Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Belgilasinki, koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan hollarda ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar ularning tarkibiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-iyul,
302-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining “Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-martdagi 163-son qaroriga 3-ilovada:
Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri S. Y. Abdurahmonov, Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari B. E. Xoʻjayev, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi Q. M. Sidiqnazarov, Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari T. B. Usmonov, Investitsiya dasturlari departamenti bosh mutaxassisi Y. T, Sobitov ishchi guruhi aʼzolari etib tasdiqlansin, Sh. K. Qodirov, G. K. Saidova, L. A. Axmetov, T. T. Risqiyev koʻrsatib oʻtilgan vazifalardan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-iyuldagi 287-f-son farmoyishida:
Moliya vazirining oʻrinbosari J. A. Qoʻchqorov va “Oʻzbekneftegaz” milliy korporatsiyasi raisining oʻrinbosari X. B. Jumayev muvofiqlashtirish guruhi aʼzolari etib tasdiqlansin, V. S. Beganov, I. A. Zaynutdinov koʻrsatib oʻtilgan vazifalardan ozod etilsin.