28.04.2026 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini ikki bosqichda baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxslarning bilim va malakasini doimiy rivojlantirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoniga anʼanaviy va masofaviy tarzdagi tayyorlov kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari yoʻnalishlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2027-yil 1-iyuldan boshlab professional ichki auditor sertifikatiga ega boʻlmagan shaxslarning ichki audit xizmatining boʻlim boshligʻi va undan yuqori lavozimlarida (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat boʻlganda, ushbu shtatda) faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — ichki audit xizmati) xodimlarining malakasini sertifikatlash va malaka sertifikatiga (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) ega boʻlgan shaxslarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — talabgorning bilim va malaka darajasi sertifikatni olish talablariga mos kelishini aniqlashga yoʻnaltirilgan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test sinovi shaklida oʻtkaziladigan imtihon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursi — uzluksiz kasbiy rivojlantirish doirasida sertifikatga ega boʻlgan shaxsning sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda oʻqishi majburiy boʻlgan malaka oshirish kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — amaliyotchi ichki auditor sertifikati va (yoki) professional ichki auditor sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov kursi — talabgorga ixtiyoriy ravishda malaka imtihoniga tayyorgarlik koʻrish imkonini beruvchi maxsus oʻqitish kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — sertifikatni olishga nomzod boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz kasbiy rivojlantirish — sertifikatga ega boʻlgan shaxsning oʻz faoliyati davomida bilimi, koʻnikmalari va malakasini saqlab qolish hamda oshirib borish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sertifikat — ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladigan sertifikatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikat Oʻzbekiston auditorlar palatasi (keyingi oʻrinlarda — Auditorlar palatasi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.

Bunda malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan oʻtkaziladi.

4. Amaliyotchi ichki auditor sertifikati shaxsning ichki audit boʻyicha umumiy bilimi va malakasini tasdiqlaydi hamda unga ichki audit xizmatida boʻlim boshligʻi va undan yuqori lavozimlardan tashqari lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslarning ushbu sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar sertifikatning amal qilish muddati tugashidan bir oy avval Auditorlar palatasi tomonidan shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar mazkur Nizomda belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Professional ichki auditor sertifikati ichki audit xizmati xodimiga ichki audit xizmatida, shuningdek, ichki audit xizmatida boʻlim boshligʻi va undan yuqori lavozimlarda (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat boʻlganda, ushbu shtatda) faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga ega boʻlgan talabgor amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olmasdan ham professional ichki auditor sertifikati ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional ichki auditor sertifikatini olgan ichki audit xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish choralari belgilangan tartibda moddiy mukofotlash (ragʻbatlantirish), xizmat lavozimida oʻsish uchun ustuvorlik berish, malaka oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish shakllarida qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikat malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga muddatsiz davrga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sertifikat olish yuzasidan berilgan arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan ushbu Nizomda belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim talabgor tomonidan Auditorlar palatasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda yigʻimning 50 foizini Auditorlar palatasi Agentlikka oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yigʻimni toʻlash uchun bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

10. Sertifikat mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tayyorlov kursini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tayyorlov kursi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻquv markazi) tomonidan ushbu Nizomning 38 va 40-bandlarida belgilangan test topshiriqlari yoʻnalishlari asosida anʼanaviy va masofaviy tarzda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ham tayyorlov kursi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar uchun tayyorlov kursida oʻqish majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayyorlov kursi uchun toʻlov miqdori Oʻquv markazi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sertifikatlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) sertifikatlashni tashkil etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlar reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash jarayonida Agentlik va Auditorlar palatasi faoliyatida oʻzaro yuzaga keladigan masalalar hamda qonunchilik hujjatlariga nomuvofiq holatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat berilishi nazarda tutilgan audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, budjet hisobi yoʻnalishlarida mahalliy va xalqaro seminarlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Auditorlar palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini topshirish, sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari yoʻnalishlari boʻyicha mavzularni, adabiyotlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan taqdim etilgan malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga belgilangan tartibda sertifikatni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni belgilangan tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

15. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan mavzular boʻyicha test topshiriqlarini tuzishni va ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi hamda test topshiriqlari bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini tashkil etadi va oʻtkazadi;

malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Auditorlar palatasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 20 tadan namunaviy test topshiriqlarini (javob variantlari bilan) imtihon boshlanishidan kamida bir oy oldin oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya komissiyasini shakllantiradi va apellyatsiya jarayonlarini tashkil etadi.

16. Oʻquv markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv dasturi) ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida tayyorlov (anʼanaviy va masofaviy shaklda) va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

4-bob. Talabgorga qoʻyiladigan malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olishga talabgor Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda tan olingan xorijiy davlatlarda olingan oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Professional ichki auditor sertifikatini olishga talabgor kamida uch yillik ish stajiga, shundan davlat auditi sohasida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgor xalqaro sertifikatga (belgilangan davriylikda xalqaro sertifikat doirasida malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda) ega boʻlganda hamda Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) kamida 4,0 boʻlgan taqdirda, unga amaliyotchi ichki auditor sertifikati malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sertifikat olish uchun ariza berish, malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talabgor Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi hamda oʻz shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;

oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoxud chet davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi;

belgilangan davriylik bilan malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda xalqaro sertifikat nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) aks etgan rasmiy hujjat nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasi nusxasi (oʻrindoshlik asosida ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqida tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim) yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma (professional ichki auditor sertifikatini olish uchun ariza berishda talab etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi.

Arizalar har oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar (shu kuni ham) topshiriladi. Arizalar dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, belgilangan muddatda 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni arizalar Auditorlar palatasiga tushgan va Auditorlar palatasi tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgordan mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arizalar Auditorlar palatasi tomonidan ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgor arizani koʻrib chiqish yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida taqdim qilingan arizaning natijasi haqida shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari koʻrsatiladi.

24. Quyidagi hollarda talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda, shuningdek, toʻliq holda taqdim etilmaganda;

ariza maʼlumotlari va unga ilova qilingan hujjatlar maʼlumotlarida nomuvofiqliklar kuzatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida sertifikat berilishi cheklangan boʻlib, ushbu davr mobaynida sertifikat olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilinganda.

25. Talabgorning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki toʻliq holda taqdim etilmagani sababli malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilganda, talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir ish kuni muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.

26. Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar berilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirish uchun ushbu Nizom asosida qaytadan ariza beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda malaka imtihonini topshirish manzili koʻrsatilgan roʻyxati Auditorlar palatasi tomonidan har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka taqdim etiladi, shuningdek, ushbu roʻyxat Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Malaka imtihonini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihoni har oyda kamida bir marta oyning uchinchi oʻn kunligida talabgorlarning malaka imtihonini topshirish manzillarini inobatga olgan holda, Agentlikda va uning hududiy boʻlinmalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik malaka imtihoni oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin imtihon oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Auditorlar palatasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi oʻzining rasmiy veb-saytiga bu haqida xabarnoma joylashtiradi hamda har bir talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

Talabgorga oʻz shaxsiy kabinetidagi maʼlumotlar bilan tanishib borish majburiyati yuklanadi.

30. Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.

Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganidan soʻng malaka imtihoniga ikki marta kelmasa, malaka imtihonini topshirish uchun unga uchinchi marta imkoniyat berilmaydi.

Bunda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi va malaka imtihonida qatnashish uchun mazkur Nizom asosida qaytadan ariza topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka imtihoni davlat tilida, test sinovi shaklida axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun uch soat vaqt beriladi hamda malaka imtihonining oʻtkazilishi davomida tanaffus berilmaydi.

32. Malaka imtihonining ochiqligi va xolisligini taʼminlash maqsadida malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ravishda onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, videoyozuvga tushiriladi. Ushbu videomateriallar Agentlik tomonidan kamida bir yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, yoʻriqnoma materiallari, test topshiriqlari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;

malaka imtihoni oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, mobil aloqa va boshqa aloqa vositalari, “aqlli” soat, quloqchin, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish yoki ulardan malaka imtihoni davomida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);

malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish (test sinovi oʻtayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).

Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

34. Agentlik malaka imtihonini oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlar palatasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida talabgorlarning hududlar boʻyicha taqsimotini amalga oshiradi hamda mazkur Nizomda belgilangan muddat ichida malaka imtihonlarini tashkil etadi;

malaka imtihonini oʻtkazish uchun tanlangan binoni (xona) zarur texnika vositalari (kompyuter, videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan jihozlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va materiallar saqlanishini taʼminlaydi;

malaka imtihonini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

35. Malaka imtihonida foydalaniladigan test topshiriqlari, shu jumladan, muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari Agentlik tomonidan tegishli malakali va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi hamda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatni taqdim etish jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari test topshiriqlarini tuzishga jalb qilinmaydi.

Agentlik tomonidan test topshiriqlarini tuzish va ekspertiza jarayonining maxfiyligi taʼminlanishi lozim.

36. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihoni boʻyicha test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan test topshiriqlari bazasidan axborot texnologiyalari vositasida, har bir test topshiriqlari yoʻnalishi boʻyicha belgilangan test topshiriqlari soni doirasida alohida tasodifiy tanlangan jami 100 ta test topshirigʻidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlarining har bir toʻgʻri javobi uchun bir balldan beriladi. Notoʻgʻri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirigʻi uchun ball berilmaydi.

37. Test topshiriqlari faqat bitta toʻgʻri javobni oʻz ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonida quyidagi yoʻnalishlardagi test topshiriqlaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyati boʻyicha (50 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayonlari boʻyicha (25 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moliyasini boshqarish boʻyicha (10 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet hisobi boʻyicha (10 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yoʻnalishlar (davlat xaridlari, korrupsiyaga qarshi kurash, odob-axloq qoidalari) (5 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Professional ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonidagi test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan test topshiriqlari, muammoli vaziyatlar asosidagi testlar bazasi tarkibidan axborot texnologiyalari vositasida, har bir test topshiriqlari yoʻnalishi boʻyicha belgilangan test topshiriqlari soni doirasida alohida tasodifiy tanlangan 60 ta test topshirigʻidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlari faqat bitta toʻgʻri javobni oʻz ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlarining har bir toʻgʻri javobi uchun bir balldan beriladi. Notoʻgʻri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirigʻi uchun ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Professional ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonida quyidagi yoʻnalishlardagi test topshiriqlaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyati boʻyicha muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari (24 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni boʻyicha muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari (18 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi asoslari boʻyicha test topshiriqlari (6 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari boʻyicha test topshiriqlari (6 ta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet hisobi boʻyicha test topshiriqlari (6 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Test topshiriqlari bazasi kelgusi yil uchun yil yakuniga qadar kamida 30 foizga yangilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Talabgorning toʻgʻri javoblari malaka imtihonidagi test topshiriqlari umumiy sonining kamida 75 foizini tashkil etgan taqdirda, malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agentlik tomonidan malaka imtihoni natijalari qaydnomasi imtihon oʻtkazilgan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgorlar tomonidan test topshiriqlari mazmuni boʻyicha eʼtiroz bildirilgan taqdirda, eʼtirozlar tegishli mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng qaydnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.

44. Qaydnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda toʻplagan ballari;

belgilangan malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan keyin uch ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Auditorlar palatasiga yuboriladi hamda Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar roʻyxatida mavjud boʻlmagan shaxslarning malaka imtihonida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar Auditorlar palatasi tomonidan keyingi malaka imtihonida qatnashuvchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonida ikki marta qatnashmagan talabgor mazkur Nizomda belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish uchun qayta ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki malaka imtihoniga ikki marta kelmagan talabgorga toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda maʼlumotnomalar kamida besh yil mobaynida Auditorlar palatasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Malaka imtihoni natijasidan norozi boʻlgan talabgor malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Auditorlar palatasiga test topshiriqlari mazmuniga oid yozma apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor tomonidan berilgan apellyatsiya koʻrib chiqilmaydi.

51. Auditorlar palatasi tomonidan talabgorlarning yozma apellyatsiyalari bir ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik tomonidan apellyatsiya komissiyasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi toq sondan, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolari hamda apellyatsiya komissiyasi kotibidan iborat tarkibda tuziladi hamda uning tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasidan vakillar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agentlikning vakili apellyatsiya komissiyasi raisi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining vakili apellyatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi va (yoki) uning oʻrinbosari ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agentlik apellyatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Apellyatsiya komissiyasi talabgor tomonidan berilgan apellyatsiyani besh kun muddatda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Apellyatsiya boʻyicha qabul qilingan qaror Agentlik tomonidan bir ish kuni ichida Auditorlar palatasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi apellyatsiya boʻyicha qaror kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida bu haqida talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalari boʻyicha qarorni oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;

malaka imtihoni natijalari boʻyicha qarorga oʻzgartirish kiritish va apellyatsiyani qanoatlantirish.

59. Talabgor apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada keltirilgan asoslar tasdiqlanmasa;

apellyatsiya belgilangan muddat mobaynida taqdim etilmagan boʻlsa;

apellyatsiya ushbu Nizom talablariga nomuvofiq tarzda berilgan boʻlsa.

61. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Agentlik tomonidan bu haqidagi maʼlumot Auditorlar palatasiga apellyatsiya yigʻilishi boʻlib oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qarorga asoslangan holda, talabgorga sertifikat berish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Apellyatsiya berish uchun talabgordan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.

8-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Sertifikat Auditorlar palatasi tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, apellyatsiyasi qanoatlantirilgan yoki mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq xalqaro sertifikat va Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega boʻlgan talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro sertifikat yoki Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega boʻlgan talabgorga faqat amaliyotchi ichki auditor sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xalqaro sertifikat va Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega boʻlgan talabgorga amaliyotchi ichki auditor sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan rasmiylashtirish va berish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Sertifikat Agentlikning malaka imtihoni natijalari boʻyicha maʼlumot yoki apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror olingan kundan boshlab (xalqaro sertifikatga ega talabgorlar uchun ariza kelib tushgan kundan boshlab) uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi hamda talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Auditorlar palatasi sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida sertifikatga oid maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi hamda ushbu maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sertifikatlar reyestriga kiritilmagan sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Sertifikat shakli mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Sertifikatga ega boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda sertifikatni qayta rasmiylashtirish yuzasidan Auditorlar palatasiga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Sertifikatga ega boʻlgan shaxsdan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan sertifikatga ega boʻlgan shaxsga Auditorlar palatasi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi va talabgorga uning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Auditorlar palatasi qayta rasmiylashtirilgan sertifikatga tegishli maʼlumotlarni sertifikatlar reyestriga oʻzgartirish kiritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga u qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Sertifikatni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs tomonidan sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs vafot etganda;

sertifikatga ega boʻlgan shaxs sertifikat olgandan keyin belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha talablarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;

sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilik hujjatlariga xilof ekanligi aniqlanganda;

ichki audit xizmati xodimi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani isbotlanganda;

sertifikatga ega boʻlgan shaxs ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan himoyalangan maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlariga xilof ravishda uchinchi shaxslarga taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs faoliyatida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyganligini tasdiqlashni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sertifikat Auditorlar palatasining qarori bilan ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida sertifikatga ega boʻlgan shaxs bir ish kuni ichida yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinadi, mazkur Nizomning 72-bandi uchinchi va beshinchi xatboshilari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Sertifikat ushbu Nizomning 72-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, talabgorga sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida malaka imtihonlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Nizomning 72-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sertifikatni bekor qilish yuzasidan Auditorlar palatasiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Sertifikatga ega boʻlgan shaxs sertifikatni bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Auditorlar palatasi sertifikatni bekor qilish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sertifikatlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

sertifikat turi (amaldagi ichki audit milliy malaka sertifikati, amaliyotchi ichki auditor sertifikati yoki professional ichki auditor sertifikati), raqami va berilgan sanasi;

sertifikatga ega boʻlgan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

sertifikatga ega boʻlgan shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha talablarni bajarishi yuzasidan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida sertifikatlar reyestrida mavjud quyidagi maʼlumotlar joylashtiriladi va jamoatchilikning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatga ega boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat turi (amaldagi ichki audit milliy malaka sertifikati, amaliyotchi ichki auditor sertifikati yoki professional ichki auditor sertifikati), raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarish boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

82. Sertifikatlar reyestri “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksining maʼlumotlar bazasi bilan “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi. Bunda ichki audit xizmati xodimi lavozimiga ariza topshirishda sertifikat raqami kiritilishi majburiy etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Sertifikatga ega boʻlgan shaxs har ikki yilda belgilangan tartibda 72 soatdan iborat boʻlgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro sertifikatga ega boʻlgan shaxs yoki Davlat auditi oliy maktabida oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga boʻlgan shaxslar ham uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha talablarini bajarishi shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv markazida har ikki yilda bir marta anʼanaviy tarzda tashkil etiladigan 36 soatdan iborat malaka oshirish kursida oʻqish va uni muvaffaqiyatli tamomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, budjet hisobi yoʻnalishlaridagi milliy va xalqaro seminarlarda ishtirok etilganini tasdiqlovchi ishtiroki uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari koʻrsatilgan sertifikatga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid maqola eʼlon qilish hamda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish. Bunda bir maqolaga 2 soatdan hamda pedagogik faoliyatning har bir akademik soatiga 1 soatdan uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Malaka oshirish kurslari grafik asosida Oʻquv markazi tomonidan anʼanaviy tarzda tinglovchilar soni kamida oʻn nafardan oshgan taqdirda, tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Davlat organlari va tashkilotlari malaka oshirish kursida qatnashishi rejalashtirilgan xodimlar roʻyxatini har yili 20-yanvarga qadar Oʻquv markaziga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmatida faoliyat koʻrsatmaydigan sertifikatga ega boʻlgan shaxs malaka oshirish kursida qatnashish uchun Oʻquv markaziga murojaat qiladi. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi toʻlov ushbu shaxsning oʻz mablagʻi hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Ichki audit xizmati xodimlari har ikki yilda bir marta budjet mablagʻlari hisobidan malaka oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Oʻquv markazi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan tartibda guvohnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Oʻquv markazi malaka oshirish kurslarida oʻqigan shaxslar toʻgʻrisidagi oylik maʼlumotlarni keyingi oyning 10-sanasiga qadar Auditorlar palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Oʻquv markazi har yili yanvar oyining yakuniga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzining veb-saytida audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, budjet hisobi yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan seminar, treninglar roʻyxatini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda seminar va treninglar roʻyxati tegishli qonunchilikdagi oʻzgartirishlar hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda sertifikatga ega boʻlgan shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Seminar va treninglar anʼanaviy va masofaviy shaklda oʻtkaziladi hamda ularda belgilangan vaqt davomida ishtirok etganlarga uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari koʻrsatilgan sertifikatlar topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sertifikatga ega boʻlgan shaxslar Oʻquv markazi tomonidan tashkil etiladigan seminar va treninglardan tashqari uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari koʻrsatilgan boshqa tegishli milliy va xalqaro seminar hamda treninglarda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Sertifikatga ega boʻlgan shaxslar oʻz shaxsiy kabineti orqali milliy va xalqaro seminarlarda qatnashish hamda sohaga oid maqola eʼlon qilish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga oid maʼlumotlarini asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga Auditorlar palatasiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi sertifikatga ega boʻlgan har bir shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish maʼlumotlari hisobini yuritadi hamda ularning uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlarini umumlashtirgan holda, har oyning 10-sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Auditorlar palatasi tomonidan sertifikatga ega boʻlgan shaxsning sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi monitoring qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring davomida uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarmayotgan sertifikatga ega boʻlgan shaxslar shaxsiy kabineti orqali ogohlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarmagan sertifikatga ega boʻlgan shaxsning sertifikati bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Malaka imtihoni topshirmasdan beriladigan xalqaro sertifikatlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki auditorlar institutining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Diplomli ichki auditor” (CIA) sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavf-xatarni boshqarishni baholash boʻyicha diplomli mutaxassis” (CRMA) sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki audit boshqaruvi malakasi” (QIAL) sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amaliyotchi ichki audit xodimi” (Internal Audit Practitioner) sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat auditi boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis” (CGAP) sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasining (ACCA):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit boʻyicha ACCA sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi va biznes boʻyicha ACCA yuqori darajali diplomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ACCA strategik professional sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat moliyasi va buxgalteriya hisobi boʻyicha diplomli institut (CIPFA) malakalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CIPFA professional buxgalteriya malakasi (PAD);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CIPFA professional malakasi (PQ);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CIPFA xalqaro davlat moliyasini boshqarish (IPFM) malakasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

3-ILOVA

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) xodimlarining malakasini sertifikatlash va moliyaviy nazorat boʻyicha malaka sertifikatiga (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) ega boʻlgan shaxslar malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom qoidalari Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklanmagan lavozimdagi xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — talabgorning bilim darajasi sertifikatni olish talablariga mos kelishini tekshirishga yoʻnaltirilgan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test sinovi shaklida oʻtkaziladigan imtihon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursi — sertifikatga ega boʻlgan shaxs sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda oʻqishi majburiy boʻlgan malaka oshirish kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — Inspeksiya xodimining moliyaviy nazorat boʻyicha malakasini tasdiqlaydigan hamda unga Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklangan lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — sertifikatni olishga nomzod boʻlgan jismoniy shaxs yoki lavozimga tayinlanganiga uch oydan oshmagan Inspeksiya xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sertifikat — Xalqaro ichki auditorlar instituti tomonidan beriladigan “Diplomli ichki auditor” (CIA) sertifikati, “Xavf-xatarni boshqarishni baholash boʻyicha diplomli mutaxassis” (CRMA) sertifikati, “Ichki audit boshqaruvi malakasi” (QIAL) sertifikati, “Ichki audit amaliyotchisi” (Internal Audit Practitioner) sertifikati, “Davlat auditi boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis” (CGAP) sertifikati, CFC (Chartered Financial Controller) sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikat Oʻzbekiston auditorlar palatasi (keyingi oʻrinlarda — Auditorlar palatasi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikat shaxsning moliyaviy nazorat boʻyicha malakasi mavjudligini tasdiqlaydi hamda unga Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklangan lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlari lavozimga tayinlangandan soʻng uch oy ichida sertifikat olishi shart, bunda xalqaro sertifikatga ega boʻlgan xodimlarning sertifikat olishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizom kuchga kirgan kundan boshlab ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslarni Inspeksiyaga ishga qabul qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Inspeksiyada faoliyat yuritayotgan ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida faoliyat yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor malaka imtihonida ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikat malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga muddatsiz davrga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikat olish yuzasidan berilgan arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan ushbu Nizomda belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim talabgor tomonidan Auditorlar palatasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda yigʻimning 50 foizi Auditorlar palatasi Agentlikka oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yigʻimni toʻlash uchun bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sertifikat ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikatlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) sertifikatlashni tashkil etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni uchun tuziladigan test topshiriqlari yoʻnalishlari va mavzularini belgilaydi hamda Agentlikka taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy nazorat boʻyicha malaka sertifikatlari reyestrini (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlar reyestri) yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash jarayonidagi yuzaga keladigan masalalar hamda oʻzaro nomuvofiq holatlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Auditorlar palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan yuborilgan maʼlumot asosida malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish, qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari yoʻnalishlari boʻyicha mavzularni, adabiyotlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan taqdim etilgan malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga belgilangan tartibda sertifikatni rasmiylashtiradi va beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni belgilangan tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, Departament tomonidan taqdim etilgan test topshiriqlari yoʻnalishlari va mavzulari boʻyicha test topshiriqlarini tuzishni va ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi hamda test topshiriqlari bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Departament hamda Auditorlar palatasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy test topshiriqlarini (javob variantlari bilan) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya komissiyasini shakllantiradi va apellyatsiya jarayonlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻquv markazi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv dasturi) ishlab chiqadi hamda Departament bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sertifikat olish uchun ariza topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgor Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi hamda oʻz shaxsiy kabineti orqali ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoxud chet davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizalar har oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar (shu kuni ham) topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgordan mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizalar Auditorlar palatasi tomonidan ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor arizalarni koʻrib chiqish yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida taqdim qilingan arizaning natijasi haqida shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi hollarda talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandi talablariga javob bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda, shuningdek, toʻliq holda taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida sertifikat berilishi cheklangan boʻlib, ushbu davr mobaynida sertifikat olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talabgorning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki toʻliq holda taqdim etilmagani sababli malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilganda, talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir kun muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar berilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ariza rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirish uchun ariza mazkur Nizom asosida qaytadan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda malaka imtihonini topshirish manzili koʻrsatilgan roʻyxati Auditorlar palatasi tomonidan har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka taqdim etiladi, shuningdek, ushbu roʻyxat Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka imtihonini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka imtihoni har oyda kamida bir marta oyning uchinchi oʻn kunligida talabgorlarning malaka imtihonini topshirish manzillarini inobatga olingan holda, Agentlikda va uning hududiy boʻlinmalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik malaka imtihoni oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin imtihon oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Auditorlar palatasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi oʻzining rasmiy veb-saytiga bu haqida xabarnoma joylashtiradi hamda har bir talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga oʻz shaxsiy kabinetidagi maʼlumotlar bilan tanishib borish majburiyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganidan soʻng malaka imtihoniga ikki marta kelmasa, malaka imtihonini topshirish uchun unga uchinchi marta imkoniyat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi va malaka imtihonida qatnashish uchun ariza ushbu Nizom asosida qaytadan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka imtihoni davlat tilida, test sinovi shaklida axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun uch soat vaqt beriladi hamda malaka imtihonining oʻtkazilishi davomida tanaffus berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka imtihonining ochiqligi va xolisligini taʼminlash maqsadida malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ravishda onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, videoyozuvga tushiriladi. Ushbu videomateriallar Agentlik tomonidan kamida bir yil muddat mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, yoʻriqnoma materiallari, test topshiriqlari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, mobil aloqa va boshqa vositalar, “aqlli” soat, quloqchin, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish yoki ulardan malaka imtihoni davomida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish (test sinovi oʻtayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik malaka imtihonini oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlar palatasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida talabgorlarning hududlar boʻyicha taqsimotini amalga oshiradi hamda mazkur Nizomda belgilangan muddat ichida malaka imtihonlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini oʻtkazish uchun tanlangan binoni (xona) zaruriy texnika vositalari (kompyuter, videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan jihozlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va materiallar saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka imtihonida foydalaniladigan test topshiriqlari Agentlik tomonidan tegishli malakali va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi hamda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatni taqdim etish jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari test topshiriqlarini tuzishga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan test topshiriqlarini tuzish va ekspertiza jarayonining maxfiyligi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan 100 ta test topshirigʻidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlarining har bir toʻgʻri javobi uchun bir balldan beriladi. Notoʻgʻri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirigʻi uchun ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Test topshiriqlari faqat bir toʻgʻri javobni oʻz ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Test topshiriqlari bazasi kelgusi yil uchun yil yakuniga qadar kamida 30 foizga yangilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Talabgorning toʻgʻri javoblari malaka imtihonidagi test topshiriqlari umumiy sonining kamida 75 foizini tashkil etgan taqdirda, malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik tomonidan malaka imtihoni natijalari qaydnomasi imtihon oʻtkazilgan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgorlar tomonidan test topshiriqlari mazmuni boʻyicha eʼtiroz bildirilgan taqdirda, eʼtirozlar tegishli mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng qaydnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qaydnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda toʻplagan ballari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan keyin uch ish kuni ichida Departament va Auditorlar palatasiga yuboriladi hamda Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar roʻyxatida mavjud boʻlmagan shaxslarning malaka imtihonida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar Auditorlar palatasi tomonidan keyingi malaka imtihonida qatnashuvchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonida ikki marta qatnashmagan talabgor ushbu Nizomda belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish uchun qayta ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki ikki marta kelmagan talabgorga toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda maʼlumotnomalar kamida besh yil mobaynida Auditorlar palatasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka imtihoni natijasidan norozi boʻlgan talabgor malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Auditorlar palatasiga test topshiriqlari mazmuniga oid yozma apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor tomonidan berilgan apellyatsiya koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Auditorlar palatasi tomonidan talabgorlarning yozma apellyatsiyalarini bir ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik tomonidan apellyatsiya komissiyasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi toq sondan, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolari hamda apellyatsiya komissiyasi kotibidan iborat tarkibda tuziladi hamda uning tarkibiga Departamentdan vakillar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Agentlik vakili apellyatsiya komissiyasi raisi, Departamentning vakili apellyatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi va (yoki) uning oʻrinbosari ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agentlik apellyatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya komissiyasi talabgor tomonidan berilgan apellyatsiyani besh kun muddatda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Apellyatsiya boʻyicha qabul qilingan qaror Agentlik tomonidan bir ish kuni ichida Auditorlar palatasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi apellyatsiya boʻyicha qaror kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalari boʻyicha qarorni oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalari boʻyicha qarorga oʻzgartirish kiritish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada keltirilgan asoslar tasdiqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya belgilangan muddat mobaynida taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya ushbu Nizom talablariga nomuvofiq tarzda berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Agentlik tomonidan bu haqida maʼlumot Auditorlar palatasiga apellyatsiya yigʻilishi boʻlib oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Auditorlar palatasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qarorga asoslanib, talabgorga sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Apellyatsiya berish uchun talabgordan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sertifikat Auditorlar palatasi tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Sertifikat Agentlikning malaka imtihoni natijalari boʻyicha maʼlumoti yoki apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qarori olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi hamda talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Auditorlar palatasi sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida sertifikatga oid maʼlumotlarni Departamentga taqdim etadi va ushbu maʼlumotlar Departament tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sertifikatlar reyestriga kiritilmagan sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sertifikat shakli mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sertifikatga ega boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda sertifikatni qayta rasmiylashtirish yuzasidan Auditorlar palatasiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sertifikatga ega boʻlgan shaxsdan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan sertifikatga ega boʻlgan shaxsga qayta rasmiylashtiriladi, Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi va talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Auditorlar palatasi qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning tegishli maʼlumotlarini sertifikatlar reyestriga oʻzgartirish kiritish uchun Departamentga u qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Sertifikatni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs sertifikat olgandan keyin belgilangan tartibda malaka oshirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilik hujjatlariga xilof ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani isbotlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs Inspeksiyadagi faoliyati mobaynida olingan himoyalangan maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlariga xilof ravishda uchinchi shaxslarga taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxs faoliyatida korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻyganini tasdiqlashni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Sertifikat Auditorlar palatasining qarori bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida sertifikatga ega boʻlgan shaxs bir ish kuni ichida yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinadi, mazkur Nizomning 61-bandi uchinchi va beshinchi xatboshilari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Sertifikat ushbu Nizomning 64-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, talabgorga sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida malaka imtihonlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Departament ushbu Nizomning 64-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sertifikatni bekor qilish yuzasidan Auditorlar palatasiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Sertifikatni bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Auditorlar palatasi sertifikatni bekor qilish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Departament tomonidan sertifikatlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sertifikatlar reyestrida mavjud quyidagi maʼlumotlar Departamentning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va jamoatchilikning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan shaxsning malaka oshirish kursini tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Malaka oshirish kursini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Sertifikatga ega boʻlgan shaxs sertifikatni olgan sanadan boshlab har ikki yilda, tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida Oʻquv markazi tomonidan tashkil etiladigan 36 soat hajmdagi malaka oshirish kursida oʻqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Malaka oshirish kurslari grafik asosida Oʻquv markazi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka oshirish kursi tinglovchilar soni kamida 10 nafardan oshgan taqdirda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Inspeksiya malaka oshirish kursida qatnashishi rejalashtirilgan xodimlar roʻyxatini har yili 20-yanvarga qadar Oʻquv markaziga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyada faoliyat koʻrsatmaydigan sertifikatga ega boʻlgan shaxs malaka oshirish kursida qatnashish uchun Oʻquv markaziga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi toʻlov ushbu shaxsning oʻz mablagʻi hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Inspeksiya xodimlari har ikki yilda bir marta budjet mablagʻlari hisobidan malaka oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan tartibda guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Oʻquv markazi malaka oshirish kurslarida oʻqigan shaxslar toʻgʻrisidagi oylik maʼlumotlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yillik maʼlumotlarni keyingi yilning 10-yanvariga qadar Departamentga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Malaka oshirish kursini tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma maʼlumotlari Departament tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Departament tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Moliyaviy nazorat boʻyicha malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish

”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/209/0426-son)