Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 2-martda kiritilgan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-mart,
1824-V-son