Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2024 23.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 579
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning o‘rinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 2-noyabr 58-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBIning MILLIY STANDARTI 17-SON BHMS
KAPITAL QURILISHGA OID PUDRAT SHARTNOMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrda 579-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3533, 23.07.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STANDARTNING MAQSADI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu standartning maqsadi qurilish pudrati shartnomalari bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning buxgalteriya hisobi uslubiyatini belgilashdan iborat. Pudrat shartnomasi bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning taqsimlanishi pudrat shartnomalarini hisobga olishdagi asosiy masalasidir, chunki pudratni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi muddatlari odatda har xil hisobot davrlariga to‘g‘ri keladi. Pudrat shartnomasi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda daromadlar va xarajatlar sifatida aks ettirilishi lozim bo‘ladigan paytni belgilash uchun ushbu standart moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish qoidalarida (BHMS “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” BHMSi) belgilangan mezonlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DOIRASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu standart kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari bo‘yicha natijalarni tayyorlash va moliyaviy hisobotga kiritish maqsadida pudratchilar tomonidan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur standart o‘z ehtiyojlari uchun kapital qurilishni amalga oshirayotgan (xo‘jalik hisobi usuli) subyektlar — quruvchilarga taalluqli emas, chunki ular bunday faoliyatdan daromad olmaydilar, ular qilgan xarajatlarning hammasi esa kapitallashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUSHUNCHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu standartda foydalaniladigan tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi (keyingi o‘rinlarda “Qurilish pudrati shartnomasi”) — ushbu shartnomaga asoslanib pudratchi, buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra qurilish ishlarini bajarish majburiyatini tavakkal qilib zimmasiga oladigan, buyurtmachi esa bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va haqini to‘laydigan shartnomadir. Qurilish pudrati shartnomasi bir-biri bilan mustahkam bog‘langan yoki ularni loyihalash va ulardan foydalanish shartlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bitta obyektni yoki obyektlar guruhini qurish maqsadida tuzilishi mumkin. Bundan tashqari, qurilish pudrati shartnomalariga obyektlarni qurish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish ishlari kiritilishi mumkin (ya’ni qurilayotgan obyektlar rahbariyatining va me’morlarning xizmatlari va h.k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan narxdagi qurilish pudrati shartnomasi — ushbu shartnomaga ko‘ra taraflar qurilish ishlarining belgilangan narxiga (qiymatiga) yoki o‘zgaruvchan narx haqida qayd etgan holda bajarilgan ishlar birligining belgilangan stavkasiga rozilik bildiradigan shartnomadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan narx bo‘yicha qurilish pudrati shartnomasi — ushbu shartnomaga ko‘ra qurilish ishlarini bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan buyurtmachi yo‘l qo‘yadigan miqdordagi haqiqiy xarajatlar, shu jumladan shartnomada qayd etilgan mukofot puli bilan birga pudratchiga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OBYEKTLAR BO‘YICHA SHARTNOMALAR VA QURILISH PUDRATI SHARTNOMALARI GURUHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu standart talablari har bir qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan alohida qo‘llaniladi. Muayyan vaziyatlarda standartni pudrat shartnomasining yoki shartnomalar guruhining mohiyatini aks ettirish maqsadida bitta pudrat shartnomasining ayrim qismlariga nisbatan yoki pudrat shartnomasining butun bir guruhiga nisbatan qo‘llanish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar bir necha obyektga bitta pudrat shartnomasi tuzilayotgan bo‘lsa, u holda har bir obyektning qurilishini alohida qurilish pudrat shartnomasi deb hisoblash kerak, agar quyidagi shartlar bajarilgan bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har bir obyekt bo‘yicha qurilish ishlarining shartnomaviy qiymatiga doir alohida taklif mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har bir obyekt bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa va pudratchida ham, buyurtmachida ham ayrim obyektlarni qabul qilish yoki qabul qilishdan bosh tortish imkoniyati bor bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daromadlar va xarajatlar har bir obyekt bo‘yicha aniqlash imkoniyati bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish pudrat shartnomasi buyurtmachining xohishiga qarab qo‘shimcha obyekt qurilishini ko‘zda tutishi yoki qo‘shimcha obyekt qurilishi bilan to‘ldirilishi mumkin. Qo‘shimcha obyekt qurilishini quyidagi hollarda alohida shartnoma deb hisoblash kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— obyekt dastlabki shartnomaga kiritilgan obyekt yoki obyektlar loyihasidan, texnologiyasi yoki vazifalari bilan tubdan farq qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qo‘shimcha obyekt uchun shartnomaviy qiymat dastlabki shartnoma bo‘yicha shartnomaviy qiymatni hisobga olmagan holda kelishilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISH PUDRAT SHARTNOMALARI BO‘YICHA DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pudratdan olinadigan daromad quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish ishlarining dastlabki shartnomaviy qiymatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shartnomani o‘zgartirishdan olinadigan daromadlar, e’tirozlar bo‘yicha daromadlar va rag‘batlantirish to‘lovlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilish pudrat shartnomasidan olinadigan daromad hisoblab chiqarish paytida joriy qiymat bo‘yicha belgilanadi. Kelgusidagi ishlarning natijalariga bog‘liq bo‘lgan ko‘zda tutilmagan har xil ishlar pudrat shartnomasidan olinadigan daromadning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish pudrat shartnomasining o‘zgarishi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lgan o‘zgarishdir.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zaro e’tirozlar (da’volar) bo‘yicha daromadlar pudratchi pudrat shartnomasini buzgan buyurtmachidan olmoqchi bo‘lgan mablag‘lardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Rag‘batlantirish to‘lovlari pudrat shartnomasida belgilangan ishlarni bajarganda yoki oshirib bajarganda pudratchiga to‘lanadigan qo‘shimcha summalardir. Rag‘batlantirish to‘lovlari hisoblash usuli bilan daromadga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISH PUDRAT SHARTNOMALARI BO‘YICHA XARAJATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish ishlariga taalluqli bo‘lgan va pudrat shartnomasi bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma qiymatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan bilvosita xarajatlar (qo‘shimcha sarflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shartnoma shartlarida xarajatlarini qoplash qayd etilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari singari qurilish pudrat shartnomasi shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan qoplanadigan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pudrat shartnomasi bo‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi (masalan, pudrat shartnomasi shartlarida qoplanishi qayd etilmagan ma’muriy xarajatlar, tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari, sotish xarajatlari va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISH PUDRATI SHARTNOMALARI BO‘YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLARNING E’TIROF ETILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Daromadlar va xarajatlarni buxgalteriya balansini tuzish sanasiga pudrat bo‘yicha qurilishni yakunlash darajasini hisobga olgan holda daromadlar va xarajatlar sifatida e’tirof etish kerak (ya’ni pudrat bo‘yicha ishlarni yakunlash foiziga tayangan holda). Daromadlar va xarajatlar ular paydo bo‘lgan hisobot davrlarida e’tiborga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilangan narxdagi qurilish pudrat shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganda baholanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy daromad aniqlash mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudratchi iqtisodiy foyda olsa;

— qurilish ishlarini bajarish xarajatlarini va foizini aniqlash hamda buxgalteriya balansiga kiritish mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudrat shartnomasi bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni smeta me’yorlari bilan qiyoslash mumkin bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Shartnoma narxdagi” qurilish pudrat shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganda baholanishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudratchi iqtisodiy foyda olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish ishlarini bajarish xarajatlari va foizini aniqlash va buxgalteriya balansiga kiritish mumkin bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha daromadga kiritib bo‘lingan va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirib bo‘lingan mablag‘ni olish paytida noaniqlik yuzaga keladigan bo‘lsa, u holda to‘liq olinmagan mablag‘ yoki olish ehtimoli yo‘qqa chiqqan mablag‘ qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha daromad miqdorini tuzatish sifatida emas, balki xarajat sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishlar foizi shartnoma turiga qarab quyidagi usullarda o‘lchanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— muayyan sanaga bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha xarajatlar miqdorini shartnoma bo‘yicha umumiy smeta xarajatlariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— nazorat o‘lchovini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarning jismoniy (fizik) qismini yakunlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachidan olingan oraliq to‘lovlar va bo‘nak to‘lovlari bajarilgan ishlar darajasini aks ettirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha natijani ishonchli tarzda aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daromad pudrat shartnomasi bo‘yicha qilingan chiqimlar qoplanishi ehtimoli bo‘ladigan darajadagina e’tirof etilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish bo‘yicha xarajatlar ular haqiqiy qilingan davr mobaynida boshlang‘ich hisob-kitob ma’lumotlari bo‘yicha xarajatlar sifatida e’tirof etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MO‘LJALDAGI ZARARLARNING E’TIROF ETILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Umumiy xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha daromadlardan oshib ketgan hollarda mo‘ljaldagi zararlar mazkur hisobot davri xarajatlari deb e’tirof etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday zararlar miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlar boshlanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilish foiziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish pudratining yagona daromadi deb qabul qilinayotgan boshqa pudrat shartnomalari bo‘yicha kutilayotgan yalpi daromad summasiga bog‘liq bo‘lmagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YORITIB BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pudratchi quyidagilarni ochib oshkor qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hisobot davrida har bir qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha daromad miqdorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hisobot davrida e’tirof etiladigan qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha daromadni aniqlashda foydalaniladigan usullarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilish pudratining tugallanmagan shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilish bosqichi foizini aniqlashda foydalaniladigan usullarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish pudrat shartnomalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlarni baholash usullaridagi o‘zgarishlar ham hisobot davridagi va keyingi davrlardagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (3-BHMS) e’tirof etiladigan hisob-kitob baholashlaridagi o‘zgarishlar kabi ochib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisobot sanasiga tugallanmagan qurilish pudrat shartnomalari bo‘yicha pudratchi quyidagi axborotlarni oshkor qilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— haqiqiy qilingan chiqimlarning va e’tirof etilgan daromadning (e’tirof etilgan zararlarni chiqarib tashlagan holda) jami miqdorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oldindan to‘langan va olingan mablag‘ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ushlab qolingan summalarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pudratchi moliyaviy hisobotlarda quyidagilarni aks ettirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— buyurtmachilarning qurilish ishlari bo‘yicha debitorlik qarzlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— buyurtmachilarning qurilish ishlari bo‘yicha kreditorlik qarzlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALGA KIRITISH SANASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab amalga kiritiladi.