LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan qayta jihozlash uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni to‘lash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiy bo‘linmalari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash to‘g‘risida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga muvofiq xorijiy kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar uchun mulk solig‘i to‘lashdan mazkur asbob-uskunalar bo‘yicha mulk solig‘i yuzasidan ilgari berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan vaqtdan boshlab besh yil muddatga ozod qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
“Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni to‘lash qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”;
“4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil va keyingi yillar uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini shakllantirishda avans to‘lovlarini amalga oshirish hamda xorijiy banklar kreditlarini va qarz bitimlari muddatlari va shartlarida ular bo‘yicha belgilangan foizlarni to‘lash uchun O‘zbekiston Teleradio kompaniyasiga mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar”.