Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1915-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qoshidagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 11-fevraldagi 2009-12-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1915, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 3-aprel,
10-son
Kelishildi:
“Oʻzarxiv” agentligi direktori U. YUSUPOV
2026-yil 18-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining (keyingi oʻrinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi) qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi.”.
2. Ilovada:
01-04-pozitsiyadan “, muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma, eskiz bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
01-17-pozitsiyadagi “malaka guvohnomasi” degan soʻzlar “malaka sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-boʻlimning nomidagi “Depozitariyning professional faoliyatiga” degan soʻzlar “Depozitar operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/1915-5/0363-son)