O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIDAGI O‘ZGARISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimi qisqartirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-noyabr,
465-son