Oʻzbekiston Respublikasi OLiy Kengashi
Qarori
“VALYUTANI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan vaqtdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy hujjatlari qabul qilinguniga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ushbu Qonunga zid kelmaydigan qismi qoʻllanaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflar taqdim etsin;
Hukumat va idoralarning “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi bir oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi bilan muvofiqlashtirilishi talab qilinmaydigan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishiga doir meʼyoriy hujjatlar qabul qilsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bajarilishining borishiga doir axborot taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
842-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 226-modda)