Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Litvinova Olga Ivanovna (yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi etib saylansin hamda shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-aprel,
2015-V-son