26.10.1998 yildagi 452-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.10.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI XARID QILISH VA SOTISH BOʻYICHA ULGURJI BOZORLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, ulgurji savdo tizimini takomillashtirish va isteʼmol bozorini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublikada paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan dondan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi ulgurji qishloq xoʻjaligi bozorlari (keyingi oʻrinlarda — “Ulgurji bozor” AJ) tarmogʻini tashkil etish haqidagi
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining Meva-sabzavot birlashmalarining Matlubotsavdo hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining tashkil etilayotgan Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatlariga muassislar sifatida kirishlari toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Ulgurji bozor AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, barcha viloyat markazlarida bittadan, zarur boʻlganda esa yirik shaharlarda ham mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari huzurida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar va yirik shaharlar hokimliklariga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari sifatida tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish tashkil etilishini taʼminlash;

sotuvchilar va isteʼmolchilarga qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini, uning sanitariya-veterinariya tahlilini, sertifikatsiyalashni, transportda tashishni, ortish-tushirish ishlarini, saqlashni, paketlarga joylash va markalashni tashkil etish boʻyicha kompleks servis xizmatlari koʻrsatish;

mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzishni tashkil etish, ulgurji bozorlardagi konyunktura, talab va takliflar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash;

xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash va ularga dastlabki ishlov berish boʻyicha ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek ularni mahalliy dehqon bozorlariga va eksportga yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ulgurji qishloq xoʻjaligi bozori toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom va Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud ulgurji bozorlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki ularni qurish yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslashlarning buyurtmachilari boʻlsinlar hamda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni xizmat koʻrsatuvchi bankka va boshqa tegishli idoralarga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan meva-sabzavot kombinatlarini ulgurji bozorlar sifatida qayta jihozlashning maqsadga muvofiqligi va mavjud ulgurji omborlar va sovutgichlardan foydalanish masalasini koʻrib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji bozorlar qurish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkalari ajratsinlar, shuningdek quriladigan ulgurji bozorlarning loyihalari ishlab chiqilishini va oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasinlar, loyihalarda mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek kompleks servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha boshqa obyektlar qurilishini nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ulgurji bozorlar shakllantirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ulgurji bozorlar qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda taqdim etilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin hamda ularning xarajatlarni qoplashi tasdiqlangan taqdirda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YETTB) va boshqa xalqaro va investitsiya institutlari bilan ulgurji bozorlar qurilishi uchun ularning kreditlaridan foydalanish haqidagi masalani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes-fondga ulgurji bozorlar qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalarini ustuvor tartibda koʻrib chiqish va qurilayotgan ulgurji bozorlarning ustav sarmoyalarini shakllantirishda oʻz mablagʻlari ulushi bilan belgilangan tartibda qatnashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligining, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining Toshkent ulgurji qishloq xoʻjaligi bozori aksiyadorlik jamiyati oʻzining asosiy vazifalaridan tashqari tashkil etilayotgan ulgurji bozorlar tizimida savdo, xizmat koʻrsatish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, xizmat koʻrsatish, xaridorlar va sotuvchilar, narxlar kotirovkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish, marketing va konsalting xizmatlari masalalari boʻyicha uslubiy markaz qoʻshimcha funksiyalarini bajarishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Oʻzdavstandart markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzavtotrans davlat korporatsiyasi ulgurji bozorlar huzurida axborot xizmatlari koʻrsatish, mahsulotlarning muvofiqligi va kelib chiqishi sertifikatlarini olish, transport xizmati koʻrsatish boʻyicha punktlar tashkil etishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aholini meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash tizimini tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda va tuman markazlarida meva-sabzavot mahsulotlari sotish uchun ixtisoslashtirilgan chakana savdo tarmoqlarini tiklash va tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish boʻyicha ulgurji bozorlar, chakana savdo tarmoqlari tashkil etilishini va ularning faoliyatini har chorakda tahlil qilsinlar hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ishlarini amalga oshirish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirishda unga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ulgurji bozorlar hamda meva-sabzavot mahsulotlarini chakana sotish tarmoqlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni kiritishni nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji qishloq xoʻjaligi bozori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ulgurji qishloq xoʻjaligi bozori qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari va isteʼmolchilarining ulgurji savdo, shu jumladan, mahsulotni sotishdan oldingi tayyorlash xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun aksiyadorlik jamiyati shaklida (keyingi oʻrinlarda “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati deb ataladi) tashkil etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari huzurida va yirik shaharlarda yuridik shaxs huquqi bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxs ulgurji bozorning muassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan oʻz ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ulgurji bozorlar faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun ular yirik shaharlar va transport uzellari yaqinidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tovar mahsulotni yirik isteʼmolchilarga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga yetkazib beradigan joylarda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozorning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishning mavsumiy xususiyati bilan uning bir maromda isteʼmol qilinishi oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun mahsulotlarni erkin belgilanadigan narxlar asosida sotish, mahsulotlarni konsignatsiyaga va sanoatda qayta ishlashga qabul qilish kabilar, isteʼmolchilarga esa ularning buyurtmanomalariga muvofiq yetkazib berish uchun sharoitlar yaratish “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilar va isteʼmolchilarga qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini, uning sanitariya-veterinariya tahlilini, sertifikatsiyalashni, transportda tashishni, ortish-tushirish ishlarini, saqlashni, paketlarga joylash va markalashni tashkil etish boʻyicha kompleks servis xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzishni tashkil etish, ulgurji bozorlardagi konyunktura, talab va takliflar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash va ularga dastlabki ishlov berish boʻyicha ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, ularni mahalliy dehqon bozorlariga va eksportga yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish (savdo maydonlari, omborxonalar, muzxonalar, mahsulotlarni qayta ishlovchi sexlar va boshqa obyektlar qurish)ga, ulgurji bozorlarga tutash hududlarni rivojlantirish (mehmonxonalar, ovqatlanish punktlari, transport toʻxtab turish joylari, yoʻllar, aloqa uzellari, tibbiy xizmat koʻrsatish joylari va shu kabilarni qurish)ga investorlar mablagʻlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash obyektlari va narxlar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli boshqaruv organlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari bilan ulgurji savdo qilishdagi ishlarning ahvoli toʻgʻrisida tahliliy obzorlar tayyorlash, uni rivojlantirish yuzasidan tavsiyanomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish sohasida ham, xizmat koʻrsatish sohasida ham kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ish joylari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻz mijozlarining talablarini qondirish maqsadida “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatlari oʻz hududlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilishni, sotishdan oldingi tayyorlashni, saqlashni, isteʼmolchilarga joʻnatish uchun turkumlashni hamda bozor qatnashchilariga axborot xizmati koʻrsatishni, fermerlar va dehqon xoʻjaliklarining buyurtmanomalariga koʻra qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tashish uchun transport berishni, mehmonxona xoʻjaligini, avtomobil toʻxtash joylarini, bank xizmatlari koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi zarur xizmatlar koʻrsatishni taʼminlovchi korxonalar qurishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozor qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish, isteʼmol qilish va ularni qayta ishlash sohasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qiluvchilar, shuningdek, bitishuvlar tuzishda zarur xizmatlar koʻrsatuvchi va bozor faoliyatiga xizmat koʻrsatuvchi bozor faoliyati infratuzilmalari muassasalari “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati qatnashchilari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatining har bir qatnashchisi bozorda savdo qilishning yagona qoidasiga rioya qilishi, bozorda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va vizual kuzatish uchun qulay hamda oʻz maqomiga muvofiq boʻlgan yagona namunadagi hujjat (ruxsatnoma, roʻyxatdan oʻtish kartasi va boshqalarga) ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ulgurji bozor qatnashchilariga ulgurji bozorga teng va erkin kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozorning funksiyalari, ulgurji savdoni amalga oshirishning asosiy prinsiplari va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Ulgurji bozor” AJ funksiyalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ulgurji oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilarga savdo seksiyalarini, muzxona kameralarini ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor hududini sanitariya jihatidan nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni sertifikatsiyalash va sanitariya-veterinariya jihatidan tahlil qilish xizmatlari faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelayotgan mahsulotlar hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni sudgacha yetkazmasdan hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va tovarbopligini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmati koʻrsatish, ortish-tushirish ishlari, tovarni sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning saqlanishi va savdo qatnashchilarining xavfsizligini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo qatnashchilariga bank xizmati koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga bojxona xizmati koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilarga va xaridorlarga maishiy xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorning zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ulgurji bozorda bozor qatnashchilari oʻrtasida erkin aloqalar bogʻlash taʼminlanadi, unda bitishuvlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kompleks xizmatlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ulgurji bozorlarda paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan dondan tashqari barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar) sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozorlar hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini katta sigʻimli idishlardan (konteynerlardan) va avtomashinalardan, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun oʻrash va joylash materiallarini (qutilar, xaltalar, yashchiklar va boshqalarni) sotishga yoʻl qoʻyiladi
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ulgurji bozordagi ulgurji savdolar quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni erkin tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor va sotuvchini erkin tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin narx belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan tovarlarni erkin tasarruf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ulgurji bozor xodimlari bitishuvlarni amalga oshirish, shuningdek savdolarni oʻtkazish jarayoniga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita aralashish huquqiga ega emaslar. Ulgurji savdo qatnashchilari aniq tovar seksiyalarida aniq savdolarga taalluqli boʻlmagan boshqa eʼlonlar qilishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishlab chiqaruvchilar (tovar sotuvchilar) tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikatlar (hujjatlar)ga ega boʻlishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridorlari eksport maqsadlari uchun “Oʻzstandart” agentligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ulgurji bozordagi tayinlangan vakillik xizmatidan tovarning muvofiqligi va kelib chiqishi sertifikatlarini olishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ulgurji bozorda naqd tovar bilan ulgurji bitishuvlar (toʻgʻridan-toʻgʻri, forvardli va konsignatsiyali bitishuvlar) tuziladi. Tovar uchun hisob-kitoblar shakli sotuvchi va xaridor tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorda faoliyat koʻrsatuvchi asosiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Ulgurji savdo” aksiyadorlik jamiyatiga ulgurji savdo jarayoniga koʻmaklashish maqsadida quyidagi xizmatlar faoliyati tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va sanitariya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot bilan taʼminlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tosh-tarozi xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ulgurji bozor faoliyatiga quyidagilar koʻmaklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart” markazi xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji bozor savdosini amalga oshirish uchun jihozlangan maydon va savdo seksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatini baholash uchun laboratoriya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash omborlari va konsignatsiya omborlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez buziladigan mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun sovutish kameralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomashinalar parki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomashinalar toʻxtash joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni sotishdan oldin tayyorlash va sanoat yoʻli bilan qayta ishlash sexlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji bozorni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish va uning xoʻjalik faoliyati “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ularga muvofiq ishlab chiqilgan taʼsis hujjatlari (ustavi)ga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatlari oʻzlari huzurida tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va yirik shaharlar hokimliklariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi