Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“1993-yil 24-sentabrdagi Qochoqlar va koʻchishga majbur boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilishini tugatish haqidagi Bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “1993-yil 24-sentabrdagi Qochoqlar va koʻchishga majbur boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilishini tugatish haqidagi Bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2103-V-son