1-ILOVA
T/r | Asosiy vazifalar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼul vazirlik va idoralar |
1. | Bino-inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino-inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlarini bitta bosqichda amalga oshirish maqsadida ular negizida Arxitektura va shaharsozlik talablarini belgilash davlat xizmatini joriy etish. Mazkur talablarni bosh rejasi raqamlashtirilgan aholi punktlari boʻyicha inson omilisiz (avtomatik tarzda) shakllantirish. | Qurilish sohasida davlat xizmatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish: sohaga oid davlat xizmatlari koʻrsatish (jumladan, loyiha hujjatlarini kelishish) muddatlarini keskin kamaytirish, ayrim jarayonlarni maqbullashtirish va inson omilini qisqartirish; sohaga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish qoidalari, tartib-taomillar, talablar va jarayonlar yuzasidan aholiga va tadbirkorlik subyektlariga sunʼiy intellekt orqali maslahat berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish; viloyat va tuman (shahar) bosh arxitektorlarining oʻrni va maqomini oshirish, ularning faoliyatiga oid yangicha standartlar (tartib-taomillar)ni belgilash hamda hududiy tizim rahbarlari faoliyatini baholash boʻyicha yangi tartibni joriy qilish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Samadov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. | Texnik shartlarni “bitta ariza — bir toʻlov — barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida berish. | 1. Tegishli muhandislik tarmoqlaridagi yuklamalar, mavjud zaxira va ulanish nuqtalari haqidagi maʼlumotlarni geografik axborot tizimi (GIS) shaklida raqamlashtirish. 2. Raqamlashgan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish. 3. Texnik shartlarni berish jarayonlarini toʻliq inson omilisiz tizimga oʻtkazish, bunda: yangi tizim asosida texnik shartlarni berish boʻyicha reglament (yoki yoʻriqnoma) loyihasini ishlab chiqish; reglament (yoki yoʻriqnoma)ning belgilangan tartibda tasdiqlash; tasdiqlangan reglament (yoki yoʻriqnoma) asosida texnik shartlarni berish boʻyicha texnik imkoniyatlar yaratish; texnik shartlarni berish tizimini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutish. | 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahrida, 2027-yil yakuniga qadar qolgan hududlarda | Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (Abduxakimov), Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Kudbiyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev), “Oʻztransgaz” AJ (Isakov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Suvankulov), Raqamli texnologiyalari vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi |
3. | Qurilishni boshlashga va foydalanishga ruxsat berishda ortiqcha talablarni qisqartirish. Shuningdek, pudrat tashkilotlarining natijaga qaratilgan faoliyatini ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Qurilishni boshlashga ruxsat berishda Inspeksiyaning “nazorat.mc.uz” platformasiga: Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “my.mehnat.uz” platformasini integratsiya qilish orqali qurilish obyektiga biriktirilgan mutaxassislarning mehnat shartnomalari va buyruqlarini; Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “sert.mc.uz” platformasini integratsiya qilish orqali qurilish qatnashchilarining malaka sertifikatlarini; Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasining “ekspertiza.mc.uz” platformasini integratsiya qilish orqali energiya tejovchi qurilmalar haqidagi maʼlumotlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish. 2. Qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsatnoma berishda Inspeksiyaning “nazorat.mc.uz” platformasini Bojxona qoʻmitasining “Yashil energiya” platformasiga integratsiya qilish orqali obyektlarga oʻrnatiladigan quyosh panellari haqidagi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish. | 2026-yil noyabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Adliya vazirligi (Tashqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Obyektlarni muddatidan oldin foydalanishga topshirilgan vaqtga mutanosib ravishda tender jarayonida pudratchi tomonidan kamaytirilgan summadan uni ragʻbatlantirish va qoʻshimcha reyting bali berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 4. Respublika boʻyicha sertifikat olgan texnik, mualliflik va ichki nazoratchilar roʻyxatini “Shaffof qurilish” MATda shakllantirish va ularni baholash (reyting) tizimini joriy qilish. Bunda nazoratchilarning ish samaradorligi pasayganda reyting ballarini kamaytirish; umumiy bali 55 foizdan kamaygan taqdirda, sertifikatini bekor qilish va sertifikat olish uchun qayta oʻqitish; | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | |||
baholash reytingida “aʼlo” natija qayd etgan nazoratchilarga faoliyatida ustuvorlik berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil oktabr | |||
4. | Loyihaning rejaviy tuzilishi (planirovka)da oʻzgarishlar mavjud boʻlganda, ushbu loyiha hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish jarayonida hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyotini bekor qilish. | Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yongʻin xavfsizligiga taʼsir qilmaydigan, quvvati va maqsadi oʻzgarmagan holda shaharsozlik norma va qoidalariga zid boʻlmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da oʻzgarishlar mavjud boʻlganda, ushbu bino loyihasini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish jarayonida loyiha hujjatlarini hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyotini bekor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori boʻyicha qurilish sohasiga bogʻliq tegishli malaka darajasiga (razryad) ega boʻlgan ishchilar sonidan kelib chiqib, qurilish-pudrat tashkilotiga qoʻshimcha reyting ballarini belgilash. | 1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori qurilish sohasi boʻyicha kasblar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil sentabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlarida tegishli malaka darajasiga (razryadga) ega boʻlgan ishchilar monitoringini yuritish (darajani tasdiqlovchi tegishli hujjat (sertifikat)lar mavjudligi asosida). | Har chorakda | |||
3. Monitoring natijalaridan kelib chiqib, tegishli malaka darajasi (razryad) mavjud boʻlgan ishchilar uchun qurilish-pudrat tashkilotiga qoʻshimcha ballarni belgilash (darajani tasdiqlovchi hujjat (sertifikat)larni tegishli tashkilotlarning axborot-dasturiy bazalaridan integratsiya yoʻli bilan olgan holda). | Doimiy | |||
6. | Qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga rioya etish tizimini takomillashtirish. | 1. Qurilish-pudrat tashkilotlarining qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi yoʻnalishidagi muhandislari va tashkilot rahbarlarini (direktor, direktor oʻrinbosari, bosh muhandis va b.) Kompetensiyani rivojlantirish institutida tashkil etiladigan “Qurilishda xavfsizlik texnikasi muhandisi” oʻquv kurslarida oʻqitish hamda muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga belgilangan tartibda maxsus sertifikat berishni yoʻlga qoʻyish. 2. “Qurilishda xavfsizlik texnikasi muhandisi” oʻquv kursi boʻyicha berilgan maxsus sertifikatni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilgan holda qurilish-pudrat tashkiloti uchun elektron reyting tizimida tegishli ball berish tizimini joriy etish. 3. Mehnat inspeksiyalari tuzilmalarida qurilishda xavfsizlik texnikasi (va madaniyati) boʻlinmalarini tashkil etib (umumiy shtat birliklari doirasida), ularga qurilishda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etmagan qurilish-pudrat tashkilotlari ustidan reyting ballariga nisbatan jarima qoʻllash boʻyicha taqdimnoma (iqtisodiy xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) kiritishni yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil yanvardan boshlab | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Bilim va malakani baholash agentligi (Karimov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) |
7. | Sohaga oid milliy normativlarni takomillashtirish va xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish. | 1. Temir-beton konstruksiyalarini loyihalash boʻyicha xalqaro tan olingan Yevrokodlarni joriy etish jarayonini yakunlash hamda uning samarali implementatsiyasi uchun 5 yil davomida bino va inshootlarning temir-beton konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashda muqobil normativ hujjat sifatida qoʻllash. | 2026-yil yakuniga qadar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Yongʻin xavfsizligi sohasida AQSH Milliy yongʻindan himoya qilish uyushmasi (NFPA)ning xalqaro tan olingan meʼyor va standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2026 — 2028-yillarda | |||
3. Parametrik talablarga va ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan milliy qurilish normalarini ishlab chiqish hamda ularni 2030-yilga qadar shaharsozlik normalari va qoidalariga muqobil normativ hujjat sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirish. | 2027-yil yakuniga qadar | |||
4. Qurilish materiallari, binolar va inshootlar, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarini toʻliq qamrab olgan holda ularning xavfsizligini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni ishlab chiqish. 5. Milliy qurilish normalari, shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar hamda xalqaro normativ hujjatlarning milliy ilovalarini mahalliy ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ishlab chiqish. | 2030-yilga qadar | |||
8. | Hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish maqsadida konsalting kompaniyalar vakolatini kengaytirish. | 1. Tashabbuskor konsalting korxonalarini “invest.gov.uz” platformasida vakolatli konsultant sifatida roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashish va ularni faoliyatidan hududlarda investitsiya jalb qilish hamda qurilish ishlarini tezlashtirish. | 2026-yil iyul | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
2. Vakolatli konsultantlar faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
9. | Vazirlik va tizim tashkilotlardagi davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlarni takomillashtirish. | 1. Sinov tariqasida yordamchi guruhidagi lavozimlar boʻyicha tuzilgan tanlov komissiyalari raisi etib tegishli departament, boshqarma boshliqlarini belgilash. 2. Tanlovlarning suhbat bosqichida tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodlarga qoʻyilgan ballarni sunʼiy intellekt orqali baholash tizimi ballari bilan taqqoslab, inson omilining taʼsirini tahlil qilib borish. 3. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov gʻolibi deb topilgan nomzodlar ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinishini majburiy qilib belgilash. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) Boshqaruv samaradorligi agentligi (Xusainov) |
10. | Loyiha-smeta hujjatlarida qurilishning normativ muddati belgilanmagan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliq solish obyekti deb hisoblash muddatlarini ularning murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash tizimini joriy etish. | Loyiha-smeta hujjatlarida qurilishning normativ muddati belgilanmagan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliq solish obyekti deb hisoblash muddatlarini ularning murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Soliq qoʻmitasi (Pulatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Davlat buyurtmachi xizmatlari tizimi faoliyatini raqamlashtirish, shuningdek. ushbu tizimni rivojlantirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish. | 1. Davlat buyurtmachi xizmatlari tizimi faoliyatini toʻliq raqamlashtirish va ularning faoliyatini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron kabinetlarida kuzatish imkonini yaratish. 2. Qurilish-taʼmirlash ishlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan obyektlarni moliyalashtirish manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, yangilash va avtomatik ravishda kelishish tizimini joriy etish. | 2026-yil yakuniga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Quyidagilar boʻyicha takliflarni (jumladan, tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hujjat loyihasini) Vazirlar Mahkamasiga kiritish: buyurtmachi xizmatlari xodimlarini ish haqini oshirish (3 baravargacha) va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish; buyurtmachi xizmatlarining rahbarlari, muhandislari, texnik nazoratchilari va boshqa masʼul xodimlari masʼuliyatini kuchaytirish hamda ularning faoliyati samaradorligini baholash yuzasidan KPI joriy qilish; obyektlarda yuzaga kelgan kamchilik va qoʻpol qoidabuzarliklar uchun pudrat tashkiloti masʼullari bilan bir qatorda texnik, mualliflik va davlat nazoratchilarining ham masʼuliyati va javobgarligini belgilash. | 2026-yil avgust | |||
12. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik sohasida iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish respublika markazi faoliyatini samarali tashkil etish. | 1. Markazni tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlarni (tuzilma, nizom va b.) tayyorlash va tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Markazning faoliyati tashkil etish, moddiy-texnika bazasini yaratish va saqlash xarajatlari uchun (daromad manbalari toʻliq shakllangunga qadar yoki ular tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan zarur miqdordagi mablagʻlar ajratish. | Doimiy | |||
13. | Oʻzboshimchalik bilan qurilish olib borishning oldini olish. | Hokimlar va ularning masʼul oʻrinbosarlari faoliyatini baholashning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) noqonuniy qurilishlar ulushini kamaytirish mezonini kiritish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yakuniga qadar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Boshqaruv samaradorligi agentligi (Xusainov) |
14. | Noqonuniy qurilishlarning barvaqt oldini olish choralarini koʻrish. | 1. Yerga oid huquq vujudga kelgan vaqtdan boshlab qurilishni amalga oshirishning qonunda belgilangan tartibiga rioya etish toʻgʻrisida ogohlantirish (eslatma) berish tartibini joriy qilish. Bunda yerga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni (auksion, oldi-sotdi shartnoma, kadastr) rasmiylashtirish jarayonida qurilishni boshlash tartibi toʻgʻrisida mulkdorga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali elektron ogohlantirish (eslatma) yuborish nazarda tutiladi. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov) “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ (Suvankulov) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Tursunov) |
2. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining “online-mahalla.uz” tizimini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish orqali mahallalarda hokim yordamchisi tomonidan hududdagi yangi qurilishlar haqida vakolatli organni tezkor xabardor qilish tartibini joriy etish. Bunda mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan oʻz hududlarida boshlangan yangi qurilishlar toʻgʻrisida vakolatli organni tezkor xabardor qilish tizimi yaratiladi. | 2026-yil noyabr | |||
3. Tegishli tuzilmalar va vakolatli shaxslarning faoliyat yoʻnalishlariga oid hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil oktabr | |||
4. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni tashqi muhandislik tarmoqlaridan (elektr, suv, yoʻl) uzib qoʻyishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
15. | Davlat va xususiy sinov laboratoriyalari faoliyatini yagona raqamli platformaga birlashtirish. | 1. Sinov laboratoriyalari boʻyicha yagona raqamli nazorat tizimini joriy etish: davlat va xususiy laboratoriyalarning sinov jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun “Shaffof qurilish” MATda yagona raqamli nazorat modulini yaratish. Obyektlarda oʻtkaziladigan laboratoriya sinovlarining turi va sonini belgilovchi sinov dasturini joriy qilish. Bunda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar akkreditatsiyadan oʻtgan barcha laboratoriyalar uchun obyektlardagi bajariladigan qurilish-montaj ishlarining har bir bosqichida oʻtkaziladigan sinovlarni standart sinov usullari asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi talablar belgilanadi. | 2026-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi (Sharipov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
2. Sinov dasturini belgilab beruvchi normativ hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | |||
3. Yaratilgan raqamli nazorat moduliga barcha laboratoriya sinovlari natijalarini kiritish orqali ulardan Inspeksiya nazorat tadbirlarida foydalanish imkonini yaratish. 4. Xorijiy davlatlarning koʻchma sinov laboratoriyalarini oʻrganib, Inspeksiyaga ham koʻchma sinov laboratoriyalarini sotib olish va foydalanish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
5. Ilgʻor xorijiy davlatlardan zamonaviy koʻchma sinov laboratoriyalarini olib kelish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish, bunda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatish. | 2026-yil avgust | |||
16. | Sohada korrupsiya holatlarini oldining olish va profilaktikasini amalga oshirish. | 1. Inspeksiyaning komplayens nazorat xizmati faoliyatida qurilish jarayoni ishtirokchilarining korrupsiyaviy xatti-harakatlarini erta aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” mexanizmini joriy etish va tasdiqlash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
2. Chorakda kamida bir marta “Sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazib borish. | Doimiy | |||
17. | Qurilish obyektlarida masofaviy davlat nazoratini amalga oshirish tizimini takomillashtirish, nazorat tadbirlariga sunʼiy intellektni joriy etish orqali shaffoflikni taʼminlash, inson omilini kamaytirish. | 1. Shaharsozlik sohasidagi normativ-texnik hujjatlarni takomillashtirish: amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarga qurilish maydonlarini majburiy tartibda videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; obyektning murakkablik toifasidan kelib chiqib, videokuzatuv tizimining texnik parametrlariga (PTZ, IP-kamera va boshqalar) qoʻyiladigan minimal talablarni belgilash; videokuzatuv va onlayn monitoring tizimini joriy etish boʻyicha yagona texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari tarkibiga videokuzatuv tizimini oʻrnatish xarajatlari kiritilishi majburiyligini belgilash. 3. Ekspertiza organlariga videokuzatuv tizimiga oid talablar inobatga olingan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish majburiyatini yuklash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali qurilishni boshlashga ruxsat berish jarayonlarida inson omilini kamaytirish. | Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborilgan arizalarni koʻrib chiqish jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishda toʻldiriladigan soʻrovnomadagi maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilib, nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, uni bartaraf etish boʻyicha avtomatik tavsiya berish nazarda tutiladi. | 2027-yil yanvar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsat berish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborilgan arizalarni koʻrib chiqish jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2027-yil iyul | |||
19. | Qurilish obyektlarida sifatsiz qurilish materiallari qoʻllanilishining oldini olish. | 1. Pudratchi tomonidan yuritiladigan kirish jurnalini “Shaffof qurilish” MATda raqamlashtirish orqali obyektga olib kiriladigan beton va poʻlat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda toʻldiruvchi elementlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini (sertifikat, pasport va boshqalar) elektron shaklda yuritish tizimini joriy qilish. Bunda obyektga olib kirilgan beton va poʻlat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda toʻldiruvchi elementlarning sifati oʻrganiladi. 2. Idoraviy normativ hujjat loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
20. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish. | Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish: obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish; qurilish obyektlarida texnik reglament va (yoki) standart talablari asosida ishlab chiqarilmagan binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini qoʻllaganlik uchun javobgarlikni belgilash; oʻzboshimchalik bilan toʻsiq konstruksiyalarga oʻzgartirish kiritgan va tutash yer uchastkalariga qurilma qurgan shaxslarga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri jarima qoʻllash boʻyicha javobgarlikni belgilash; ekspluatatsiya muddati ellik yildan oshgan koʻp kvartirali uy-joylarning ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilishni taqiqlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish; koʻp kvartirali uylardagi joylarni toifasini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish uchun qonunga zid ruxsatnoma bergan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash. | 2026-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Samadov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Suv yoʻqotilishi normalari miqdorini kamaytirish choralarini koʻrish. | 1. Suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan suv yoʻqotilishiga oid hisobotlarni raqamlashtirish hamda “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasiga integratsiya qilish. 2. Suv sarfi va yoʻqotishlari hisobini yuritishning aniq mexanizmlarini joriy qilish maqsadida suv inshootlari va asosiy tarmoqlariga (kirish, chiqish) elektron hisoblagichlar oʻrnatish ishlarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Suvankulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
22. | Oʻz binolariga ega boʻlmagan hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarini zamonaviy binolar bilan taʼminlash. | 1. Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining binoga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va taklif ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
2. Hududiy boshqarmalar uchun bino qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutish. | 2027-yil yanvardan boshlab | |||
23. | Bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalarda qurilish materiallarini yagona oʻlchov birligiga keltirish (konvertir) amaliyotini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi (Pulatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
24. | Loyiha-qidiruv, qurilish-pudrat va ekspertiza tashkilotlari faoliyatini inson omilisiz litsenziyalash va ruxsat berish tizimini joriy etish. | 1. “Litsenziya” axborot tizimi bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va boshqa tegishli axborot-dasturiy tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish: “Litsenziya” AT tomonidan talabgor tashkilotga oid maʼlumotlar (yuridik shaxsning toʻliq nomi, mutaxassislar haqidagi maʼlumotlar, tanlangan litsenziya toifasi va boshqalar)ni “Shaffof qurilish” MATga integratsiya orqali yuborish; “Shaffof qurilish” MATda arizalar inson omilisiz koʻrib chiqilib (zarur maʼlumotlarni tegishli axborot-dasturiy tizimlaridan integratsiya orqali olgan holda), natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorni talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuborish. 2. Loyiha-qidiruv, qurilish-pudrat va ekspertiza faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya va ruxsatga ega boʻlgan tashkilotlarning belgilangan talab va shartlarga rioya etishini inson omilisiz oʻrganish tizimini joriy etish. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi (Sharipov), Soliq qoʻmitasi (Pulatov) |
25. | Loyiha-qidiruv faoliyatini rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibini rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish texnik topshiriqlarni tayyorlash, loyiha ishlari qiymatini belgilash va mualliflik nazoratini yuritish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
26. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimini joriy etish. | Sohada uzoq yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitish va qayta tayyorlash tizimini Kompetensiyani rivojlantirish institutida joriy etish. Bunda ushbu dasturlarni amaliy koʻnikmalarga asoslangan holda tashkil etish (taʼlimning turli shakllarida) va belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom berish. | 2027-yildan boshlab | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi (Sharipov), tegishli vazirlik va idoralar |
27. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Toshkent shahar hududiy inspeksiyasini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida binolar ajratib berilishini taʼminlash. | Toshkent shahridagi boʻsh turgan binolarni aniqlash va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Toshkent shahar hududiy inspeksiyasini joylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov) |
28. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, ichimlik va oqova suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotiga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha natijadorlikni tahlil qilish. | 1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, ichimlik va oqova suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotiga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish holatini tahlil qilish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev), “Oʻztransgaz” AJ (Isakov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Suvankulov), Kadastr agentligi (Mirmaksudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tahlil natijalari asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish holati, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, mavjud muammolar hamda bu boradagi mutasaddi rahbarlarning masʼuliyatini tanqidiy muhokama qilish. 3. Tahlillar va muhokamalar yakunlari boʻyicha hisobotlarni, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu boradagi mutasaddi rahbarlar masʼuliyatini oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | |||
29. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirishni kengaytirish va byurokratiyani qisqartirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida xizmatlarini koʻrsatish va ruxsat berish jarayonlariga oid masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari (buyurtmachi xizmatlari, developerlar, loyiha va pudrat tashkilotlari) vakillari bilan uchrashuv va muloqotlarni tashkil etish. | 2026-yil davomida (har chorakda kamida bir marta) | Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Bosh prokuratura (Samadov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Kadastr agentligi (Mirmaksudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tegishli tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻtarilgan muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan aniq asoslangan takliflarni umumlashtirib, tizimini yanada takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirishni kengaytirish va byurokratiyani qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Muloqot va muhokama yakunlariga koʻra | |||
30. | Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy shtablar faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish. | 1. Respublika va hududiy shtablar faoliyatini tanqidiy muhokama qilish hamda uning faoliyat yoʻnalishlarining aniq chegaralarini belgilab olish. Bunda asosiy eʼtiborni toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar va parallel loyihalashtirish asosida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektlar smeta qiymatining asossiz oshib ketmaslik holatlariga qaratish. 2. Respublika va hududiy shtablar faoliyatini raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy qilish. Shuningdek, ularning topshiriqlariga oid bayonlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilish. | 2026-yil iyul | Bosh prokuratura (Samadov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Hududlarda avtomobil yoʻllari va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarida foydalaniladigan inert materiallarni (qum, shagʻal va b.) yaqin atrofdagi karyer va daryo (soy) oʻzanlaridan olish tartibini soddalashtirish. | Hududlarda avtomobil yoʻllari va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarida foydalaniladigan inert materiallarni (qum, shagʻal va b.) yaqin atrofdagi karyer va daryo (soy) oʻzanlaridan olish tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil iyun | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (Islamov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Tursunov), Ekologiya va iqlim oʻzgarishlari milliy qoʻmitasi (Abduxakimov) |
32. | Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlari (jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar) hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (koʻp kvartirali uy-joylar bundan mustasno) boʻyicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. | Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlari (jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar) hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (koʻp kvartirali uy-joylar bundan mustasno) boʻyicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan tartibni belgilash (tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish: qurilish-montaj ishlarini obyektning har bir bosqichi (qismi) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilgandan va Inspeksiya tomonidan roʻyxatga olingandan soʻng reja-grafik asosida boshlash; qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq olib borish jarayonlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida monitoring qilib borish; belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilinmagan taqdirda, obyektlarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish hamda mutasaddi shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini belgilash. | 2026-yil iyul | Bosh prokuratura (Samadov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
33. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida aholiga va tadbirkorlar uchun intellektual yordamchi vazifasini bajaruvchi platformani (sunʼiy intellekt tizimida) yaratish. | Soha uchun intellektual yordamchi vazifasini bajaruvchi “Shaffof AI” platformasini toʻliq ishga tushirish. Shuningdek, tizimdagi barcha tarqoq sunʼiy intellekt loyihalarini yagona platformaga birlashtirib, quyidagi asosiy yoʻnalishda faoliyat yuritishni taʼminlash: qurilish hujjatlarini intellektual tahlil qilish; fasadlar va qurilish maydonlarini avtomatik nazorat qilish; smeta hujjatlari va qurilish hajmlarini avtomatik hisoblash; fuqarolar va tadbirkorlar uchun 24/7 rejimida ishlovchi AI-maslahat xizmati. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
34. | Ruxsat beruvchi hujjatlarning va muhandislik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar muddatini murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash. | Ruxsat beruvchi hujjatlarning va muhandislik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar muddatini murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Suvankulov), tegishli vazirlik va idoralar |
35. | Bank kafolatini taqdim etish tizimini soddalashtirish. | Xalqaro tenderlarda ishtirok etish uchun oferentlarga (mahalliy loyihachi va pudratchi) tegishli tijorat bankidan bank kafolati taqdim etish tizimini tanqidiy tahlil qilib, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va avtomatlashtirish hamda talablarni yengillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | Markaziy bank (Ishmetov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norkulov) |
2-ILOVA
“ | |||||
4. | Inspeksiya tizimidagi sinov laboratoriyalarini toʻliq raqamlashtirish, ularni obyektlar konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini xalqaro standartlarga muvofiq toʻlaqonli sinovdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash. | 1. Sinov laboratoriyalarining ish faoliyatini, beriladigan sinov bayonnomalarini va barcha hisobotlarni raqamlashtirish. 2. Talab etiladigan uskunalar roʻyxatini shakllantirish. | Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025-yil sentabr | Inspeksiya (Eshquvvatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
3. Hududiy inspeksiyalarni zamonaviy sinov laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash. | 2026-2027-yillar | ||||
”. |