Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
SQ-286-V-son