30.04.2026 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiziriq tumani 3-son texnikumini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarini kasbiy taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish, yoshlarga kasb va mutaxassisliklarni egallashi uchun qulay sharoitlar yaratish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga mos oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi sobiq Qiziriq iqtisodiyot kolleji negizida Qiziriq tumani 3-son texnikumi (keyingi oʻrinlarda — texnikum) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikum Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Yangihayot” MFY Bogʻbonlar koʻchasi 2-uy manzilidagi sobiq Qiziriq iqtisodiyot kollejining bino va inshootlariga operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tizimida faoliyat yurituvchi davlat muassasasi shaklidagi kasbiy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda uning faoliyati amaldagi kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi hamda oʻquv jarayoni boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumda ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlari, ish beruvchi tashkilotlarning takliflari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi buyurtmasi asosida kasb va xorijiy tillarni oʻqitishga moʻljallangan qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnikumning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida oʻrta boʻgʻin kadrlariga talab yuqori boʻlgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashda ichki va tashqi mehnat bozorida takliflarni oʻrganish, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash hamda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash jarayoniga korxona va tashkilotlarning soha mutaxassislari, malakali xorijiy mutaxassislar hamda oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali tashqi mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha ishsiz va band boʻlmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazani yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda texnikumda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnikumni oʻquv-laboratoriya jihozlari va oʻquv ustaxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlashda sunʼiy intellekt hamda “yashil” iqtisodiyot tendensiyalarini inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2026-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026/2027 oʻquv yili uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Surxondaryo viloyati Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashi taklifi asosida texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda yuqori malakali pedagoglarni ishga qabul qilishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda har yili aprel-may oylarida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini texnikumdagi mavjud kasblarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) texnikum binosini kapital taʼmirlash va zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan zaruriy mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-oktabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan birgalikda texnikumga oʻqishga qabul qilingan, xorijda ishlash istagida boʻlgan oʻquvchilarni xorijiy ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib, ingliz, nemis, koreys, yapon va rus tillariga oʻqitishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻqitish xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-mayga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda texnikum bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqsin hamda ularning ijrosini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili iyul-avgust oylarida texnikum bitiruvchilari uchun ish beruvchilarni jalb qilgan holda, yarmarkalar, shu jumladan, “Karyera kuni” tadbirlarini oʻtkazsin, oʻquv yili davomida korxona va tashkilotlarda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet mablagʻlari hisobidan ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlar 2026-yilda Surxondaryo viloyati mahalliy budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 09/26/217/0438-son)