻgʻrisidagi hisobot; | 92.2. Oʻlchov asosi va buxgalteriya hisobida qoʻllanilayotgan siyosat toʻgʻrisidagi hisobot; |
92.3. Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot; | 92.3. Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot; |
92.4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan boshqa yoritib berishlar: | 92.4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan boshqa yoritib berishlar: |
92.4.1. Shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy yoritib berishlar; | 92.4.1. Shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy yoritib berishlar; |
92.4.2. Moliya bilan bogʻliq boʻlmagan yoritib berishlar. | 92.4.2. Moliya bilan bogʻliq boʻlmagan yoritib berishlar. |
93. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldidan alohida hisobot koʻrinishida taqdim etilishi kerak. | 93. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldidan alohida hisobot koʻrinishida taqdim etilishi kerak. |
Hisob siyosatini yoritib berish | Hisob siyosatini yoritib berish |
94. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatidagi hisob siyosati toʻgʻrisidagi boʻlim quyidagilarni bayon qilib berishi kerak: | 94. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatidagi hisob siyosati toʻgʻrisidagi boʻlim quyidagilarni bayon qilib berishi kerak: |
94.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllanilgan (qoʻllanilayotgan) baholash asosi (asoslari); | 94.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllanilgan (qoʻllanilayotgan) baholash asosi (asoslari); |
94.2. Moliyaviy hisobotlarni aniq tasavvur etishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan hisob siyosatining har bir maxsus qismi; | 94.2. Moliyaviy hisobotlarni aniq tasavvur etishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan hisob siyosatining har bir maxsus qismi; |
94.3. Hisob siyosatida biror oʻzgarish sodir boʻlganda tuziladigan tushuntirish hisoboti. | 94.3. Hisob siyosatida biror oʻzgarish sodir boʻlganda tuziladigan tushuntirish hisoboti. |
95. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan maxsus hisob siyosatiga qoʻshimcha ravishda hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda qoʻllaniladigan baholash (boshlangʻich qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymat va balans qiymati) asosini (asoslarini) anglash juda muhimdir. Bu prinsiplar koʻp jihatdan uzluksizlik va hisoblash prinsiplariga oʻxshash boʻlib, ular moliyaviy hisobotni tuzishning asosini shakllantiradi. Ular ana shu prinsiplardan baʼzi holatlarda baholash asoslarini tanlab olish imkoniyati mavjudligi bilan farq qiladi. | 95. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan maxsus hisob siyosatiga qoʻshimcha ravishda hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda qoʻllaniladigan baholash (boshlangʻich qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymat va balans qiymati) asosini (asoslarini) anglash juda muhimdir. Bu prinsiplar koʻp jihatdan uzluksizlik va hisoblash prinsiplariga oʻxshash boʻlib, ular moliyaviy hisobotni tuzishning asosini shakllantiradi. Ular ana shu prinsiplardan baʼzi holatlarda baholash asoslarini tanlab olish imkoniyati mavjudligi bilan farq qiladi. |
Agar moliyaviy hisobotlarda baholashning bittadan ortiq asosi qoʻllanilsa, masalan, asosiy vositalarning muayyan turini baholashda bitta asos qoʻllanilsa, oʻlchashning alohida asosi qoʻllanilgan aktivlar va majburiyatlar toifasi aks ettirilishini koʻrsatish zarur. | Agar moliyaviy hisobotlarda baholashning bittadan ortiq asosi qoʻllanilsa, masalan, asosiy vositalarning muayyan turini baholashda bitta asos qoʻllanilsa, oʻlchashning alohida asosi qoʻllanilgan aktivlar va majburiyatlar toifasi aks ettirilishini koʻrsatish zarur. |
96. Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining oʻziga xos jihatlarini yoritib berishning ustuvorligini koʻrib chiqishda rahbarlar u xoʻjalik yurituvchi subyektning xatarlarini va kelgusidagi pul mablagʻi oqimini baholashga imkon berishini eʼtiborga olishi kerak. Hisob siyosatini yoritib berish quyidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi: | 96. Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining oʻziga xos jihatlarini yoritib berishning ustuvorligini koʻrib chiqishda rahbarlar u xoʻjalik yurituvchi subyektning xatarlarini va kelgusidagi pul mablagʻi oqimini baholashga imkon berishini eʼtiborga olishi kerak. Hisob siyosatini yoritib berish quyidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi: |
96.1. Foydani aks ettirish: | 96.1. Foydani aks ettirish: |
96.2. Konsolidatsiyalash prinsiplari; | 96.2. Konsolidatsiyalash prinsiplari; |
96.3. Faoliyat turlarini uygʻunlashtirish; | 96.3. Faoliyat turlarini uygʻunlashtirish; |
96.4. Birgalikdagi faoliyat; | 96.4. Birgalikdagi faoliyat; |
96.5. Moddiy va nomoddiy aktivlarning aks etishi va eskirishi (amortizatsiyasi); | 96.5. Moddiy va nomoddiy aktivlarning aks etishi va eskirishi (amortizatsiyasi); |
96.6. Jalb etilgan mablagʻlar qiymatining kapitalizatsiya qilinishi va boshqa xarajatlar; | 96.6. Jalb etilgan mablagʻlar qiymatining kapitalizatsiya qilinishi va boshqa xarajatlar; |
96.7. Kapital quyilmalar; | 96.7. Kapital quyilmalar; |
96.8. Investitsiya mulki; | 96.8. Investitsiya mulki; |
96.9. Moliyaviy instrumentlar va investitsiyalar; | 96.9. Moliyaviy instrumentlar va investitsiyalar; |
96.10. Ijara; | 96.10. Ijara; |
96.11. Tadqiqot va taraqqiyot bilan bogʻliq xarajatlar; | 96.11. Tadqiqot va taraqqiyot bilan bogʻliq xarajatlar; |
96.12. Tovar-moddiy zaxiralar; | 96.12. Tovar-moddiy zaxiralar; |
96.13. Soliqlar, jumladan kechiktirilgan soliqlar; | 96.13. Soliqlar, jumladan kechiktirilgan soliqlar; |
96.14. Zaxiralar; | 96.14. Zaxiralar; |
96.15. Xodimlarni saqlab turish; | 96.15. Xodimlarni saqlab turish; |
96.16. Xorijiy valyutani oʻtkazish; | 96.16. Xorijiy valyutani oʻtkazish; |
96.17. Faoliyat turlarini, jugʻrofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar oʻrtasida taqsimlash usulini belgilash; | 96.17. Faoliyat turlarini, jugʻrofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar oʻrtasida taqsimlash usulini belgilash; |
96.18. Inflyatsiyani hisobga olish; | 96.18. Inflyatsiyani hisobga olish; |
96.19. Hukumat subsidiyalari. | 96.19. Hukumat subsidiyalari. |
Boshqa yoritib berishlar | Boshqa yoritib berishlar |
97. Xoʻjalik yurituvchi subyekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda yoritilmay qolgan boʻlsa, quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak: | 97. Xoʻjalik yurituvchi subyekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda yoritilmay qolgan boʻlsa, quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak: |
97.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqiy shakli, taʼsis etilgan mamlakat va roʻyxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyat aniq joyi, agar amaliy faoliyatning manzili roʻyxatga olingan idora manzilidan farq qilsa); | 97.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqiy shakli, taʼsis etilgan mamlakat va roʻyxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyat aniq joyi, agar amaliy faoliyatning manzili roʻyxatga olingan idora manzilidan farq qilsa); |
97.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy faoliyati xoʻjalik muomalalari mohiyatining tavsifi; | 97.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy faoliyati xoʻjalik muomalalari mohiyatining tavsifi; |
97.3. Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi; | 97.3. Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi; |
97.4. Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni. | 97.4. Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni. |