Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2018 24.04.1998 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2018
Hujjat 24.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOChORLIGI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShI UChUN MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 4 MARTDAGI PF-1938-SON FARMONINING BAJARILIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARi HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartnomalar tuzish va ularni bajarilishining huquqiy asoslarini mustahkamlash tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi (Abdusalomov M. E.) mazkur tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar. Tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil 5-iyunda, keyinchalik esa — yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi va xoʻjalik sudlarida daʼvo qoʻzgʻashlari, shuningdek, shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida yoʻl qoʻyilgan zararni qoplashlari yuzasidan bir oy muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli taqdimnomalar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining mutaxassislarini jalb qilgan holda xoʻjalik shartnomalarini, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ularni bajarish masalalari yuzasidan rahbarlar va mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi seminarlarni muntazam ravishda oʻtkazsinlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari uchun yuridik maslahatlar berishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi hududiy boʻlinmalarining amaliyotiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining shartnomalar tuzilishini va bajarilishini nazorat qilish ishchi guruhi (Sultonov Oʻ. T.) vazirliklar, idoralar tizimida va respublika hududlarida mahsulot yetkazib berishga, eng avvalo eksportga mahsulot yetkazib berishga shartnomalar tuzilishi va ularning bajarilishi amaliy nazorat qilinishini hamda muntazam tahlil qilinishini taʼminlasin, paydo boʻluvchi masalalar va muammolar boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish, sanatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarni eʼlon qilish va mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish haqidagi qarorlarni eʼlon qilish uchun “Korxonalar sanatsiyasi va bankrotligi masalalari” maxsus xabarnomasi nashr etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.) Oliy xoʻjalik sudi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini taʼminlasin, bunda yuridik xizmatlar oʻrnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xoʻjalik sudlari qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2 va 3-ilovalarga muvofiq shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatida Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tuzilmalarida tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi korxonalarga shartnomalar, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalari tuzishda ularga muntazam ravishda huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatsinlar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarni shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, xoʻjalik sudlari qarorlari bajarilishi taʼminlanishiga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy taʼminlash maqsadida tuman va shahar hokimliklari apparati tuzilmasida shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida yurist lavozimi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan lavozimlarga yuristlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari bilan kelishgan holda tegishli hokimlik tomonidan tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli hokimga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boʻlinmasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 4-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-bandining uchinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladigan ishlar boʻyicha davlat bojlarini va jazo jarimalarini toʻlashdan davlat budjetiga tushadigan mablagʻlarning 15 foizi miqdoridagi ajratmalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirlik markaziy apparatining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining nizomini, tuzilmasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 24-aprel.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
24-apreldagi 177-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy
apparatining Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan
shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat
qilish boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t u z i l m a s i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Boshqarma boshligʻi‎

— 1‎

2.Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari‎

— 1‎

3.Bosh konsultant‎

— 2‎

4.Etakchi konsultant‎

— 1‎

5.Inspektor‎

— 1‎

Hammasi‎

— 6‎

(tasdiqlangan shtat jadvali doirasida)‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
24-apreldagi 177-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma
majburiyatlarining bajarilishini nazorat
qilish boʻlimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI VA XODIMLARI SONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalar‎

Boʻlim
‎boshligʻi‎
Bosh
‎konsultant‎
Katta konsultant‎

Hammasi‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

1‎

1‎

1‎

3‎

viloyatlar:

Andijon‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Buxoro‎

1‎

1‎

2‎

Jizzax‎

1‎

1‎

2‎

Navoiy‎

1‎

1‎

2‎

Namangan‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Samarqand‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Sirdaryo‎

1‎

1‎

2‎

Surxondaryo‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Fargʻona‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Qashqadaryo‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Xorazm‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Toshkent‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Toshkent shahri‎

1‎

1‎

1‎

3‎

Jami

14‎

14‎

9‎

37‎

(tasdiqlangan shtat jadvali doirasida)‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1998-y.,4-son, 17-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)