Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOʻLOV BALANSINING DAROMAD QISMI TOʻLIQ VA OʻZ VAQTIDA TOʻLDIRILIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Eksportning prognoz hajmlari soʻzsiz bajarilishini, eksport-import tovarlarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq va ishonchli hisobga olinishini, xorijiy valyutadagi toʻlovlar oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyatning muddatli oylik Davlat statistika hisoboti joriy qilinsin:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi boʻyicha — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tashqi bozorga chiquvchi korxonalar tomonidan taqdim qilinadigan № 1-TIF (eksport-import) shakli;
eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta mablagʻlari harakati boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va vakolatli banklari tomonidan taqdim etiladigan № 1-TIF (valyuta) shakli.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tuzilgan eksport kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini oʻtkazish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bir hafta muddatda Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat statistika hisoboti shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomalarni hamda toʻlov balansi parametrlarini taqdim etish va shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Davlat bojxona qoʻmitasi, vakolatli banklar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar tashqi savdo faoliyati boʻyicha koʻrsatkichlar statistika organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Qayd etilsinki, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar, vakolatli banklar va Davlat bojxona qoʻmitasi rahbarlari statistika organlariga taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga eksport prognozi bajarilishi, valyuta tushumi tushishi va uning majburiy sotilishi oʻz vaqtida taʼminlanmaganligi uchun vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va vakolatli banklar rahbarlarining javobgarligini kuchaytirishga oid tuzatishlar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etiladigan operativ hisobotlar asosida vakolatli banklarning eksport-import operatsiyalarining amalga oshirilishi, xorijiy valyuta tushishi va bank mijozlari boʻlgan korxonalar tomonidan xorijiy valyutaning majburiy sotilishini nazorat qilishga doir ishlarini muntazam ravishda koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda shu yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va vakolatli banklar boʻyicha eksport-import operatsiyalari prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi va valyuta tushumi majburiy sotilishining har oylik monitoringini joriy qilsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda— 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishi va valyuta tushumi tushishi ustidan operativ nazorat qilish mexanizmini amalga oshirish maqsadida tashqi savdo axborot taʼminoti yagona elektron tizimini ishlab chiqsinlar va 1999-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
10. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va konsernlar rahbarlari 1999-yil uchun eksport dasturini va tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga buyurtmalar portfelini (shartnomalarni) shakllantirish uchun bir oy muddatda:
ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanilishini oʻrganib chiqsinlar va ishlab chiqarish tuzilmasini xilma-xillashtirish hamda korxonalarni mahsulotning eksportga yoʻnaltirilgan yangi turlarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish dasturini ishlab chiqsinlar;
mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hisobiga, shu jumladan xizmatlar eksporti hisobiga prognoz qilinayotgan yilga eksport hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xatlovdan oʻtkazsinlar;
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy va xalqaro bozorlar konyunkturasini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab, narxlar va ehtiyojlarni oʻrganib chiqsinlar hamda materiallarni prognozlashtirilayotgan yilga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmini shakllantirish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etsinlar.
11. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tuzilmasida, xodimlar soni doirasida, eksport va importning oʻrtacha va uzoq muddatli prognozlari ishlab chiqilishi va monitoringini, shuningdek uning bajarilishi tahlil qilinishini taʼminlovchi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil etuvchi boʻlinma tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 6-oktabr,
424-son
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini oʻtkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq va ishonchli hisobga olinishini taʼminlash;
tashqi savdo va bojxona siyosatini davlat tomonidan tartibga solish sohasida qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati organlarini axborot bilan taʼminlash;
davlat budjetiga toʻlovlar tushishini nazorat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tovarlar tashqi savdosi boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni toʻplash va qayta ishlash hamda maʼlumotlar bazasini shakllantirish davlat bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini toʻplash va uni qayta ishlash yagona uslubiyati asosida Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmatlarni eksport va import qilishni hisobga olish toʻlov balansi uslubiyatiga muvofiq davlat statistika hisoboti va maxsus statistik kuzatuvlari tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(muqaddimaning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Prognoz qilinayotgan yil uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti boʻyicha topshiriq tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, eksport qiluvchi korxonalarga va Markaziy bankka yetkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Moliya vazirligi tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining tasdiqlangan prognoz parametrlari asosida, valyuta balansi tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda choraklar boʻyicha taqsimlangan valyuta tushumini majburiy sotish yuzasidan topshiriqni Davlat soliq qoʻmitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, Markaziy bankka, vakolatli banklarga, vazirliklar va idoralarga (eksport qiluvchi korxonalar boʻyicha soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatgan holda) yetkazadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
3. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatgan holda korxonalar roʻyxatini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
4. Tasdiqlangan prognoz topshirigʻi asosida eksport qiluvchi korxonalar xorijiy sheriklari bilan eksport kontraktlarini tuzgandan soʻng ularni amaldagi qonun hujjatlariga binoan tegishli organlarda roʻyxatdan oʻtkazadilar va hisobga qoʻyadilar.
5. Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda (hisobot oyining 15-va oxirgi kunidagi holatga koʻra) oyning 1 va 16 kunida vakolatli banklarga 1-ilovaga* muvofiq tezkor hisobot beradi.
* 1-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan tovarlar bojxona rasmiylashtirilishida deklarantlar tomonidan toʻldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi maʼlumotlar Davlat bojxona qoʻmitasining hisobotini shakllantirishda dastlabki maʼlumotlar hisoblanadi.
Vakolatli banklar har oyda oyning 3 va 18-kunlarida (hisobot oyining 15- va oxirgi kunidagi holatga koʻra) Markaziy bankka va Davlat soliq qoʻmitasiga tezkor maʼlumotlar taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Markaziy bankka kelib tushuvchi axborotlarni muntazam tahlil qilish, tashqi savdo ahvolini tezkor prognoz qilishni taʼminlash uchun har oyning 6 va 21-kunlarida vakolatli banklarning 2-ilovaga* muvofiq umumlashtirilgan tezkor maʼlumotlarini Iqtisodiyot vazirligiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etish tavsiya qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar, invsetitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi eksport va valyuta tushumi boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlay ololmayotgan eksport qiluvchi korxonalar boʻyicha oʻn kun muddatda korxona tashqi savdo faoliyatini kompleks tahlil qiladilar va belgilangan hajmlarni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Tahlil natijalari eksport kontraktlarini bajarish intizomini oshirish va eksport salohiyatini yanada oshirish yuzasidan takliflar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksiga taqdim etiladi.
8. Vakolatli banklar toʻlovlarning oʻz vaqtida tushmasligi hollari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish uchun soliq organlariga axborot beradilar.