1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga muvofiq spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan kafolatli taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2027-yil 1-yanvardan boshlab spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan davlat tomonidan kafolatli taʼminlash va ularni vaqtincha tekin foydalanishga berish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha respublika ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi guruhning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026-yil 10-maydan boshlab Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda — bemor bolalar) uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha respublika va hududiy ishchi guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar respublika va hududiy ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xatlovdan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor bolalar roʻyxatini tuzish, ulardagi oʻzgarishlarni tahlil qilib borish hamda ularning uy sharoitida davolanish uchun zarur tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ehtiyojini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari taqsimotini shakllantirish va tasdiqlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tibbiyot muassasalariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvardan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bemor bolalarning uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan xarid qilinadi va kelgusida kafolatli taʼminlab boriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor bolalar zarur protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan vaucher asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi zarur tibbiy jihozlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda — bemor bolalar) ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, shu jumladan, ularga tibbiy jihozlarni vaqtincha tekin foydalanishga berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spinal mushak atrofiyasi — orqa miyaning harakat neyronlari zararlanishi hamda rivojlanib boruvchi mushaklar kuchsizligi bilan kechadigan nasliy asab-mushak kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ishchi guruhi — spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha respublika tibbiyot tashkilotlari mutaxassislaridan iborat guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ishchi guruh — spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha hududiy tibbiyot tashkilotlari mutaxassislaridan iborat guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bemor bolalar uy sharoitida davolanish uchun mazkur qarorga 4-ilovadagi tibbiy jihozlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarorida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalar uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni taʼminlash uchun mablagʻ ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bemor bolalarning ota-onalari (qonuniy vakillari) yashash joylaridagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga bolalarni uy sharoitida davolash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga yakuniy tashxis qoʻyilgan tibbiy xulosa, bemor bolalarga tavsiya etilgan zarur tibbiy jihozlar roʻyxati ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlashga tibbiy xulosa berish hamda zarur tibbiy jihozlar roʻyxatini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-217-son qarori asosida bemor bolalarni davolash, ularning muolajalarini kuzatib borish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli markazlarida tashkil etilgan multidissiplinar yuqori malakali mutaxassislar zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uch kun ichida oʻz hududidagi spinal mushak atrofiyasi tashxisi bilan nazoratda turgan va uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantiradi hamda tegishli hududiy ishchi guruhga elektron shaklda himoyalangan elektron pochta tizimi orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza hududiy ishchi guruh tomonidan 10 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra hududiy ishchi guruh tomonidan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinganda, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiy jihozlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qaror hududiy ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi guruh qarori qabul qilingandan soʻng 5 kun ichida ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy ishchi guruh keyingi yil uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyojni har yil 1-iyunga qadar respublika ishchi guruhiga elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika ishchi guruhi bemor bolalar va ularga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar roʻyxatini umumlashtiradi hamda har yili 15-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili 30-iyunga qadar umumlashtirilgan roʻyxat asosida tibbiy jihozlarga keyingi yil uchun zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buyurtmanoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarning oʻrtacha narxi ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi tashkilotlarning ushbu mahsulotlar boʻyicha rasmiy eʼlonlari, prays-varaqlarda koʻrsatilgan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan rasman koʻrsatilgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, ularni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish, yangilash hamda texnik xizmat koʻrsatishga zarur boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili kelgusi yilning 1-apreliga qadar buyurtmanoma asosida tibbiy jihozlarga zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni ajratadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili kelgusi yilning 1-iyuniga qadar umumlashtirilgan roʻyxat asosida uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xarid qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bemor bolalarga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni vaqtincha tekin foydalanishga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan markazlashgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilinadi hamda har yili 1-iyulga qadar respublika ishchi guruhi tomonidan taqsimot asosida hududlarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun xarid qilingan tibbiy jihozlarni saqlash, turar joyi boʻyicha vaqtincha tekin foydalanishga berish tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida va 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar hududiy ishchi guruh tomonidan yetkazib beruvchi tashkilotdan qabul qilib olingandan keyin 10 kun ichida tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari vakili ishtirokida muhtoj bemor bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakiliga shartnoma asosida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasidagi multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, jarroh) mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi guruh tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi vakiliga bemor bolaning uy sharoitida davolanish uchun vaqtincha tekin foydalanishga berilayotgan tibbiy jihozlardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar beradi, zarur hollarda joyiga chiqib tibbiy maslahat beradi, bemor bolalarning oila aʼzolari tomonidan toʻgʻri, maqsadli foydalanilishi boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatadi, ularning muolajalarini kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi keyinchalik bemorning uy sharoitida davolanishini nazorat qiluvchi masʼul mutaxassisni (nevrolog, pediatr, ortoped, xirurg) belgilaydi. Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi vakili keyinchalik bemorning uy sharoitida davolanishini nazorat qiluvchi mutaxassis boʻlishi nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan bemor bola sogʻayib ketgani yoki vafot etgani sababli unga berilgan reabilitatsiya qilish tibbiy jihozlaridan foydalanishga zarurat qolmaganda, uni qabul qilib olgan bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan 10 kun muddatda shartnoma tuzilgan tashkilotga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar kafolat muddatida nosoz boʻlib qolganda, u shartnoma shartlariga muvofiq uy sharoitida davolanish zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni yetkazib bergan tashkilot tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqasiga almashtiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarning kafolat muddati tugagandan keyin nosoz boʻlib qolganda, ularni taʼmirlash va almashtirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy jihozlardan uy sharoitida foydalanish va uning muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar saqlanadigan xonada texnik va boshqa xavfsizlik choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fuqarolarga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni vaqtincha tekin foydalanishga olish tartibi, muddatlari, ushbu vositalardan toʻgʻri foydalanish usullari toʻgʻrisida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan batafsil tushuntirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar fuqarolarga uch oydan oshmagan muddatga tekin foydalanishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, yaʼni sogʻayish kuzatilmasa, fuqaroning arizasiga koʻra tibbiy jihozlardan foydalanish muddati yana ikki oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bemor bolalarni davolash, ularning muolajalarini kuzatib boruvchi shifokorlarning xulosasiga asosan ushbu vositalardan vaqtincha tekin foydalanishga berish muddati bemor sogʻayib ketgunga qadar uzaytirib boriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vaqtincha tekin foydalanishga berishda, zaxirada bemor bolalarga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarning har biridan doimiy ravishda bir dona (yoki juft)dan saqlanib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vaqtincha tekin foydalanishga berilgan va uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlardan bemor bolalar tomonidan maqsadli foydalanish ularning yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlash yoki ularga ushbu vositalarni vaqtincha tekin foydalanishga berish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, bemor bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili yuqori turuvchi organga yoxud sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni taʼminlash uchun mablagʻ ajratish
1-bosqich
Bemor bolalarning ota-onalari (qonuniy vakillari)
Hududiy ishchi guruhga bolalarni uy sharoitida davolash toʻgʻrisidagi arizaga yakuniy tashxis qoʻyilgan tibbiy xulosa, bemor bolalarga tavsiya etilgan zarur tibbiy jihozlar roʻyxatini ilova qilgan holda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi
Tibbiy jihozlarga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantiradi hamda tegishli hududiy ishchi guruhga elektron shaklda himoyalangan elektron pochta tizimi (www.e-xat.uz) orqali taqdim etadi.
3 kun ichida
3-bosqich
Hududiy ishchi guruh
1. Taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq arizani koʻrib chiqadi.
2. Tibbiy jihozlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni ariza beruvchiga yuboradi.
3. Tuman (shahar) boʻyicha tibbiy jihozlar bilan taʼminlashga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini respublika ishchi guruhiga elektron shaklda taqdim etadi.
II. Bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlash
8-bosqich
Respublika ishchi guruhi
Xarid qilingan tibbiy jihozlarni taqsimot asosida hududlarga tarqatadi.
Har yili 1-iyulga qadar
9-bosqich
Hududiy ishchi guruh
Bemor bolalarga tegishli uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni tekin foydalanishga tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi vakili ishtirokida muhtoj bemor bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakiliga shartnoma asosida topshiradi.
Bemor bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili
1. Uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlardan foydalanishga zarurat qolmaganda, ularni tegishlicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga qaytaradi.
10 kun muddatda
2. Vaqtincha tekin foydalanish uchun berilgan uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlarni tegishlicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga qaytaradi.
3 oydan oshmagan muddatda
3. Zaruratga koʻra tibbiy xulosa asosida tibbiy jihozlardan vaqtincha foydalanish muddati uzaytiriladi.
2 oygacha muddatga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha respublika ishchi guruhining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.
B.Ya. Umarov
—
Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori, ishchi guruh rahbari
2.
A.A. Abduqayumov
—
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
N.S. Nadirxanova
—
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
4.
N.R. Hamrayev
—
Sogʻliqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
5.
Sh.O. Nurmatova
—
U.Q. Qurbonov nomidagi bolalar ruhiy-asab kasalxonasi rahbari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar nevrologiya xizmati boʻyicha bosh mutaxassisi
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar travmotologiya va ortopediyasi boʻyicha bosh mutaxassisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

Ushbu ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan va zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziriga zarur hollarda, ishchi guruh tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi direktorlari va Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori, ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining bosh pediatri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining bolalar bosh nevropatologi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bolalar bosh anesteziolog-reanimatologi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bolalar bosh travmatolog-ortopedi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RoʻYXATI

T/r
Tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari nomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-son qaroriga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 19-sentabrdagi 509-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi 665-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 136-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 09/26/184/0387-son)