Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2100-V-son