1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBIL YONILGʻISI QUYISH SHOXOBCHALARINING ISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA ISTEʼMOLCHILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xoʻjaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan Namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning toʻgʻri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda 3 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan Tartibni oʻzlarining barcha tarkibiy tuzilmalariga va avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga yetkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mutasaddi oʻrinbosarlari boshchiligida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlari tashkil etsinlar, ularning tarkibiga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan va boshqa tegishli vazirliklar va idoralar viloyat boʻlinmalari vakillarini kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi guruhlari 1998-yil 1-oktabrgacha barcha avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini xatlovdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlasinlar hamda yuqorida koʻrsatilgan Tartib (1-ilova) talablariga muvofiq har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt, shu jumladan xorijiy va qoʻshma korxona boʻyicha litsenziyalar berish toʻgʻrisida qaror qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qoʻyiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari faqat ular bilan neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi oʻrtasida belgilangan shaklda (3-ilova) tuzilgan shartnoma asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining qurilishi faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ish tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablagʻlarini avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining taʼsis konferensiyalarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablagʻlar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari va boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi “Litsenziya 5 yil muddatga” soʻzlaridan keyin “neft mahsulotlarini sotish boʻyicha esa 3 yil muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʻi-moylash materiallarini sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTiBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib xalq xoʻjaligi va aholining neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq taʼminlash, ularni avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarida va moy almashtirish punktlarida (bundan keyin AYQSH deb ataladi) sotishda qoida buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish hamda xizmat koʻrsatish madaniyatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Tartib, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziya olish va bu faoliyatni amalga oshirish yuzasidan qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziya olish huquqiga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, neft mahsulotlari sotuvchi barcha yuridik shaxslar egadirlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zavodda idishga joylangan moy va moylash materiallari belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan avtoservis punktlari va avtomobil doʻkonlari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. LITSENZIYA OLISH UCHUN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHI, VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIKLARINING ISHCHI GURUHLARIGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Litsenziya berish yuzasidan ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼsis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari, AYQSH roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmasining AYQSHning xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomasi (xususiylashtirilgan AYQSHlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanoatkontexnazorat agentligi davlat qoʻmitasi boʻlinmasining AYQSHning qurilish normalari va qoidalari talablariga hamda Texnikaviy foydalanish qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yongʻindan saqlash nazorati hududiy organlarining AYQSHning yongʻindan saqlash talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar organlarining AYQSH binosi signalizatsiya asbob uskunalari, qoʻshqavatli eshik va seyf bilan jihozlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavstandart” markazi boʻlinmasining AYQSHning oʻlchov asboblari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi boʻlinmasining AYQSHning tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq organlarining nazorat-kassa apparatlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi hududiy korxonasining AYQSHdan texnikaviy foydalanish qoidalariga muvofiq yoʻriqnoma hujjatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bankning litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyasi (litsenziyani yozib berishdan oldin taqdim etiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NEFT MAHSULOTLARI SOTISH HUQUQINI BERUVCHI LITSENZIYA OLISH UCHUN AYQSHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Texnikaviy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. AYQSH amaldagi AYQSHdan texnikaviy foydalanish qoidalariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. AYQSH binosi, inshootlari, maydoni, shuningdek unga tutash hudud sanitariya-maishiy va yongʻindan saqlash talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. AYQSH joylashgan joy tegishli yoʻl belgilari bilan belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. AYQSH badiiy jihozlangan vitrinalar, reklama taxtalari, koʻrgazmali targʻibot vositalari, AYQSHning kimga tegishli ekanligi, ish tartibi, neft mahsulotlarining chakana narxlari haqidagi axborotlar, yaqin atrofdagi AYQSHning joylashish sxemasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AYQSH telefon aloqasi, ovoz kuchaytirgich va signalizatsiya (kuchli bong uruvchi qoʻngʻiroq) bilan taʼminlangan yoki idoradan tashqari qoʻriqlash pultiga ulangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. AYQSHda pullarning oʻgʻirlanishiga va AYQSH binosiga begona shaxslar ruxsatsiz kirishiga imkon bermaydigan choralar koʻrilgan (bittasi ikki tomondan tunuka bilan qoplangan qoʻshqavatli eshik, polga yoki devorga mahkamlangan, olovda yonmaydigan seyf, toʻsiqli derazalar va shu kabilar) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir yonilgʻi saqlanadigan rezervuar loyihada nazarda tutilgan asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlangan boʻlishi va unda rezervuarning tartib nomeri yozilgan, bazaviy balandligi (balandlik trafareti), saqlanayotgan neft mahsulotining markasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Neft mahsulotlarini qoʻyishga moʻljallangan har qaysi yonilgʻi va moy quyish kolonkasiga uning tartib nomeri hamda quyiladigan neft mahsulotining markasi yozib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har qaysi kolonka “Oʻzdavstandart” markazi organlari tomonidan tamgʻalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aholiga neft mahsulotlari naqd pulga albatta nazorat-kassa apparatlari qoʻllangan holda sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yongʻindan saqlash talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. AYQSH yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq yongʻinni oʻchirishning dastlabki vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak, Binolarda va AYQSH hududidagi barcha yongʻinni oʻchirish vositalari zudlik bilan qoʻllanish uchun doimo toʻliq soz va tayyor holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. AYQSH hududi qorongʻi (tungi) vaqtlarda mavjud normalarga muvofiq yongʻin vaqtida portlamaydigan yoritgichlar bilan yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. AYQSH operatorlari maxsus kiyim, poyabzal va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Momaqaldiroq paytida neft mahsulotlarini rezervuarlarga quyish va AYQSHda transportga yonilgʻi quyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Portlash xavfi boʻlgan joylarda ishlar uchqun chiqarmaydigan asboblar bilan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Atrof-muhitni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Neft mahsulotlarining bugʻlanishi, neft mahsulotlarining toʻkilishi, shuningdek avtotransportning ishlangan gazlari AYQSHda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. AYQSHda neft mahsulotlari bugʻlanishini kamaytirish uchun rezervuarlar va texnologik asbob-uskunalarni toʻliq texnikaviy soz holatda tutilishi hamda ularning zich berkitilgan holatda boʻlishini va quyish, oʻlchov qurilmalari, kuzatish va toʻkish huquqlarining zich yopilishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSH ishlab chiqarish va yomgʻir oqovalarini toʻplash uchun kanalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) AYQSH hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSH Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalari 10-bandiga muvofiq hujjatlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. AYQSHDA NEFT MAHSULOTLARINI QABUL QILIB OLISH, SAQLASH, SOTISH VA HISOBGA OLISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. AYQSHda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish davlat standartlariga hamda neft bazalarida va AYQSHda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Neft mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan shartnoma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuklab joʻnatish hujjatlari keltiriladigan neft mahsulotlarini qabul qilib olish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchasi tomonidan neft mahsulotlari respublika tashqarisidan (import boʻyicha) mustaqil ravishda keltirilgan taqdirda, toʻgʻri hisobga olishni taʼminlash maqsadida, mazkur AYQSHga “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tizimidagi neft bazalaridan neft mahsulotlari berish import boʻyicha keltirilgan mahsulotlar toʻliq sotilgungacha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Neft mahsulotlarini qabul qilish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sisternasining toʻkish qurilmasi nosoz boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat pasporti mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarida suv va mexanik aralashmalar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Neft mahsulotlarida kamomad aniqlanganda haydovchi (ekspeditor) va AYQSH operatori ishtirokida majburiy tartibda, belgilangan shaklda dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun neft bazasi rahbariyatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. AYQSHda neft mahsulotlarining keltirilishi va kirim qilinishi belgilangan shakldagi, nomerlangan, tikilgan va neft bazasining muhri bilan muhrlangan hisobga olish jurnalida nazorat qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yonilgʻi quyish kolonkalarining ishlashini nazorat qilish navbatchi operatorlar tomonidan, navbatchilikni qabul qilib olish va topshirish vaqtida AYQSH boshligʻi ishtirokida, neft mahsulotlarini quyish aniqligini namunaviy oʻlchagichlar yordamida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tafovut natijalari navbatchilik hisobotida qayd qilinishi kerak.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHI, VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIKLARINING LITSENZIYALAR BERISH MASALALARINI KOʻRIB CHIQISH BOʻYICHA ISHCHI GURUHLARINING FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi guruhlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchilik qiladilar. Uning tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tegishli boʻlinmalarining rahbarlari kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh, tushgan ariza va hujjatlarni uch kun muddatda koʻrib chiqadi, ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida protokol qarorlar qabul qiladi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak va u arizachiga yozma shaklda joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan ushbu Tartibning II boʻlimida koʻrsatilgan talablar bajarilmagan hollarda ishchi guruh, hujjatlarni puxta ishlash uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan protokol qaror asosida Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 3 yil muddatga litsenziyalar beradi. Bunda litsenziya egasi bankda eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach uning egasi ilgari olingan litsenziya muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlish uchun qayta roʻyxatdan oʻtishga majburdir. Barcha talablar bajarilgan taqdirda ishchi guruh, belgilangan miqdordagi tegishli bojni toʻlatgan holda, litsenziyani navbatdagi muddatga uzaytirish toʻgʻrisida protokol qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, AYQSH xodimlarini Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olish qoidalarining talablariga rioya etmaganlik, shuningdek AYQSHning yongʻindan saqlash va texnikaviy holati uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Neft mahsulotlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyatni amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qoʻyiladi, ularga shuncha miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. AYQSHLARNING NEFT MAHSULOTLARINI SOTISH BOʻYICHA BELGILANGAN TALABLARNI BAJARISHGA DOIR FAOLIYATINI NAZORAT QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Neft mahsulotlarini sotishda talablar bajarilishini nazorat qilish soliq organlari, ichki ishlar organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishchi guruhlari, shuningdek “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat AYQSHlari ishida qonunga zid xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, neft mahsulotlari qoldiqlarini qabul qilib olish — topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirgan holda, moddiy javobgar shaxslar almashtiriladi, xususiylashtirilgan va xususiy AYQSHlarda esa xuddi shunday tartibda, AYQSH moddiy boyliklari AYQSH egasining qaroriga koʻra belgilangan shaxslarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. AYQSH ishini tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar, yoʻriqnomalar va davlat standartlari talablarining bajarilmagani uchun ushbu AYQSHda neft mahsulotlarini sotish kamchiliklar toʻliq bartaraf etilmagungacha toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlangan taqdirda ham sotish ularning sifati tiklangungacha va “Oʻzdavstandart” markazi laboratoriyasi tomonidan yonilgʻi tarqatuvchi kolonkalar, belgilangan tartibda maʼmuriy choralar qoʻllangan holda, tekshirib koʻrilmagungacha toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nazorat organlari tomonidan AYQSH ishlarini tekshirish chogʻida AYQSH ishlari tegishli dalolatnoma tuzgan holda jamlovchi oʻlchagichlar koʻrsatkichlari olingungacha, yonilgʻi tarqatuvchi kolonkalardan quyiladigan yonilgʻi miqdorining toʻgʻriligi aniqlangungacha, neft mahsulotlarining haqiqiy qoldigʻi oʻlchangungacha, tekshirish uchun yonilgʻidan namuna olingungacha va naqd pullar hisoblab chiqilgungacha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilangan qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat AYQSH xodimlari qattiq intizomiy javobgarlikka tortiladi, zarur hollarda esa materiallar koʻrib chiqish uchun tergov organlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiylashtirilgan AYQSH faoliyatida qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda ularning ishlari toʻxtatiladi, ularga neft mahsulotlari yetkazib berish toʻxtatib qoʻyiladi, litsenziya esa bekor qilinadi. AYQSH egalarining yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlari uchun javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. NEFT MAHSULOTLARINI SOTISH HUQUQINI BERUVCHI LITSENZIYANI OLIB QOʻYISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir litsenziya egasi ushbu Tartibda bayon qilingan talablarni qatʼiy bajarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Litsenziyalar olib qoʻyilishiga sabab boʻluvchi qoida buzilishlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Tartibning II-V boʻlimlarida koʻrsatilgan normativ va yoʻriqnomalar talablaridan chekinish va ularni buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-transport hujjatlarisiz olingan neft mahsulotlarini qabul qilish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan standartlarga muvofiq boʻlmagan neft mahsulotlarini sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarini tegishli organlar qarorlari bilan tasdiqlanmagan narxlarda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarini nazorat-kassa apparatlaridan foydalanmasdan sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrsatib oʻtilgan qoida buzishlar aniqlangan taqdirda nazorat organlari vakillari, belgilangan tartibda choralar koʻrish bilan bir qatorda, ayni bir vaqtda ishchi guruhlarga litsenziyalarni olib qoʻyish sabablari asoslangan tegishli taqdimnoma kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy ishchi guruhlar taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqib, litsenziyani olib qoʻyish yoki aniqlangan kamchiliklarni uning egasi tomonidan bartaraf etish toʻgʻrisida protokol qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. MAZKUR TARTIBGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi va ularning toʻgʻri berilishi ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi 43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining nomi:
“Lochin-D” aksiyadorlik jamiyati
Toshkent shahar, Hamza tumani hokimligida 1997-yil 24-dekabrda 156-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. __________________________________________________________________
(organning nomi)
Yuridik manzili: Toshkent shahar,Ashrafiy koʻchasi, 125-uy
Xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisob-kitob raqami:
29-oktabrdagi 14-son protokol qarori asosida Toshkent shahar, Ogahiy koʻchasi, 5-uydagi “Lochin” AYQSH orqali_____________________________ __________________________________________________________________
(AYQSH nomi va manzili)
avtomobil benzin sotish huquqini beradi.
(faoliyat turi: avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi, moy va boshqalar sotish)
Litsenziya 2001-yil 1-noyabrgacha muddatga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Ushbu shartnoma Yetkazib beruvchi bilan Isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun asos hisoblanadi. Hisob-kitoblar toʻlov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Isteʼmolchi olinadigan neft mahsulotlari uchun Yetkazib beruvchining hisob-kitob schyotiga oldindan mablagʻlar oʻtkazish yoʻli bilan belgilangan tartibda haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Hisob-kitob schyotiga mablagʻlar kelib tushgach Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlari berish yuzasidan tegishli neft bazasiga yozma ruxsatnoma (topshiriq, bildirishnoma) joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. NEFT MAHSULOTLARINI SOTISH SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlarini operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda amalda boʻlgan ulgurji narxlar boʻyicha sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Neft mahsulotlari narxlari oʻzgargan taqdirda Yetkazib beruvchi Isteʼmolchini bu haqda oʻz vaqtida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Isteʼmolchi aholiga neft mahsulotlarini respublikada belgilangan chakana narxlar boʻyicha naqd pulga, toʻliq tushumni nazorat-kassa apparatlari orqali kirim qilgan va tasdiqlangan tartibga muvofiq albatta inkassatsiya qilgan holda sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Isteʼmolchining xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarida Yetkazib beruvchidan sotib olingan va boshqa manbalardan olingan neft mahsulotlarini ayni bir vaqtda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Isteʼmolchining xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish Yetkazib beruvchining maxsus avtotransporti bilan, kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan, yetarli miqdorda yetkazib berilmagan taqdirda Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har kun uchun foiz, lekin yetarli miqdorda yetkazib berilmagan (yetkazib berilmagan) neft mahsulotlari qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Yetkazib berilgan neft mahsulotlari sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qabul qilishning qonunchilikda yoki mazkur shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlariga muvofiq kelmagan taqdirda Isteʼmolchi neft mahsulotlarini qabul qilishdan yoki ularga haq toʻlashdan bosh tortish hamda Yetkazib beruvchidan sifatsiz mahsulot qiymatining foizi miqdorida jarima undirish, agar mahsulot uchun haq toʻlangan boʻlsa, toʻlangan summalarni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Isteʼmolchi neft mahsulotlari oʻz vaqtida qabul qilinmaganligi uchun Yetkazib beruvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har soat uchun qabul qilinmagan mahsulot qiymatining ____ foiz miqdorida penya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Isteʼmolchi olingan mahsulot uchun haq toʻlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Yetkazib beruvchiga haq toʻlashdan bosh tortgan yoki haq toʻlashni rad etgan summaning_____ foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Isteʼmolchi neft mahsulotlarini saqlashning texnikaviy shart-sharoitlari va xavfsizligi uchun, shuningdek ularning belgilangan narxga va sifatga rioya qilgan holda hamda tasdiqlangan standartga muvofiq aholiga uzluksiz sotilishi uchun amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Isteʼmolchi neft mahsulotlarining uchinchi shaxslarga ulgurji qayta sotilishiga va ularning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Mazkur shartnomada uning biron-bir shartlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan buzilish uchun javobgarlik chorasi qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. NIZOLARNI KOʻRIB CHIQISH VA SHARTNOMANING AMALDA BOʻLISHINI TOʻXTATISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha barcha kelishmovchiliklar va nizolar tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi. Mustaqil ravishda hal qilib boʻlmaydigan nizoli masalalar paydo boʻlgan hollarda ular xoʻjalik sudi orqali koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Ushbu shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 199__ yil “___ ”____________ gacha amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi Yuridik manzili ________________________ ________________________
Isteʼmolchi Yuridik manzili ________________________ ________________________
Bank rekvizitlari _________________________ _________________________
Bank rekvizitlari _________________________ _________________________