Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“JAR” SPORT-SOGʻLOMLASHTIRISH KOMPLEKSINI TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGINING KAPITAL QURILISH BOSH BOSHQARMASI BALANSIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI BALANSIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Aholi oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, shuningdek kompleksning sport va moddiy-texnika bazasini xalqaro talablarga mos yuqori darajada saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilishi tugallangan “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi obyektlari Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish bosh boshqarmasi balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin berilsin.
2. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksini qabul qilib olish va topshirish boʻyicha qoʻshma komissiya tashkil etsinlar.
3. “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksini saqlash va unga xizmat koʻrsatish uchun xodimlarning umumiy soni 150 nafardan iborat etib tasdiqlansin, shu jumladan 75 nafari — ichki ishlar organlari va ichki qoʻshinlar boʻyicha xodimlarning umumiy soni doirasida; 75 nafari — respublika budjeti mablagʻlari hisobiga saqlangan holda qoʻshimcha ravishda ajratiladi (ilova qilinadi).
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat sport qoʻmitasi bilan birgalikda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksiga sarflanadigan xarajatlarni 1998-yil uchun tasdiqlangan mablagʻlar doirasida amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999 va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga budjet mablagʻlarini belgilashda “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlarni hisobga olsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-iyun,
271-son
“Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksini saqlash va unga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan
SHTATDAGI XODIMLAR SONI
| |
Hammasi |
Budjet |
Ichki ishlar vazirligi xodimlari soni hisobiga |
| Hammasi |
150 |
75 |
75 |
| ulardan: | | | |
| katta va kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchilar |
25 |
25 |
— |
| kichik va oddiy boshliqlar tarkibiga kiruvchilar |
50 |
50 |
— |
| ishchi va xizmatchilar |
75 |
— |
75 |