Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON OLTIN QAZIB OLISh VA OLMOSGA IShLOV BERISh KORXONALARI (“OʻZOLMOSOLTIN”) UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 145-sonli “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi tugatilsin.
2. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi;
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi tomonidan Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, bitimlar va unga tegishli mol-mulklar boʻyicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasida xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 53 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 2 nafar oʻrinbosari boʻlishiga rozilik berilsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablagʻ bilan taʼminlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzolmosoltin” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
uyushma taʼsischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma aʼzolarining — mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
5. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1994-1995-yillarda davlat korxonalarining mulkchilik shakllarini qonun bilan belgilangan tartibda oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzolmosoltin” uyushmasiga uyushma aʼzolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin, shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustav ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzolmosoltin” uyushmasi korxonalarining barcha mahsulotlari davlat ehtiyojlariga yetkazib berilishini hisobga olib, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish tamoyilidan kelib chiqadigan vazifalarni soʻzsiz bajarish, 1994-yildan boshlab har yili belgilangan tartibda “Oʻzolmosoltin” uyushmasiga ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash maqsadida savdo va ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun tozalangan mis, rux, qoʻrgʻoshin ajratishni nazarda tutsin.
8. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi bir oy muddatda Chodak oltin qazib olish konining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish va Oltinkon ishchilar shaharchasining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Chodak oltin qazib olish konining balansida boʻlgan ijtimoiy infrastruktura muassasalarini uy-joy fondi bilan birgalikda belgilangan tartibda Namangan viloyati hokimligiga bersin.
Namangan viloyati hokimligi qayd etilgan obyektlarni qabul qilib olsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Namangan viloyati hokimiyati bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni saqlash uchun 1994-yildan boshlab zarur mablagʻlar ajratish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasidagi oʻrnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “Oʻzolmosoltin” uyushmasida saqlab qolsin.
10. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi Toshkent shahar, Toʻraqoʻrgʻon tor koʻchasi, 26-uyda joylashgan.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi masalalari toʻgʻrisida” 1991-yil 19-sentabrdagi 238-9-son va “Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-sentabrdagi 238-9-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 273-18-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-mart,
150-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzolmosoltin” uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
1. Angren oltin qazib olish koni.
2. “Zarnitsa” oltin qidiruvchilar arteli, Angren shahri.
3. Chodak oltin qazib olish koni, Namangan viloyati.
4. Kauldi oltin qazib olish koni, Toshkent viloyati.
5. Marjonbuloq” oltin qazib olish koni, Jizzax viloyati.
6. Zarmitan oltin qazib olish koni, Samarqand viloyati,
7. “Olmos” zavodi, Toshkent viloyati.
8. Yangiobod xoʻjalik hisobidagi “Chilten” korxonasi, Toshkent viloyati.
9. “Qizilqum” oltin qidiruvchilar arteli, Toshkent shahri.
10. “Oʻzmetallurgshaxtakovlash” tresti, Toshkent shahri.
11. Ijarachilar tashkiloti “Oʻzranglimetallenergiya” maxsus tresti, Toshkent shahri.
12. Oʻzbekiston ixtisoslashgan montaj-sozlash boshqarmasi, Olmaliq shahri.
13. Oʻzbekiston ixtisoslashgan tuzatish-qurilish boshqarmasi, Olmaliq shahri.
14. “Oʻzranglimetall” ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent shahri.
15. Xoʻjalik hisobidagi “Oʻzbekoltintaʼminot” firmasi, Toshkent shahri.
16. “Oʻzbekoltinishchitaʼminot” savdo-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
Izoh: Taʼsischilari uyushma aʼzolari — birlashmalar va korxonalar boʻlgan ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalariga, qoʻshma (shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi) korxonalarga kiruvchi korxonalar ham uyushma aʼzolari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va mahsulot marketingi boshqarmasi
Iqtisodiy tahlil, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boshqarmasi
Xavfsizlik texnikasi va ekologiya boʻlimi
Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi
Moliya, hisob va hisobot boʻlimi
Investitsiyalar boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
Birinchi boʻlim
Keyingi tahrirga qarang.