Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.05.1998 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZORLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN MANSABDOR ShAXSLARNING MASʼULIYATINI OShIRIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar joylardagi hokimliklar va bozor rahbarlarining loqaydligi tufayli Respublika Prezidentining “Bozorlarning faoliyatini tashkil etishni va aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 5-martdagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 5-martdagi 82-son qarori hamda “Bozorlardan foydalanishdan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom” ijrolari qoniqarsiz tashkil qilinganligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgaridek, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bozorlarida dehqon va fermyerlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotish uchun zarur sharoitlar yaratilmagan. Olibsotarlar, turli jinoiy tizimlar hamda bozorlar maʼmuriyati xodimlari va rahbarlarining oʻzlari tomonidan tovlamachilik, qonunsiz yigʻimlar, tazyiq oʻtkazish holatlari oʻrin olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot yetkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomalarni tuzish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarga olib kelish, saqlash va qoʻriqlash masalalari tashkil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan bozor rahbarlari lavozimlariga halol, sof vijdonli odamlarni tanlash masalalari oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Koʻpincha bu lavozimlarda oʻz mansabiga tekin boylik va daromad orttirish vositasi sifatida qarovchi tasodifiy odamlar qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar faoliyatidan tushadigan mablagʻ va daromadlar nazoratsiz tasarruf etilmoqda va oʻzlashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro, Andijon viloyatlari, Toshkent shahri bozorlarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish hamon paysalga solinib, chiqarilgan aksiyalarning koʻp qismi sotilmay qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Andijon viloyatlaridagi bozorlar rahbarlarining masʼuliyatsizligi oqibatida xoʻjaliklar, fermyerlar va aholi bilan fyuchers shartnomalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash sust amalga oshirilayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib-sotish, valyutafurushlik, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini gʻayriqonuniy sotish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarning kamayishiga hanuzgacha erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimi hamda Respublika Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va ularning joylardagi idoralarining yuqorida qayd etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorini bajarish, respublika bozorlarida zarur tartib oʻrnatish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin. Ular ishning ushbu sohasi uchun shaxsan masʼul ekanliklari haqida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar faoliyatini tashkil qilishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan tuman, shahar hokimlarini intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda dehqon bozorlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan komissiya tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarning layoqatsiz, nopok rahbarlarini oʻz vazifalaridan ozod qilish, ularning bozor maʼmuriyatlaridagi boshqa lavozimlarda qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarni obodonlashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini qishloq xoʻjaligi, chorvachilik mahsulotlari va boshqa keng isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash, bozor maʼmuriyatlari xodimlari oʻrtasida intizomni mustahkamlash yuzasidan qatʼiy choralar koʻrish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrilgan choralar haqida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Davlat soliq qoʻmitasi (V. Beganov)ga bozorlar faoliyatini tashkil qilish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qattiq choralar koʻrish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (S. Mirsafoyev), Oliy xoʻjalik sudi (M. Abdusalomov) bozor maʼmuriyatlari tomonidan mahsulot yetkazib berish haqida tuziladigan shartnomalarning sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 16-may.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son