Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASINING “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASIGA INVESTITSIYaLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy investitsiyalarni fond bozoriga jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Fayz” xolding kompaniyasining:
ikkilamchi emissiya aksiyalari chiqarish yoʻli bilan “Fayz” xolding kompaniyasining ustav fondini 129,2 mln soʻmgacha koʻpaytirish;
“Fayz” xolding kompaniyasining 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi aksiyalarini Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kompaniyaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yangilash uchun Xalqaro moliya korporatsiyasining 1900 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi ustavini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonasi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditini taʼminlash uchun berilayotgan garovni yiliga 0,2 foiz stavka boʻyicha sugʻurta qilishni taʼminlasin.
5. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ikki hafta muddatda “Fayz” xolding kompaniyasiga tegishli binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani haq undirmasdan bersin.
6. “Fayz” xolding kompaniyasi xorijiy investorlarga sotilayotgan aksiyalarning nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq hisobiga hosil boʻlgan foyda (daromad)dan soliq toʻlashdan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kredit bitimining amal qilish muddati davrida qoʻshilgan sarmoya ishlab chiqarishni yangilashga maqsadli foydalanilishi hisobga olingan holda, ozod qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining “Fayz” xolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritilsin va “Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan “Shahrisabzmebel” ochiq aksiyadorlik jamiyati 6-ilovadan chiqarib tashlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M. Z. Usmonov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 7-oktabr,
426-son