Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yongʻinlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 3-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda yongʻinlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratini takomillashtirish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki ishonchli himoya qilinishini taʼminlash imkoniyatini beruvchi yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimini yaratish borasida keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda.
Bundan tashqari yongʻinlarning oldini olish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bilan bir qatorda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish zaruriyati mavjud.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat yongʻin nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Mazkur Qonun yongʻinlarning oldini olishga, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir choralari yanada samarali qoʻllanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 211-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yetti” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar “yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 249-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “yigirma” degan soʻz “yigirma besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “oʻn besh” degan soʻzlar “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻn” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “yetti” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3321-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 6-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yongʻinlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sogʻligʻiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turadi”;
beshinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-aprel,
OʻRQ-1136-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son)