Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024 30.04.1994 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024
Hujjat 30.04.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NARKOTIK MODDALAR USTIDAN NAZORAT QILISH BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi hamda uning xududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Xalqaro dasturining asosiy qoidalariga muvofiq hamda narkotik moddalarga qarshi kurash olib borish ishlarini muvofiqlashtirish va Oʻzbekiston oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom va komissiyaning tarkibi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari narkotik moddalar ustida nazorat qilish boʻyicha mintaqa komissiyalarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda unga yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 30-apreldagi 229-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi (matnda keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) narkotik moddalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashni muvofiqlashtirish, ham milliy, ham mintaqalar darajasida narkotik moddalar tarqalishi oldini olishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, narkotik moddalar ustidan nazorat qilish yuzasidan xalqaro majburiyatlarni bajarish masalalari boʻyicha idoralararo organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha xalqaro — huquqiy normalarga, mazkur Nizomga amal qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha davlat organlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolarning jamoat birlashmalari Komissiyaga yordam berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaga kuyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha umumdavlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolarning saʼy-harakatlarini narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borishning kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarini hal etishga birlashtirish va jamlash va mana shu maqsadlarda jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda tegishli hududda, zaruriyat boʻlganda esa — alohida joylarda narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashning ahvolini kompleks baholash; uning yomonlashuviga munosabat bildirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalar ustidan nazorat qilish boʻyicha respublika operativ axborot markazini tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek, MDH qatnashchisi boʻlgan mamlakatlar va boshqa xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan axborotni erkin va toʻsiqsiz ayirboshlashni taʼminlash uchun markaz bilan narkotik moddalar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻrtasida yagona tarmoq tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tashkilotlarga xizmatlar koʻrsatish uchun respublika sud ekspertizasi xizmati (kriminalistik laboratoriyani tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishini belgilash va bu tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat-qidiruv itlari tayyorlash boʻyicha respublika markazini tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni jalb etish ishida davlat, jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari, muassasalar va korxonalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlarini malakali xodimlar bilan mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu organlarga moddiy-texnikaviy va moliyaviy yordam koʻrsatish; ularning ish amaliyotiga narkotik moddalarni izlash, topish va identifikatsiyalash boʻyicha ilmiy yutuqlar va ilgʻor tajribani joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalarning respublika orqali MDH mamlakatlariga va Gʻarb davlatlariga noqonuniy olib oʻtiladigan yoʻllarni toʻsib qoʻyish, mahalliy xom ashyodan tayyorlanadigan narkotik moddalar yetkazib berilishiga barham berish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bogʻlik tashkilotlarining xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning 1961, 1971 va 1988-yillardagi Konvensiyalariga va boshqa xalqaro bitimlarga muvofiq xalqaro va milliy nazorat ostiga olinishi kerak boʻlgan narkotik vositalar, boshqa moddalar roʻyxatini tasdiqlash, ushbu roʻyxatlar boʻyicha rasmiy tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy muomalaga chiqarish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladigan xalqaro va milliy nazoratda boʻlgan narkotik vositalar va boshqa moddalar hajmlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida narkotik vositalar mavjud boʻlgan dori-darmonlar va preparatlarni ishlab chiqarish, saqlash, transportda tashish va qonuniy foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy va nazorat-texnik qoidalarni ishlab chiqish, ularni qoʻllashga vakolat berilgan davlat organlari tomonidan ularning qoʻllanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar muomalasining turli jihatlariga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish masalalari boʻyicha MDHga kiruvchi davlatlar bilan bitimlar loyihalariga, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlar bilan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga va ularni suiisteʼmol qilishga qarshi kurash olib borish sohasida xalqaro bitimlarda nazarda tutilgan Oʻzbekistonning majburiyatlari vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatida belgilangan tartibda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha ish tajribasini oʻrganish uchun tegishli nomzodlarni tanlash va ularni xorijiy mamlakatlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish boʻyicha tajriba almashish uchun milliy va xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya oʻz oldida turgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi barcha organlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hamda fuqarolarning jamoat birlashmalari tomonidan narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari, oʻz qarorlari bajarilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazoratni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish ishlari toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli komissiyalari hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar vazirligi, adliya, bojxona boshqarmasi organlari va boʻlinmalarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning axborotini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining, narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar bilan bogʻliq axborotlarini koʻrib chiqish; bu ishga baho berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish boʻyicha qonunchilikning buzilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tavsiyalar berish, tegishli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari oldiga narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida xalq xoʻjaligi turli tarmoqlarining, ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlarining mutaxassislari yordamidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik va institutsional asoslarni takomillashtirish boʻyicha, ularning narkotik vositalar boʻyicha BMT Konvensiyasi talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Komissiya raisi boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, bojxona organlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va boshqa davlat organlari rahbarlari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya ishi joriy va istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya majlislari, zaruriyatga koʻra, odatda, yilning har choragida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlislari ularda aʼzolarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qarorlar, agar ular uchun koʻpchilik ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya hujjatlari qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi va zarurat boʻlganda ommaviy axborot vositalari orqali ommaga yetkaziladi. Komissiyaning rasmiylashtirilgan qarorlari barcha davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya majlislari oʻrtasidagi davrda joriy ishlar bevosita Komissiya raisiga boʻysunuvchi uning kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasining masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Komissiya kotibiyatini xizmat xonalari, aloqa va tashkiliy texnika bilan taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Joylarda narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borishni muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha mintaqa komissiyalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha mintaqa komissiyalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha mintaqa komissiyalari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qarorlariga amal qiladilar.