Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2025 02.10.1998 yildagi 417-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2025
Hujjat 02.10.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSIY VA TASHQI IQTISODIY XIZMATLARI UCHUN KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA- TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olayotgan bitiruvchilarini tanlov yoʻli bilan tanlab olish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining malaka amaliyotini oʻtash, shuningdek professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining stajirovkadan oʻtish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab jahonning yetakchi universitetlari bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti negizida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat test markazi (Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi) bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash maqsadida uni attestatsiyadan oʻtkazishning maxsus mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1998/1999 oʻquv yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat dasturlari uchun professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan talabalarning normativ nisbati 1 ga 6 etib belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning fuqarolarini oʻqitish qiymati, mablagʻ belgilangan tartibda toʻlangan holda, bir yilga 5000 AQSH dollari miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-son