Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2000 23.04.1994 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGIDA YaDRO MATERIALLARIDAN FOYDALANIShDA XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASh USTIDAN DAVLAT NAZORATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada radioaktiv materiallarni qazib olish, yadro xavfi boʻlgan obyektlardan foydalanishda ishlarning xavf-xatarsiz amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish, shuningdek, MAGATE bilan hamkorlikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yadro qurilmalarida atom energiyasidan xavf-xatarsiz foydalanilishi va xavfli yuklarni tashish shart-sharoitlari ustidan davlat nazoratini taʼminlash, tekshirish va tartibga solish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uning tarkibida xodimlari son 5 nafar boʻlgan atom nazorati, xodimlari soni 6 nafar boʻlgan xavfli yuklarni tashish shart-sharoitlari ustidan nazorat inspeksiyalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita markaziy apparati tuzilmasiga xodimlari soni 5 nafar boʻlgan xavfli ishlab chiqarishlar hamda obyektlarni ekspertiza qilish va baholash boʻlimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetida “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi apparatidagi qoʻshimcha shtatlarni taʼminlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan inspeksiyalar hamda boʻlim toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Boshgidromet” va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga respublikada radiatsiya nazorati asboblarini ishlab chiqaruvchi quvvatlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son