Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tadbirkorlar va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda sugʻurta xizmatlarini keng ommalashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 4-martda kiritilgan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tadbirkorlar va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda sugʻurta xizmatlarini keng ommalashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-mart,
1888-V-son