Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NATO HUZURIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MISSIYASINI OCHISH HAQIDA
Yevroatlantika hamkorlik Kengashi va “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va NATO oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bryussel shahrida (Belgiya qirolligi) NATO huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Missiyasi taʼsis etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shtatning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1998-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Missiyaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya qirolligidagi elchisi NATO huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Missiyasi rahbari etib tayinlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-iyun,
237-son