19.12.2025 yildagi SQ-290-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) 2025-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) 2025-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasini koʻrib chiqib, sohada bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring qilish asosida aniqlangan bola huquqlarining buzilishi holati yuzasidan 3 ta taqdimnoma, 2 ta ogohlantirish, 7 ta xulosa hamda 3 ta sud hujjati ustidan protest keltirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari yuzasidan 23 ta jinoyat ishi hamda 28 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir 54 ta qonunchilik hujjatiga takliflar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmaniga 2025-yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlardan kelib tushgan 530 ta xabarnoma nazoratga olinib, oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan hamda bola huquqlari buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil holatiga koʻra 81 253 nafar bola joylashtirishning muqobil shakllarida tarbiyalanayotgan boʻlib, shundan 6 585 nafari yetim, 5 290 nafari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan. Ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet elga ketganligi sababli 69 378 nafar bolaga vasiylik yoki homiylik belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy bolalar uyi soni 310 taga yetkazilib, ularda 608 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar Bola ombudsmanlari bilan olib borilgan hamkorlik natijasida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 115 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirgan 608 nafar (2024-yilda 208 nafar) shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani nomiga 1 934 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 2024-yilga nisbatan 84 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur murojaatlarning 355 tasi (18,4 foizi) shaxsiy huquq va erkinliklarga, 758 tasi (39,1 foizi) ijtimoiy huquqlarga, 48 tasi (2,5 foizi) iqtisodiy va ekologik huquqlarga, 773 tasi (39,9 foizi) boshqa masalalarga tegishli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning aksariyat qismi Toshkent shahri (470 ta), Surxondaryo viloyati (254 ta) va Toshkent viloyatiga (236 ta) toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning 509 tasi (26,3 foizi) ijobiy hal etilgan, 708 tasi (36,6 foizi) boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 573 tasi (29,6 foizi) tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni oʻrganish yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 1593 ta soʻrov kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmanining 35 ta shaxsiy qabuli tashkil etilib, unda 98 ta murojaat koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmanining tegishli buyrugʻi bilan Bola huquqlari boʻyicha vakilning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bola huquqlari himoyasiga oid 10 ta xalqaro tadbir tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targʻib qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, bola manfaatlari himoyasiga oid 2,3 mingga yaqin media-material eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyati natijalari yuzasidan 2 ta brifing tashkil qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlar yuzasidan 65 ta rasmiy bayonot bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi yuzasidan olib borilgan tahlillar sohada amalga oshirilgan muayyan ishlar bilan bir qatorda, eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan kamchilik va muammolar mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sudlar tomonidan bolaga nisbatan zoʻravonlikka oid 937 nafar shaxsga nisbatan 666 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilib, ushbu jinoyatlar oqibatida 781 nafar bola jabrlangan, shu jumladan, 30 nafari (2024-yilda 21 nafar) vafot etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaga qarshi qasddan odam oʻldirishga oid 19 ta jinoyat ishi (20 nafar shaxs tomonidan sodir etilgan) koʻrib chiqilgan boʻlib, 2024-yilga nisbatan bu koʻrsatkich 2 barobarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelib tushgan bolaga qarshi jinoyatlar toʻgʻrisidagi 235 ta maxsus xabarnomaning 37 foizi jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun 72 nafar ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada ruhiy nosogʻlom boʻlgan ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan zoʻravonlik holatlari sodir etilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarga ruhiy nosogʻlom shaxslarga nisbatan ota-onalik huquqini cheklash masalalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagani va tegishli tartibda tekshiruvlar oʻtkazilmagani, ularning ruhiy holati buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagani hamda davolash ishlari toʻliq taʼminlanmagani, shuningdek, bunday shaxslar haqida vasiylik va homiylik organlariga oʻz vaqtida xabar berilmagani sabab boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan bola bilan koʻrishish tartibini belgilash (5 693 ta), bolani oʻz tarbiyasiga olish (2 949 ta) hamda ota-onalik huquqini cheklash va ota-onalik huquqidan mahrum qilishga doir (1 355) koʻrilgan fuqarolik ishlarida ayrim hollarda bolaning eng ustun manfaatlari inobatga olinmasdan ona tarafi manfaatlariga ustunlik berilgan holda vaziyatga baho berish holatlari kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani nomiga kelib tushgan murojaatlarning 34 foizi (2024-yilda 32,6 foiz) taʼlim muassasalaridagi (shundan 28,9 foizi pedagoglar tomonidan) zoʻravonlik holatlariga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan pedagoglar tomonidan 44 ta tazyiq va zoʻravonlik holati aniqlangan. Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida bolalarga nisbatan zoʻravonlikka oid 14 ta holat qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida tergov hibsxonalarida voyaga yetmaganlarni joylashtirishda belgilangan meʼyorlarga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotgan qarovsiz bolalarga taʼlim berish boʻyicha jalb etilgan pedagog-xodimlar mehnatiga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash tartibining aniq belgilanmaganligi bu yerda saqlanayotgan bolalarning taʼlim olish huquqining cheklanishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 548 543 nafar maktab oʻquvchilaridan faqat 1 302 743 nafari (20 foiz) va 2 220 747 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilaridan atigi 337 747 nafari (15,2 foiz) profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha 403 ta shifokorlik, ulardan 141 ta oilaviy shifokor va 331 dan ortiq oʻrta tibbiyot xodimlari oʻrinlari vakant boʻlganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida 1 765 nafar bolalar ilk marotaba sil kasalligi bilan kasallangan va 100 000 aholining 0 — 17 yoshdagilarga nisbatan intensiv koʻrsatkich 13,3 ni tashkil qilib, 2024-yilga nisbatan 9,1 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil holatiga koʻra respublikada 8 nafar 17 yoshli bola giyohvandlik va 5 nafari (3 ta — 17 yosh, 2 ta — 16 yosh) zaharvandlik tashxisi bilan dispanser hisobida turganligi aniqlangan. Narkologiya muassasalarida voyaga yetmaganlarni davolash uchun alohida boʻlimlar tashkil etilmagani oqibatida ular katta yoshdagi narkologik bemorlar bilan birgalikda saqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida mahsulot yetkazib berilishi belgilangan boʻlsa-da, autsorser tomonidan mahsulotlarni kunlik taomnomada belgilanganidek yetkazib berilmaslik holatlari qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ayrim hududlardagi taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishi holatlari kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish toʻliq raqamlashtirilgan boʻlib, “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali boshqariladi. Ushbu axborot tizimida ayrim holatlarda navbati pastlab ketishi fuqarolarning eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinmagan nogironligi boʻlgan bolalar 22 329 nafarni tashkil etmoqda. Xususan, ularni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish darajasi boʻyicha Buxoro (75 foiz), Samarqand (76 foiz) va Xorazm (79 foiz) viloyatlarida koʻrsatkichlar boshqa hududlarga nisbatan pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida voyaga yetmaganlarning sogʻligʻini saqlashga oid 5 736 ta, taʼlim olishiga boʻlgan huquqlarini taʼminlashga doir 19 359 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish holatlarining sodir etilishi 2024-yilga nisbatan 78,6 foizga oshib, 375 tani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmaniga bolaning taʼminoti bilan bogʻliq 223 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 3 barobarga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alimentni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlagan 16 163 nafar shaxs maʼmuriy va 1 283 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar, davlat ijrochilari tomonidan qasddan boʻyin tovlab kelayotgan 3 960 nafar qarzdorning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilmaganini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turgan joyi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan 2 677 nafar qarzdorga nisbatan mahalliy va xalqaro miqyosda qidiruv eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2024-yilga nisbatan 7,1 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda 3 301 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan 2 584 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar tomonidan oldini olish mumkin boʻlgan 2 554 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, bunda qizlar ulushi 9 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-onalarning 70 271 nafari profilaktik hisobga olinib, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 26 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mazkur davrda voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning 224 845 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (2024-yilga nisbatan 27,3 foizga oʻsgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 370 ta holat bir yil davomida takror sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa masʼul shaxslar tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoi qoʻyish boʻyicha 5 792 ta holat aniqlanib, 2024-yilga nisbatan 267,5 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari majburiy tartibda Bola huquqlari boʻyicha vakil bilan kelishilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligi 2 ta hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 1 ta qonunchilik hujjati loyihasi Bolalar ombudsmani bilan kelishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga uning yigʻilishi muhokamasida koʻrib chiqish uchun 13 ta masala boʻyicha takliflar kiritilgan boʻlsa-da, ularni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan qaror qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Bolalar ombudsmanining mintaqaviy vakili tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisida har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruza taqdim etib borishi tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) 2025-yilda bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Bolalar ombudsmanining hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruzalar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan olib borilgan parlament nazorati, bola huquqlarining taʼminlanishini hamda himoya qilinishini monitoring qilish natijalari hamda bola huquqlariga taalluqli murojaatlar tahlili asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bolalarga nisbatan eng koʻp zoʻravonlik jinoyatlari sodir etilgan hududlarda oʻrganishlar olib borsin va natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida reja asosida davlat organlari va tashkilotlarning hayʼat yigʻilishlarida bolalarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar eng koʻp kelib tushgan hududlar hamda davlat organlari kesimida muammoli holatni bevosita joyiga chiqqan holda tanqidiy muhokama qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar hamda ularning qonuniy vakillari oʻrtasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni tushuntirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlaganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish ishlarini jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining bola huquqlarini taʼminlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar va xulosalar bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani soʻrovlariga oʻz vaqtida javob bermagan hamda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda kelishmagan davlat organlari masʼuliyatini oshirish yuzasidan Oliy Majlis palatalariga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish uchun ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda maʼlum qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola bilan koʻrishish, bolani oʻz tarbiyasiga olish hamda ota-onalik huquqini cheklash va ota-onalik huquqidan mahrum qilishga doir fuqarolik ishlarida sud organlari tomonidan bolaning eng ustun manfaatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilinishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy nosogʻlom shaxslarga nisbatan ota-onalik huquqini cheklash masalalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil davomida mazkur holatni takrorlaganlik, shuningdek koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa masʼul shaxslar tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, kichik hajmli bolalar uyi va oilaviy bolalar uylarini shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda foydalaniladigan dori-darmonlar bilan taʼminlash, bolalarni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, isitish tizimi bilan toʻliq jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov hibsxonalarida voyaga yetmaganlarni joylashtirishda belgilangan meʼyorlarga rioya etish yuzasidan tizimli ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda narkodispanserlarda voyaga yetmaganlarni katta yoshdagi narkologik kasalliklarga chalingan bemorlardan alohida davolash uchun voyaga yetmaganlar boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishi holatlarini oldini olish yuzasidan manzilli ishlarni tashkil etsin, xususan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun autsorser tomonidan mahsulotlarni kunlik taomnomada belgilanganidek yetkazib berilishini qatʼiy nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan sodir etilayotgan zoʻravonlik holatlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda bolalarni raqamli muhitdagi tazyiq, kiberbulling va boshqa turdagi raqamli zoʻravonliklardan, zararli axborotlardan himoya qilish, bunday holatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish boʻyicha taʼsirchan profilaktik chora-tadbirlar belgilasin hamda bolalar, ota-onalar va taʼlim muassasalari oʻrtasida raqamli xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan birgalikda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotgan qarovsiz bolalarga taʼlim berish boʻyicha jalb etilgan pedagog-xodimlar mehnatiga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash tartibini aniq belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida navbat shakllantirish va yuritish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish, fuqarolar murojaatlariga sabab boʻlayotgan texnik va tashkiliy omillarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin, shuningdek, navbat oʻzgarishlari boʻyicha ota-onalar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlash va ularning ruhiy holati buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan, ruhiy holati buzilgan ota-ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oilaning boshqa aʼzosi tibbiyot muassasasidan uyga chiqarilganda vasiylik va homiylik organini xabardor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda maktab oʻquvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini muntazam profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun moʻljallangan silni davolash muassasalaridagi sharoitni yaxshilash, silga qarshi preparatlarni doimiy ravishda kasalxonalarga yetkazib berish, davolash natijalarini tahlil qilish, baholash va davolash tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning psixologik holatini tizimli ravishda oʻrganish, ularning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish, psixologik koʻmakka muhtoj boʻlgan yoshlar bilan manzilli ishlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda profilaktik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda narkologiya muassasalarida voyaga yetmaganlar uchun alohida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda respublikada ftiziopediatr mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada (rezidenturada) davlat grantlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tibbiyot sohasida vakant boʻlgan joylarni soha mutaxassislari bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq undirish, bu borada davlat ijrochilarining shaxsiy masʼuliyati hamda javobgarligini kuchaytirish, ijro harakatlari ustidan taʼsirchan nazorat mexanizmlarini joriy etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan alohida manzilli reja asosida ishlashni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini tizimli olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga Bolalar ombudsmani tomonidan kiritiladigan bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruza hamda maxsus maʼruzalarni belgilangan tartibda muntazam koʻrib chiqish, ularda koʻtarilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Sogʻliqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalarini oʻrnatilgan tartibda Bolalar ombudsmani bilan kelishilishini alohida nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari Bolalar ombudsmani tomonidan monitoring natijalari yuzasidan kiritilgan axborot va takliflarni masʼul vazirlik hamda idoralar ishtirokida muhokama qilib borsin, zarur hollarda, qoʻmita eshituvlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakilining hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzalarini oʻz sessiyalarida eshitish va muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillarga murojaatlarning joylarga chiqqan holda koʻrib chiqilishida va bu borada samaradorlikni oshirishga har tomonlama koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-290-V-son