Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Bitimni (2020-yil 18-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Bitimni (2020-yil 18-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 13-mayda kiritilgan “Shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Bitimni (2020-yil 18-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-may,
2085-V-son