Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 20-maydagi 248-son qaroriga 1z-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi faoliyatiga mutasaddilik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industriyani rivojlantirish kompleksi (Oʻ. T. Sultonov)ga yuklansin.
Industriyani rivojlantirish kompleksi apparati tuzilmasiga qoʻshimcha ravishda 1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar yetakchi mutaxassis lavozimlari kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qarori 10-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:.
“Korporatsiya boshqaruvi raisi oʻz maqomiga, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra — vazirga, raisning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-sentabr,
398-son