11.06.2026 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatida xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun hujjatlarni har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha QR-kod bilan himoyalangan imtihon natijasini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq davlat xizmatining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili va umumtaʼlim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq oʻqishini xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — davlat oliy taʼlim tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi arizaning davlat xizmatini koʻrsatish doirasida koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan yoki ariza beruvchi mustaqil ravishda YIDXP yoxud maxsus platforma orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi ariza topshirish muddatlari yakunlangunga qadar rad etilgan arizalarni qayta yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagani, soʻrovnomada notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangani yoki belgilangan miqdordagi toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani arizalarni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. YIDXP yoki maxsus platforma yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustga qadar (shu kuni ham) koʻrib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, bu haqda ariza beruvchiga YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizalarni qabul qilish yakunlangandan soʻng ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagani, soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangani sababli rad etilgan arizalardagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qoʻshimcha besh ish kunidan iborat muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda oʻqishi koʻchirilayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining muayyan taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish fanlari boʻyicha, oʻqiydigan tilida maxsus sinov (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod bilan himoyalangan imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan soʻng bir hafta ichida YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun ariza beruvchidan vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilingan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi toʻlov amalga oshirilgani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi toʻlovni YIDXP yoki maxsus platforma orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ va ishchi organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar

2-bosqich

Ishchi organ

(davlat oliy taʼlim tashkilotlari)

1. YIDXP yoki maxsus platforma yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqadi.

2. Arizani qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Har yili 15-iyuldan 6-avgustga qadar

3-bosqich

Ariza beruvchi

Belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.

Har yili 15-iyuldan 6-avgustga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ

(Bilim va malakalarni baholash agentligi)

1. Imtihonlarni tashkil etadi va oʻtkazadi.

1. Har yili avgust oyida.

2. QR-kod bilan himoyalangan imtihon natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchiga yuboradi.

2. Har yili imtihonlar yakunlangandan soʻng bir hafta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)

1.3. Telefon raqami

1.4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchi oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2.1. Oliy taʼlim tashkiloti joylashgan davlat

2.2. Oliy taʼlim tashkilotining nomi

2.3. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi shifri va nomi

2.4. Taʼlim shakli

2.5. Tamomlagan kursi

2.6. Akademik maʼlumotnoma (Transkript) hujjati

III. Ariza beruvchi oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

3.1. Oliy taʼlim tashkilotining nomi

3.2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Taʼlim shakli

3.4. Taʼlim tili

3.5. Test topshirish hududi

3.6. Milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlganda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini respublika oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Yagona interaktiv davlat

xizmatlari portali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

№ 5039-465d-9ede-77c2-db58-6352-6287

Hujjat yaratilgan sana: 2025-10-10

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 31232341234521

XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARIDAN OʻQISHNI DAVLAT OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARIGA KOʻCHIRISH BOʻYICHA IMTIHON NATIJASI

Javoblar varaqasi raqami 000000

Talaba (nomzod) F.I.O.: _____________________________________________________________________

Oliy taʼlim tashkiloti: _______________________________________________________________________

Taʼlim yoʻnalishi: __________________________________________________________________________

Taʼlim shakli: ________________ Taʼlim tili: ________________ Tamomlagan kursi: ___________________

Jami toʻplagan balli: ________________________________________________________________________

Mazkur taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan oʻtish balli: ____________________________________________

Talab bajarilgani: ___________________________________________________________________________

Imtihon sanasi: ____________________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

1669

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilovaning 48-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan abituriyentlarning ikkinchi marta mazkur taʼlim bosqichida davlat granti asosida oliy taʼlim olishiga ruxsat etilmaydi. Bunda abituriyentning davlat granti asosida talabalikka qabul qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimi orqali real vaqt rejimida olinadi va ular davlat granti uchun tanlovda ishtirok etmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-ilovaning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) toʻgʻrisidagi arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 09/26/299/0593-son)