Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻz normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. Xalilov
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
266-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 177-modda)