Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2545-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-aprel,
2-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)