Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik xavfsizlikni nazorat qilishda qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Bunda ekologik vaziyatni nazorat qilish, aholining salomatligini yaxshilash, tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash bilan bir qatorda davlat ekologiya nazorati tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etilishini hamda yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda, issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, shinalarni, bitumni, mazutni yoqqanlik hamda shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqilgʻi sifatida yoqqanlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun aholi uchun ekologik jihatdan yanada qulay va farovon yashash muhitini shakllantirishga, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga hamda javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 104-modda, № 8, 831-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 34-moddaning oʻn ikkinchi qismi “atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaganlik” degan soʻzlardan keyin “shuningdek yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 49-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi”;
3) quyidagi mazmundagi XII bob bilan toʻldirilsin:
“XII. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABIATDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNI SODIR ETGANLIK UCHUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR
54-modda. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning uch baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
55-modda. Suvlarni ifloslantirganlik, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik
Suvlarni ifloslantirganlik, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
56-modda. Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik, shuningdek ularni muhofaza qilish choralarini koʻrmaganlik
Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ularga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlariga nisbatan sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
57-modda. Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik
Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining ikki baravari, III toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — toʻrt baravari, II toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — olti baravari, I toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
58-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzganlik yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining uch baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
59-modda. Yoqilgʻini, moddalarni, materiallarni va chiqindilarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqqanlik, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻi sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqqanlik va shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqqanlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
60-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
61-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllash tartibi
Ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslarga nisbatan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari asosida qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslar ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan, sodir etilgan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan taqdirda, moliyaviy sanksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan qoʻllaniladi, nizo mavjud boʻlgan taqdirda yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddatda moliyaviy sanksiya summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamagan hollarda, moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tartibida hal etiladi.
Moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 88-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqish, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻi sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqish va shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 271-modda quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111) ushbu Kodeks 701-moddasining birinchi qismida, 72-moddasining birinchi qismida (suvlarni ifloslantirish, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 85-moddasining birinchi qismida (ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlashga oid qismida), 851-moddasining birinchi qismida, 88-moddasining beshinchi qismida, 91-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar yuridik shaxsning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan hamda bu atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanishiga olib kelgan hollarda, yuridik shaxsga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan boʻlsa”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 5, 465-modda, № 6, 577-modda; 2024-yil, № 2, 116-modda, № 8, 831-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) 492-moddasi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan huquqbuzarliklar hollarini bir oy muddatda belgilasin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-may,
OʻRQ-1143-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son)