OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va maʼnaviy aloqalar izchil rivojlanib, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, Turkiya Respublikasining asoschisi va birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk tavalludining 145 yilligi munosabati bilan hamda uning jahon tarixidagi beqiyos oʻrni va xizmatlarini eʼtirof etgan holda qaror qilaman:
1. Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “Oʻzbek-turk doʻstligi” xiyoboniga yondosh boʻlgan Abdulla Qodiriy koʻchasining bir qismiga (Istiqbol, Fargʻona yoʻli va Nukus koʻchalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi va Mahtumquli shohkoʻchasi kesishmasigacha) Mustafo Kamol Otaturk nomi berilsin.
2. Kadastr agentligi ushbu qarorga muvofiq Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga hamda mazkur hududda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Toshkent shahar hokimligi:
(a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbek-turk doʻstligi” xiyobonini barpo etish ishlarini jadallashtirib, qisqa muddatda foydalanishga topshirsin;
(b) Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi nomi va koʻchmas mulk obyektlari raqamlari koʻrsatkichlarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-iyun,
PQ-226-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 07/26/226/0605-son)