Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“1993-yil 24-sentabrdagi Qochoqlar va koʻchishga majbur boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilishini tugatish haqidagi Bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-224-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“1993-yil 24-sentabrdagi Qochoqlar va koʻchishga majbur boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilishini tugatish haqidagi Bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-224-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 13-mayda kiritilgan “1993-yil 24-sentabrdagi Qochoqlar va koʻchishga majbur boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilishini tugatish haqidagi Bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-224-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-may,
2084-V-son