Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2800-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshidan qonuniy foydalanish tartibi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, davlat organlarining ijobiy imijini yanada mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2800-son qarorining 3-bandida:
(a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harbiy xizmatchi yoki tegishli vazirliklar, idoralar va muassasalarning xodimlari boʻlmagan shaxslarning tasdiqlangan harbiy va idoraviy formali kiyimni, shu jumladan, ushbu formali kiyimlarning farqlovchi belgilari va (yoki) ramzlariga ega formali kiyimni kiyishi qatʼiyan man etiladi”;
(b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tasdiqlangan namunadagi harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh elementlari bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan farqlovchi belgilari va ramzlariga ega boʻlgan formali kiyim-boshni nodavlat tashkilotlar tomonidan joriy etish va ulardan foydalanish taqiqlanadi”;
(v) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-iyun,
PQ-222-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 07/26/222/0592-son)