26.05.2026 yildagi PF-100-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes subyektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes subyektlari uchun soliq rejimini yanada qulaylashtirish, qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini soddalashtirish orqali aylanmalarni ochiqlash va biznesning oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) biznes oʻsishi uchun iqtisodiy va maʼmuriy qulayliklar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) asosiy soliq stavkalarini oshirmasdan shaffof soliq bazasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqamli servislar va soliq solishning adolatlilik tamoyiliga asoslangan xavfga yoʻnaltirilgan soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat, biznes, xodimlar, isteʼmolchilar, mahalliy budjetlar va investorlar manfaatlari muvozanatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Biznes oʻsishini ragʻbatlantirish va umumiy soliq rejimiga oʻtishni yumshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga oʻtish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki ming baravari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kichik va oʻrta biznesni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul toʻlovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy isteʼmolga realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda shu kunning oʻzida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini toʻlash tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qatʼi nazar, toʻlangan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer soligʻining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar birlashtirilsin va uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 000 metr kvadratdan koʻp boʻlgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllanmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soddalashtirilgan tartibni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasi boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar hamda yirik soliq toʻlovchilar mustasno) ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) foyda soligʻi stavkasi 0 foiz etib belgilanadi va soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) soliq solishning umumbelgilangan tartibida nazarda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va toʻlangan soliqning bir qismini qaytarib berish tartibi qoʻllanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qoʻshilgan qiymat soligʻining mavjud salbiy farq summasi hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mazkur tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish yoki uni qoʻllashdan voz kechish xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibidan umumbelgilangan tartibga oʻtilganda, soliq toʻlovchi bunday oʻtish sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar va uzoq muddatli aktivlar qoldiqlarining balans qiymatida hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini belgilangan tartibda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq qoʻmitasi bir oy muddatda elektron hisobvaraq-fakturalar va xarid cheklarida qoʻshilgan qiymat soligʻini 6 foizlik stavka boʻyicha hisoblash hamda uning alohida hisobini yuritish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasi faqat ushbu soliq toʻlovchilar hisobini yuritish maqsadida beriladi va taʼsir choralarini belgilashga asos boʻlib hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagilar bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini vaqtincha toʻxtatib turish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni majburiy tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi deb eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab soliq xavfi darajasi past boʻlgan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qaytarishda (qoplashda) inson omili ishtirokidagi joriy amaliyotdan voz kechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) soliq toʻlovchida mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar hosil boʻlgan hamda kelgusida hosil boʻladigan 10 million soʻmgacha qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha salbiy farq summalari ularning arizasi talab etilmagan holda avtomatik tartibda qaytarib beriladi. Ushbu summani qoplab berish bilan bogʻliq soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-oktabrga qadar elektron hisobvaraq-fakturalar va soliq hisobotining xavf darajasini real vaqt rejimida baholash natijasida qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini avtomatik tarzda qaytarish (qoplash) amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kichik biznes subyektlariga maʼmuriy yukni kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik biznes subyektlariga soliq organlarining “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlarini mustaqil tuzatish imkoniyati berilib, quyidagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soliq xavfi summasi besh yuz million soʻmgacha boʻlganda — soliq auditi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) soliq xavfi summasi yuz million soʻmgacha boʻlganda — sayyor soliq tekshiruvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq qoʻmitasi 2026-yil 1-iyuldan boshlab kameral soliq tekshiruvi talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilganda soliq toʻlovchilarning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni faollashtirish jarayonini toʻliq avtomatlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmon norma va qoidalari, agar ularning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, darhol kuchga kirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-100-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2026-y., 06/26/100/0543-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)