Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019 14.01.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 871
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Tartibi, 14.01.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 871
Кучга кириш санаси
14.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

EG/29-02-2235-son

“TASDIQLANGAN”

“Oʻzmevasabzovotuzumsanoat-xolding” XK

T. UMAROV

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

soliq qoʻmitasi tomonidan

99-123-son

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOL MAHSULOTLARINI SOTISh VA OLDINDAN HAQ TOʻLASh MIQDORINI ANIQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 14-yanvarda 871-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 357-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 871-2, 23.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishning davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va savdo qiluvchi tashkilotlarning sotib olingan alkogolli mahsulotlar uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hisob-kitob qilishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MAHSULOTNI YuKLAB JOʻNATISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar savdo qiluvchi tashkilotlarga tovarni shu shartlarda yuklab joʻnatadilarki, sotilgan tovarlar uchun oldindan oʻtkazilgan pul mablagʻlarining miqdori shartlashilgan butun miqdorning aksiz soligʻi summasini oʻz ichiga olishi kerak. Shartnomalar uzoq muddatlarga (bir yil va undan ortiq) tuzilgan hollarda, ularga mahsulotni yuklab joʻnatish jadvali ilova qilinishi va oldindan pul oʻtkazish miqdori haqiqiy yuklab joʻnatilgan miqdor aksiz soligʻining summasini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. IShLAB ChIQARUVChI KORXONALARNING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar shartlashilgan mahsulotning haqi toʻlangan hajmini oʻz vaqtida yuklab joʻnatmaganlik uchun (mablagʻlar kelib tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan ortiq) har bir oʻtgan kun uchun xaridorga oʻz vaqtida yuklab joʻnatilmagan mahsulot qiymatining 3 foizi miqdorida neustoyka toʻlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MOLIYA ORGANLARI VA DAVLAT SOLIQ XIZMATI NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan mablagʻlar oʻtkazilishining toʻgʻriligi va ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mahsulotning oʻz vaqtida yuklab joʻnatilishining nazorat qilinishi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur Tartib va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ravishda davlat soliq xizmati idoralari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziri oʻrinbosari E. GADOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning birinchi oʻrinbosari B. XODJAYEV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son, 2000-y., 8-son)