Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ROSSIYA FEDERATSIYASIDAGI ELChIXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 22 IYuLDAGI 339-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Elchixonaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʻ bilan taʼminlashni Elchixonaning tasdiqlangan xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshirsin.
Elchixona shtatdagi xodimlar soni oʻzgarishi munosabati bilan boʻshab qolgan asbob-uskunalar va jihozlarni zaruriyat boʻlganda sotsin.
Elchixona asbob-uskunalari va jihozlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, budjetdan ajratish nazarda tutilgan mablagʻlar tegishli ravishda qisqartirilgan holda, Elchixona sarf-xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda Elchixona xodimlari sonini tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 22-iyuldagi 339-son qarorining 2, 3, 4, 5, 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Tashqi ishlar vaziri A. Komilov va Moliya vaziri J. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 13-oktabr,
438-son
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi (Moskva shahri) Elchixonasi
ShTAT JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni |
Xodimlarning maoshi, elchining maoshi (700)ga nisbatan foizlarda |
Oylik maosh |
Bir yilgi ish haqi fondi |
|
Diplomatik tarkib: | |||||
| 1. | Elchi | 1 | 100% | 700 | 8400 |
| 2. | Maslahatchi (1), maslahatchi-vakil (1) | 2 | 85% | 1190 | 14280 |
| 3. | Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi | 1 | 85% | 595 | 7140 |
| 4. | Xoʻjalik-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi (ishlar boshqaruvchisi) | 1 | 85% | 595 | 7140 |
| 5. | Bosh konsul | 1 | 85% | 595 | 7140 |
| 6. | Birinchi kotib (“Jahon” axborot agentligi vakili) | 1 | 75% | 525 | 6300 |
| 7. | Birinchi kotib | 1 | 75% | 525 | 6300 |
| 8. | Ikkinchi kotib | 1 | 70% | 490 | 5880 |
| 9. | Uchinchi kotib | 1 | 65% | 455 | 5460 |
| 10. | Attashe | 1 | 60% | 420 | 5040 |
| | Jami: | 11 | | 6090 | 73080 |
| Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi: | |||||
| | Bosh buxgalter | | 70% | 490 | 5880 |
| | Kanselyariya mudiri | | 60% | 420 | 5040 |
| | Kotib-referent | | 60% | 840 | 10080 |
| | Katta referent | | 55% | 385 | 4620 |
| | Joyning oʻzida yoki xodimlarning oila aʼzolaridan yollanadigan xodimlar | | | 14795 | 177540 |
| | Jami: | | | 16930 | 203160 |
| | Hammasi: | | | 23020 | 276240 |
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-avgustdagi 374-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi (Moskva shahri) Elchixonasi xarajatlari
SMETASI
|
Xarajatlar moddalar raqamlari |
Moddalar nomi |
Xarajatlar summasi | |
|
AQSh dollari |
soʻm | ||
| 1. | Ish haqi fondi | 276240 | |
| 2. | Tibbiy sugʻurta yoki tibbiy yordam | 26294 | |
| 3. | Moddiy-xoʻjalik xarajatlari, shu jumladan: | 443644 | 40000 |
| | a) elchixona binosini va rezidensiyani saqlash xarajatlari | 95280 | |
| | b) turar-joy binolarini yollash va saqlash xarajatlari | 93440 | |
| | v) telefon faks, teleks oʻrnatish va abonent toʻlovi xarajatlari | 47856 | |
| | g) avtotransportni saqlash, sugʻurtalash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari | 30558 | |
| | d) kanselyariya va pochta-telegraf xarajatlari | 7200 | |
| | e) maʼlumotnoma adabiyotlar xarid qilish, davriy nashrlarga obuna boʻlish, chet tillarni oʻrganish xarajatlari | 13300 | 40000 |
| | j) kiyim-bosh — 601 AQSh dollari x 10 kishi | 6010 | |
| | i) xorijiy muassasalar va EXHT kotibiyati bilan elektron aloqani taʼminlash xarajatlari | 150000 | |
| 4. | Xizmat safarlari va xizmat yuzasidan chiqishlar | 25034 15360(*) |
6300 |
| 18. | Boshqa xarajatlar: | 16000 | 860000 |
| | a) vakillik xarajatlari | 16000 | 800000 |
| | b) tasvir yozilgan video va audio kassetalar sotib olish | | 60000 |
| | Jami: | 787212 AQSh dollari 15360 AQSh dollari (*) |
906300 sum |
Izoh: (*)
— mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada ajratiladi.
— mehmonxona xoʻjaligi xarajatlari oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi;
— ikki oylik muddat tugaguncha elchixonani mablagʻ bilan taʼminlash 1998-yilga tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.