Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-4-sonli qonunchilik taklifi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 29-sentabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-4-sonli qonunchilik taklifi rad etilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-mart,
1841-V-son