Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.06.1998 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 15.06.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATINI AKSIYADORLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlashtirish jarayonini samarali tashkil etish va rangli hamda qimmatbaho metallar qazib olish va ularni qayta ishlash ishlab chiqarishini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini quyidagi ulushlarda dastlabki joylashtirish nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51 foiz — davlat ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46,5 foiz —tender asosida xorijiy investorlarga sotiladigan ulush;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2,5 foiz — mehnat jamoasi aʼzolari ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga oid dastlabki hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tender komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalashtiriladigan mol-mulkini baholash, sotiladigan aksiyalar narxini belgilash va tayyorlangan tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun “Atlantik Galf Assoshieytes” (AQSh), “Independent Mayning Konsaltants. Ink” (AQSh) va “Patton Boggs” (AQSh) kompaniyalari guruhini jalb etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning bajarilishiga qarab koʻrsatilgan xizmatlarga uch bosqichda haq toʻlashni nazarda tutgan holda ishlarni bajarish uchun “Atlantik Galf Assoshieytes” (AQSh), “Independent Mayning Konsaltants. Ink” (AQSh) va “Patton Boggs” (AQSh) kompaniyalari guruhi bilan 10 kun muddatda kontrakt tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt imzolangan kundan boshlab ikki oy muddatda kompaniyalar guruhining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalashtiriladigan mol-mulkini baholash, sotiladigan aksiyalar narxini belgilash va tayyorlangan tender hujjatlari ekspertizasi yuzasidan ish natijalariga oid materiallarni tender komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 71-son qarori bilan tuzilgan tender komissiyasining yangilangan tarkibi (ilova* qilinadi) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 10-fevraldagi 71-son qarorining 3, 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son