29.06.1998 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

XUSUSIYLASHTIRILADIGAN KORXONALARNING JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN TEKIN OLINGAN AKSIYALARIGA SOLIQ SOLISH MEXANIZMI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini joylashtirishni va jismoniy shaxslarning aksiyalar sotib olish bilan bogʻliq daromadiga soliq solishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda aksiyalarning bir qismi mehnat jamoasi aʼzolariga respublika Hukumatining tegishli qarori mavjud boʻlgan taqdirdagina tekin beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni tekin olish huquqiga mehnat jamoasi aʼzosi boʻlgan mehnat faxriylari va keksaligi yoki nogironligiga koʻra mazkur korxonadan pensiyaga chiqqan, unda kamida 10 yil ishlagan pensionerlar ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, mehnat jamoasi aʼzolariga tekin beriladigan aksiyalar qiymati jismoniy shaxslarning jami daromadiga kiritiladi va undan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq summasi bir oyda olingan daromad summasidan ortiq boʻlganda (xususiylashtiriladigan davlat korxonalarining tekin olingan aksiyalari qiymati chiqarib tashlangan holda) jismoniy shaxslar daromadidan soliq aksiyalar berilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida boʻlib-boʻlib undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar berish vaqtida xususiylashtirilayotgan korxona xodimlarining roʻyxatdagi tarkibida boʻlmagan pensionerlar tomonidan tekin olingan aksiyalar boʻyicha jismoniy shaxslar daromadidan soliq undirish davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad boʻyicha yillik deklaratsiyalar asosida jismoniy shaxslar daromadiga soliq solish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi aksiyadorlik jamiyatlarida tekin olingan aksiyalar mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida zarur darajada taqsimlanishiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga zid boʻlgan idoraviy normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasiga uning ulushini tekin berish xususida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. S. Hamidov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1998-y., 6-son, 22-modda)