Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 10-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda atom energetikasini rivojlantirishga, energiyadan foydalanish xavfsizligini, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror oʻsishini taʼminlashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organining hamda ushbu sohadagi davlat boshqaruvi boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan organlarning vakolatlarini aniqlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida vakolatlari aniqlashtirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organining faoliyatini hamda ushbu sohaga doir davlat dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-565-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 590-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 10-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 12-modda:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi)”;
birinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli davlat organi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek mazkur sohadagi normalar va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi”;
oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “avariyaga oid” degan soʻzlar “atom energiyasidan foydalanish obyektlarida avariyaga oid” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari oʻz vakolatlari doirasida bajarilishini taʼminlaydi”;
uchinchi qismidagi “Vakolatli davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “Vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 13-moddaning birinchi qismidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
“131-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi oʻz vakolatlari doirasida vakolatli davlat organi bilan birgalikda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning balansini ishlab chiqadi, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi”;
6) 14-modda:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 15-modda:
ikkinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlaridan” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 16-modda:
birinchi qismidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 17-modda:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va oʻy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 23-modda:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
sakkizinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “davlat organi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 46-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 48-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organini” degan soʻzlar “davlat organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 51-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organini” degan soʻzlar “davlat organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 57-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 58-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
OʻRQ-1140-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1140/0399-son)