16.04.2026 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish, istiqbolli va zamonaviy qarashlarga ega rahbar kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ilgʻor bilim hamda yuksak malakalarni oʻzida mujassam etgan rektorlar korpusini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Yangi Oʻzbekiston” universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash boʻyicha “Rektorlar maktabi” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida 30 yoshga toʻlgan, kamida magistr akademik darajasiga va oliy taʼlim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan shaxslar ochiq tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur tinglovchilarida akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv, sunʼiy intellekt va raqamlashtirish, strategik boshqaruv va transformatsiya yoʻnalishlarida bilim va koʻnikmalar rivojlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning oʻquv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) olti oygacha boʻlgan muddatda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi hamda Dastur yakunlari boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Dastur doirasida davlat oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) lavozimiga tinglovchilarni oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Dastur doirasida tinglovchilarning ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladigan davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar faqat Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga nomzodlarni saralash tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda belgilangan talablardan kelib chiqib, oʻquv dasturini ishlab chiqsin hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkiloti bilan kelishish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda eng yaxshi natija koʻrsatgan tinglovchilarni Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish boʻyicha muzokaralar olib borsin hamda tegishli kelishuvlarni imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastur quyidagicha moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida tinglovchilarni oʻqitish hamda Dastur yakuni boʻyicha har yili 40 nafargacha tinglovchini Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni oʻqitish va xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish xarajatlari uchun zarur mablagʻlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shartnoma asosida Universitetga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta tinglovchini oʻqitish xarajatlari miqdori har yili Universitet tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilda ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtirsin, 2027-yildan boshlab esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yilgi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/177/0369-son)