Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-223-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
(“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-223-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2108-V-son