Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Akram Gayratovich Shukurov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylansin.
2. Quyidagilar:
Akmal Anvarovich Murodov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga;
Odil Roʻziboyevich Normahmatov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga;
Baxodir Kamolxonovich Abdullayev oʻn yillik muddatga;
Sobirjon Neʼmat oʻgʻli Ergashev oʻn yillik muddatga;
Nozimjon Sattorovich Jurayev oʻn yillik muddatga;
Begzod Shuxratovich Xaydarov oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylansin.
3. Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Anvar Normuratovich Elmurodov, Dilshod Majidovich Rajabov, Kamoliddin Sunnatovich Tollibayev, Elbekjon Odiljonovich Turgunboyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 8-aprel,
SQ-269-V-son